К содержанию
РецензированоRU2025

ПОСТАНОВОЧНЫЕ ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ ВАЖНОСТЬ РАННЕЙ ТЕРАПИИ

ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI · Qosimova Muattarxon Shokirjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ertak terapiyasi usulidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarga badiiy asarlarni sahnalashtirish foydalanish va mashg’ulotlarda amalda tatbiq etish yoritilgan. Bolalarda badiiy asarlarga bo’lgan muhabbat kabi sifatlarni shakllantirish. Tarbiyalanuvchilarga teatrga bo’lgan muhabbat tushunchalarini rivojlantirish o’rgatiladi. Kalit so‘zlar: Badiiy asar, teatr, soya teatri, stol teatri, barmoq teatri, diafilmlar, televideniya. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faqat tinglovchi bo‘libgina qolmay, balki tomoshabinlardir. Bolalar bog‘chasida badiiy asarlarni sahnalashtirishning bir necha turi mavjud. Bularga qo‘g‘irchoq teatri, soya (ko‘lanka) teatri, stol teatri, barmoq teatri, diafilmlar, radio va televideniya orqali sahnalashtirilgan asarlar bilan tanishish kiradi. Bolalar qo‘g‘irchoq yoki soya teatrining spektakllarini tomosha qilishni yaxshi ko‘radilar. Bu tomoshalar bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Sahnalashtirilgan asarlar bolalarning estetik tasavvurini boyitadi, chunki spektaklda san’atning bir qancha turlari: badiiy so‘z, tasviriy san’at (bezak, qo‘g‘irchoqlar yoki siluetlar), sahna san’ati, musiqa va hokazolar birlashgan bo‘ladi. Spektaklning bolalarni o‘ziga jalb qila olishining sababi shuki, unda ishtirok etuvchi qo‘g‘irchoqlar jonlanadi, to‘siq orqasida yoki ekranda sodir bo‘layotgan voqealarni haqiqiy deb biladitar. Sevimli qahramonlari bilan qanday voqealar sodir bo‘lishi haqida qayg‘uradilar, qahramon og‘ir ahvolga tushib qolganda yordam berishga harakat qiladilar. Ko‘rgan spektakllarini bir-birlariga gapirib beradilar, buning natijasida ularning nutqi rivojlanib boradi. Respublikamizning barcha viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatri bo‘lib, bu qo‘g‘irchoq teatrlarining repertuaridan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun spektakllar o‘rin olgan. Qo‘g‘irchoq teatr jamoasi bolalar bog‘chasida tez-tez spektakl namoyish etib turishadi. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar bog‘chasiga taklif etishdan avval bog‘cha mudirasi yoki tarbiyachi oldindan spektaklni qaysi guruh uchun namoyish etish mumkinligini aniqlashi kerak. Bolalar bog‘chasida qo‘g‘irchoq yoki ko‘lanka teatrini o‘z kuchlari bilan tashkil etish ham mumkin. Qo‘g‘irchoq teatrini kimning ikkinchi yarmida ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Qo‘g‘irchoq teatri zalda, agar zal bo‘lmasa, guruh xonasida ko‘rsatiladi. Oldindan spektaklga zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish kerak. Bolalarni o‘tqazish uchun qulay joy tayyorlanishi, ya’ni namoyish etilayotgan narsalar aniq ko‘rinib turishi lozim. Qo‘g‘irchoqlarning ko‘rinishini to‘rt joydan tekshiriladi: o‘rtadan, birinchi qatorning ikki chekkasidan va orqa qatorning chekka joylaridan. Stullarni qo‘yish uchun 5-6 yoshli bolalarni jalb qilish kerak. O‘yinchoqlar spektaklini kichik guruhlarda quyidagi ertaklar asosida tayyorlash mumkin: o‘zbek xalq ertaklaridan “Qizg‘anchiq it”, “Fil bilan xo‘roz”, “Bo‘ri bilan Echki”, rus xalq ertaklaridan “Sholg‘om”; o‘rta guruh uchun L.N.Tolstoyning “Ikki o‘rtoq”, “Uch ayiq”, o‘zbek xalq dostonlaridan “Alpo- mish”, “Go‘ro‘g‘li” katta guruhlar uchun o‘zbek xalq ertaklaridan “Egri va To‘g‘ri”, “Saxiy bilan Baxil”, A. Avloniyning “Xo‘roz ila Bo‘ri”, Sh. Pyeroning “Qizil Shapkacha” va hokazolar. O‘yinchoqlar teatri uchun oddiy bolalar stoli sahna bo‘lib xizmat qiladi. Unga voqealar rivojiga ko‘ra zarur bo‘lgan bezaklar qo‘yiladi, spektakl uchun yaxshi holatdagi (hatto, yangi) o‘yinchoqlar tanlanadi. Tarbiyachi o‘yinchoqlar spektaklini boshlashdan oldin o‘z stulining ikki yoniga stulcha qo‘yadi. Bitta stulchaga hali spektaklga qatnashmagan o‘yinchoqlarni, ikkinchisiga esa adpi.uz universaljurnal.uz 248 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil qatnashgan o‘yinchoqlarni qo‘yadi. Tarbiyachi stulga o‘tirgan holda, ertakni hikoya qiladi va ertakdagi hikoyaning borishiga qarab, o‘yinchoqni stol bo‘ylab harakatlantiradi. Soya (ko‘lanka) teatri bolalarda qiziqish uyg‘otadi. Soya teatri ertaklarni inssenirovkalashning keng tarqalgan turi. Soya teatrini namoyish etish ertak yoki hikoya, masalni o‘qish bilan bir vaqtda namoyish etiladi. Soya teatri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ega: siluetlarning harakatsizligi, ularni ketma-ket qo‘yishning imkoniyati yo‘qligi, soya teatrida ‘Tulki va Turna", ‘Bo‘g‘irsoq" va hokazolarni namoyish etish mumkin. Soya teatrining imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir personajning bir nechta siluetlari (ko‘rinishlari) tayyorlanadi. Soya teatrini namoyish etish uchun birinchi kunlarda 3 ta tarbiyachi ishtirok etadi: 1 tasi ekran oldida o‘tirib, matnni o‘qiydi, 2 tasi esa ekran orasida turib, siluetlarni boshqaradi. Spektaklni ko‘rsatishning bir qancha variantlari bor. Asarning hammasini o‘qish mumkin yoki muallif matnini o‘qish bilan chegaralanish mumkin, personajlarning so‘zini esa ekran orqasida turgan tarbiyachilar aytib turishadi. Tarbiyachilar siluetlarni boshqarish malakasini egallab olishgach, bitta tarbiyachinin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ertak terapiyasi usulidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarga badiiy asarlarni sahnalashtirish foydalanish va mashg’ulotlarda amalda tatbiq etish yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ertak terapiyasi usulidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarga badiiy asarlarni sahnalashtirish foydalanish va mashg’ulotlarda amalda tatbiq etish yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shadow theater, theater, Artwork
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники