Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ДЕТИ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С НЕСОВЕРШЕННЫМ РЕЧЕВЫМ РАЗВИТИЕМ КОРРЕКТИРОВОЧНЫЕ РАБОТЫ, КОТОРЫЕ ДОЛЖНЫ БЫТЬ ПРОВЕДЕНЫ
Abdurazaqova Dilrabo Shuxratbek qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada nutqnin to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va oqibatlari yoritilgan. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan lorreksion-logopedik ishlar ham keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: nutqning to‘liq rivojlanmaganligi, faol nutq, bog‘lanishli nutq, agrammatizmlar, nutqning kech rivojlanishi, fonema, bo‘g‘in, kambag‘al nutq. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini o‘zlashtirilishining turg‘un buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bo‘ladi, morfemalar sistemasini o‘zlashtirish yetarlicha to‘laqonli kechmaydi, natijada so‘z yasash va so‘z o‘zgartirish ko‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha orqada qoladi, bog‘lanishli nutq yetarlicha orqada qoladi. Ye.M.Mastyukova nutqning to‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar ekan shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzlishiga olib kelishi mumkin. Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli o‘laroq, nutqi to‘liq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning mavjudligini, so‘z ma’nolarini to‘g‘ri anglamaslik yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishini ta’kidlab o‘tadi. L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining o‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan. Mualliflar bunday bolalarda klinik alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, so‘z boyligining kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd etadilar. Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda fonetik, fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim ish sanaladi. Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda so‘z, tovush tarkibini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha logopedik yo‘nalishdagi ishlarni shartli ravishda 5bosqichga ajratadi: I bosqich – nutqqa dahli bo‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish. II bosqich – tovushning baland-pastligi, kuchi va tempi bo‘yicha bir xil so‘zlarni ajrata bilish. III bosqich – tovush jihatdan o‘xshash so‘zlarni ajrata bilish. IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish. V bosqich – bo‘g‘inlarni ajrata olish. S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot turkumlarini o‘zlashtirishda, so‘zdagi o‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda logopedik ta’sir o‘tkazish ana shu nuqson tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yo‘nalishi belgilanadi: adpi.uz universaljurnal.uz 251 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish. II. Ruhiy-motor funksiyalarini korreksiyalash. III. Nutqni umumiy rivojlantirish. Nutq to‘liq rivojlanmaganlik turlicha ya’ni, nutq umuman mavjud emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bo‘lgan holatlarni qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning nutqning to‘liq rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish lozimligini taklif etishadi: 1.Talaffuzni tuzatish (tovush va so‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar tuzatiladi, oydinlashtiriladi). 2. Tovush tahlili va so‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish. 3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim asosida bolalar savodga o‘rgatiladi. Logopedik yo‘nalishda, xususan, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun-qoidalarni o‘rgatish borasida juda ko‘p izlanishlar olib brogan qator tadqiqotchilar nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy rivojlanishining o‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor, sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar. Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni o‘z vaqtida o‘rganishda erta tashxis qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va pedagogik korreksion ishlari o‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik jihatdan rivojlanish xususiyatlarini nutq holatini normadagi ma’lumotl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutqnin to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va oqibatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutqnin to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va oqibatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- incomplete speech development, nutqning to‘liq rivojlanmaganligi, faol nutq, active speech
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024