К содержанию
РецензированоRU2025

БУДУЩИЕ ДОШКОЛЬНЫЕ ПЕДАГОГИ СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ СОЦИАЛЬНО-ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ

Islamova Fotima Shamsiddinovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanish jarayonidagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi. Jahon miqyosida raqamli texnologiyalar, pedagogik innovatsiyalar va ta’lim tizimining rivojlanishi kasbiy rivojlanishning muhim omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy tendensiyalarning pedagoglarning kasbiy kompetensiyalariga ta’siri, ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi va bolalar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqolada ushbu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlar, muammolar va istiqbolli yechimlar ko‘rib chiqilib, amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, tarbiyachi-pedagog, ijtimoiy-kasbiy rivojlanish, innovatsion ta’lim, pedagogik kompetensiya, zamonaviy tendensiyalar, texnologik yondashuv. Maktabgacha ta’lim tizimi har bir jamiyatning pedagogik asoslarini shakllantiruvchi muhim bosqich hisoblanadi. Bolalarning intellektual, axloqiy va psixologik rivojlanishi ko‘p jihatdan ushbu bosqichda faoliyat yurituvchi pedagoglarning malakasi va kompetensiyalariga bog‘liq. Shu sababli bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi dolzarb masala hisoblanadi. Zamonaviy tendensiyalar ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalar, kreativ pedagogik usullar, raqamli ta’lim texnologiyalarining keng qo‘llanilishi, hamkorlikdagi ta’lim va tanqidiy fikrlashning rivojlantirilishini talab etmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilari nafaqat ta’lim beruvchi, balki bolalarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashuvga va shaxs sifatida shakllanishga yo‘naltiruvchi sifatida yetakchi bo‘lishi muhim zaruriyatdir. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanishini o‘rganishda turli ilmiy metodologik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu tadqiqotning metodologik asosini quyidagi yondashuvlar tashkil etadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda pedagogik va psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv asosida:  Tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishida ta’lim jarayonining individualizatsiyasi va differensiallashuvi tahlil qilinadi.  Bolalarning yosh xususiyatlariga mos pedagogik metodlarning samaradorligi baholanadi. Ko’plab ma’rifatparvar olimlarning nazariyalariga asoslanib, kasbiy rivojlanishning kognitiv va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Bugungi kunda pedagogik innovatsiyalar bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuv quyidagi omillarni o‘z ichiga oladi:  Zamonaviy interaktiv o‘qitish metodlari bo‘yicha tadqiqotlar.  Raqamli texnologiyalar va onlayn ta’lim muhitining tarbiyachilar kasbiy rivojlanishiga ta’siri.  Ta’lim jarayonida kreativ va muammoli ta’lim metodlarini joriy etishning samaradorligi. Kasbiy rivojlanish jarayoni pedagoglarning umumiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq. Shu boisdan tarbiyachilar uchun zarur bo‘lgan psixologik-pedagogik, kommunikativ va didaktik kompetensiyalari tahlil qilinishi, zamonaviy tendensiyalar asosida kompetensiyalarning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash yo‘llari o‘rganilishi, mahoratli pedagoglarni tayyorlashda tajriba almashish va mentorlik tizimining o‘rni aniqlanishim maqsadga muvofiq. adpi.uz universaljurnal.uz 242 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Bo‘lajak tarbiyachilar nafaqat kasbiy jihatdan, balki ijtimoiy va madaniy kompetensiyalar nuqtayi nazaridan ham rivojlanishi lozim. Bu yondashuvda quyidagilar qamrab olinishi juda zarur. Jumladan, pedagogik faoliyatda ijtimoiy va axloqiy tamoyillarning ahamiyati, pedagogning madaniyatlararo kommunikatsiya va jamiyat bilan integratsiya jarayonidagi roli, maktabgacha ta’lim muhitida milliy va xalqaro tajribalardan foydalanish. Mazkur yondashuvlar bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishini chuqur o‘rganish va zamonaviy tendensiyalar asosida samarali strategiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik, psixologik, innovatsion va ijtimoiy yondashuvlarning uyg‘unligi orqali tarbiyachilarni zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashishlari va bolalar tarbiyasida yanada sifatli yondashuvni qo‘llashlari ta’minlanadi. Bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning ijtimoiy-kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilish hamda nazariy va amaliy jihatlari o‘rganish bugungi ta’lim va tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tizimi va pedagogik rivojlanish bo‘yicha qator xalqaro va mahalliy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jahon miqyosida P. Freyre, J. Bruner, L. Vygotskiy kabi olimlarning ishlarida ta’lim va bolalar rivojlanishiga oid nazariyalar asos qilib olingan. O’zbek ma’rifatparvar olimlar orasida A. Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi pedagoglarning qarashlari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantiris

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanish jarayonidagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanish jarayonidagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educator, Maktabgacha ta’lim, Preschool education, tarbiyachi-pedagog
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники