К содержанию
РецензированоRU2025

РОЛЬ КУЛЬТУРЫ РЕЧИ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГОВ

Kamola Abdullayeva (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Tarbiyachilarning nutqi nafaqat pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi, balki, tarbiyalanuvchilarda madaniy, ma’naviy va intellektual fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Nutq madaniyati — bu so‘z boyligi, intonatsiya, talaffuz, grammatik to‘g‘rilik, hamda nutqning ma’naviy-estetik jihatlarini birlashtiruvchi murakkab tizimdir. Kalit so‘zlar: Zamonaviy ta’lim, grammatika, nutq madaniyati, qaror, MTT, lingvistik, demokratik, didaktik, pedagogik, intonatsiya, kommunikativ. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash boʻyicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu esa, maktabgacha ta’lim yoshidanoq bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish, ijtimoiy- madaniy an’analar vositasida etnobadiiy ta’limni keng rivojlantirishni taqozo etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bugungi kunda tarbiyachilarga nisbatan mas’uliyat yanada kuchaydi. Mamlakatimizning kelajagi koʻp jihatdan tarbiyachi va uning saviyasiga, fidoiyligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab voyaga yetkazishiga bogʻliq. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol oʻynashi, uning har bir bolani shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, oʻyinlarda, mashgʻulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan boʻladigan muomalada ta’sir koʻrsatadi. U har bir bolani diqqat bilan oʻrganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga oʻz vaqtida yordam koʻrsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda oʻzining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi. Tarbiyachi shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablardan biri shuki, tarbiyachi nutq madaniyatiga ega boʻlishi lozim. Nutq madaniyati avvalo, to`g`ri ,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak. Nutq madaniyati adabiy til me’yorlariga rioya qilish, nutqni tushunarli, mazmunli va estetik jihatdan boy qilib taqdim etish ko‘nikmasidir. Bu jarayonda talaffuz, leksika, grammatik tuzilma, intonatsiya va kommunikativ maqsadning uyg‘unligi ta’minlanadi. adpi.uz universaljurnal.uz 253 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Nutq madaniyati — bu insonning og‘zaki va yozma nutqida adabiy til me’yorlariga rioya qilishi, so‘z boyligidan samarali foydalanishi va muloqotda estetik zavqni ta’minlay olishi. Tarbiyachilar uchun nutq madaniyati faqat lingvistik jihatlardan iborat bo‘lib qolmay, balki pedagogik jarayondagi didaktik, psixologik va ijtimoiy omillarni ham qamrab oladi. Tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyati muhim o‘rin tutadi. U bolalar bilan samarali aloqa o‘rnatish, ularning bilim olishga qiziqishini oshirish va axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Tarbiyachilarning nutq madaniyati nafaqat ular uzatadigan bilimning mazmuni, balki bolalar bilan qanday muloqot qilinishini ham belgilaydi. Tarbiyachi nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks ettiruvchi bir koʻzgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va ogʻzaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda oʻzlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zamonaviy ta’lim, grammatika, Modern education, grammar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники