Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОНЦЕНТРАЦИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА РАЗВИТИЕ ПОТЕНЦИАЛА: ОБЗОР ОПЫТА И ИССЛЕДОВАНИЙ
Israilova Xusnida Adilovna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirish pedagogik zaruriyat ekanligi, muammo doirasida olib borilgan izlanishlarning pedagogik tadqiqi, shuningdek bolalarda intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda konsentratsiyaning o‘rni xususida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: konsentratsiya, diqqat, maktabgacha yosh davri, intellekt, qobiliyat, kognitiv rivojlanish, o‘yin, tadqiqot, kamolot. Bugungi kunda respublika ta’lim-tarbiya tizimining boshlang‘ich poydevori bo‘lgan maktabgacha ta’limni sifatli va zamon talabi darajasida tashkil etilishini ta’minlash borasida keng qamrovli islohotlar, qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “...maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish” vazifalari maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorida belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “... bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. ... Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” Davlat dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi islohotlar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: go‘daklik (tug‘ulgandan 1 yoshgacha); erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); o‘rta maktabgacha yosh (4 yoshdan 5 yoshgacha); katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); maktabgacha tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha). Mazkur tadqiqot doirasida maktabgacha tayyorlov yoshidagi (6 yoshdan 7 yoshgacha) bolalar tadqiqot obyekti sifatida tanlab olindi. Ko‘plab izlanishlarda maktabgacha yoshdagi bolalardagi kontsentratsiya qobiliyati ulardagi bir qator qobiliyatlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lishi ta’kidlab o‘tilgan. Shunday tadqiqotlardan birida maktabgacha ta’limda bolalarning ijtimoiy intellektini rivojlantirish jarayoni ularning aqliy rivojlanishi, turli ruhiy jarayonlar – diqqati, axborotni tushunishi, mulohaza yurita bilishi, idrok etish, ma’lumotlarni esda saqlash, fikrlash va muammoni hal qila olishi bilan tavsiflanishi keltirib o’tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyati ularning kognitiv rivojlanishi adpi.uz universaljurnal.uz 238 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil uchun muhim shart-sharoit vazifasini o‘taydi. Sh.Xo‘jamberdieva o‘z tadqiqotida bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish orqali kattalar bilan muloqot qilishdan zavq olish, o‘qib berilayotgan asarni qiziqish bilan, diqqat bilan tinglash; asardan chalg‘imaslik, takroriy tinglanayotgan tanish asarlar (ertak, hikoya va sheʼrlar)ni o‘rganishda qahramonlarni illyustratsiya va oʻyinchoqlar orqali nomlarini ayta bilish; badiiy asarlar mazmunini soʻz, harakat, imo-ishorlar orqali koʻrsatib bera olishi; tanish sheʼrlardagi soʻzlar va qatorlarni eslab qolish asosida o‘z nutqida ifoda eta olishga intilish; kichkintoylarga moʻljallangan kitoblardagi illyustratsiyalarni koʻzdan kechirishga qiziqish bildirish kabilarda namoyon bo‘lishini keltirib o’tgan. Ta’kidlash lozimki, bolalardagi hikoya va ertaklarni tushunishi, anglashi, so‘zlab berishi ularning kontsentratsiya qobiliyati bilan uzviy bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik zarurati maktabgacha ta’lim pedagogik amaliyotida yangi yondashuvlar, texnologiyalarning keng va izchil joriy etilishi bilan izohlanadi. Z.M.Ashurovaning tadqiqoti maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasini tadbiq etishga doir bo‘lib, bundan asosiy maqsad bolalarda tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. STEAM texnologiyasi markazida muammoli vaziyat turadi. Makta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirish pedagogik zaruriyat ekanligi, muammo doirasida olib borilgan izlanishlarning pedagogik tadqiqi, shuningdek bolalarda intellektu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirish pedagogik zaruriyat ekanligi, muammo doirasida olib borilgan izlanishlarning pedagogik tadqiqi, shuningdek bolalarda intellektu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diqqat, фокус, концентрация, konsentratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024