Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗВИТИЕ САМОСОЗНАНИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ПРОБЛЕМА ОБУЧЕНИЯ
OʻRGANISH MUAMMOSI · Mullajanova Nargiza
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻz-oʻzini anglashini oʻrganish muammosining nazariy jihatdan o`rganilganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, shu sohada ilmiy- tadqiqot ishlarini olib brogan psixolog olimlar ishlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻz-oʻzini anglashi xususiyatlari o`rganib chiqilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha yosh, bola, o‘z-o‘zini anglash, psixologiya, ong, “men”, bilish, baholash, boshqaruv, muammo. “Maktabgacha boʻlgan yosh - bola shaxsining jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan shakllanishining asosiy davridir”[1]. Emosional tajriba va qiziqishlarga asoslangan holda bolaning turli faoliyatlar jarayonida bilish, anglash, aniqlab olish qobiliyati shakllanadi, turli emosiyalar mazmunini tushunish va ifodalash, kattalar koʻmagida ularni differensiasiyalash, oʻz emosional holatini baholash va boshqarish amalga oshiriladi va olamga, boshqa kishilarga, oʻziga nisbatan emosional-pozitiv munosabat shakllanadi. Natijada bolaning jamoada oʻzini erkin his kilishi, boshqalar bilan muloqot kilishi va munosabatga kirishishi yengillashadi, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yanada kengayadi. Oddiyroq qilib aytganda bola oʻz-oʻzini anglash orqali, oʻzini namoyon qila boshlaydi[2]. Psixologiyada oʻz-oʻzini anglash psixik hodisa, shaxsning oʻzini faoliyat subʼekti sifatida anglashi tushuniladi, buning natijasida shaxsning oʻzi haqidagi tasavvurlari ruhiy «obraz-men» ga shakllanadi. Bola «men» kabi oʻzini darhol anglamaydi; birinchi yillarda u oʻzini nomi bilan chaqiradi — atrofidagilar uni shunday chaqiradi; u birinchi navbatda boshqa odamlarga nisbatan mustaqil subʼekt sifatida emas, balki ular uchun obyekt sifatida oʻzi uchun mavjud deb hisoblaydi [3]. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻz-oʻzini anglashni oʻrganish muammosi juda dolzarbdir. Maktabgacha yosh — bu oʻz-oʻzini anglash shakllana boshlagan dastlabki davr. Аynan shu davrda bola oʻzini, motivlari va insoniy munosabatlar olamidagi ehtiyojlarini anglaydi. Shuning uchun bu davrda oʻz-oʻzini anglashni shakllantirish uchun poydevor qoʻyish juda zarur. Bu bolaga oʻzini, uning imkoniyatlarini toʻgʻri baholash imkonini beradi. Darhaqiqat, «oʻz- oʻzini anglash» aniq talqinga ega boʻlmagan eng qiyin atamalardan biridir. Biroq, oʻz-oʻzini anglash koʻpincha odamning oʻzi haqidagi gʻoyalar tizimi sifatida qaraladi.[8] Oʻz-oʻzini anglashni psixologik jihatdan oʻrganish shaxsni real oʻz- oʻzini anglovni subyekt sifatida tarkib topishini oʻrganish bilan chanbarchas bog’liq oʻz- oʻzini anglashni rivojlanish jarayoni shaxs genezisi tarkibiga kiradi. S.L.Rubinshteyn oʻz-oʻzini anglashni rivojlanishining manbai va harakatlantiruvchi kuchi individda mustaqillikning oʻsib borishida, deb hisoblangan. Uning ta’kidlashicha, ong oʻz- oʻzini anglashdan kelib chiqmaydi, balki oʻz- oʻzini anglash shaxs ongining taraqqiyoti davomida yuzaga keladi. Tuzilishiga koʻra oʻz- oʻzini anglash uch tomon-bilish (oʻz- oʻzini anglash), emotsional - baholash (munosabat) hamda irodaviy boshqaruv (oʻz- oʻziniboshqarish)tomonlar birligidan iborat. Chet el psixologiyasida oʻz- oʻzinianglashni amaliy jihatdan oʻrganishga koʻproq e’tibor berildi. U. Djems, K.Radjers, M.Rozenberg kabi tadqiqotchilar oʻzi haqidagi tasavvurlarining adpi.uz universaljurnal.uz 255 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil turli shakllarini ajratib koʻrsatadilar. (ijtimoiy “men”, “oilaviy men”, real men, “ideal men” va.x.k). Oʻz- oʻzini anglash hususiyatlarini oʻrganishda shaxs jihatdan yondashuv avvalom bor “men obrazi va oʻz-oʻzini baholashni oʻzgarishining shaxsiy motivatsion yoʻnalishiga qaratilgan. Masalan, A.I.Obozniy va V.N. Katorskiy tomonidan oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilarida oʻtkazilgan tadqiqotlarning koʻrsatishicha, ularning talabchanlik darajasi vazifasining real bajarilishi va eksperiment bahosiga emas, balki oʻspirinning oʻz- oʻzini baholashiga bog’liqdir. E.I.Sovonko tadqiqotlariga atrofdagilar bahosi va oʻz-oʻzini baholashga yoʻnalganlik oʻrtasidagi munosabat yoshga bog’liq ekanligi aniqlanadi. Ma'lumki, oʻz-oʻzini anglash maktabgacha yoshda shakllana boshlaydi, u maktabgacha yoshdagi bolaning markaziy neoplazmasi hisoblanadi. Shu sababli, uning shakllanishining eng muhim sharti oʻz-oʻzini anglashni eng yaxshi rivojlantirish uchun psixologik sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va bolada uning ogʻishlarining kiruvchi sabablarini inobatga olish boʻladi. «Ong faqat insonga xos boʻlgan psixika rivojlanishining eng yuqori darajasidir» — bu tushuncha maxsus lugʻatlarda shunday talqin qilinadi, ammo bunday ta'rif uning toʻliq xilma-xilligini aks ettirmaydi. Albatta, bu atamaning yanada murakkab, tushunish qiyin boʻlgan ta'riflari mavjud boʻlib, ularda ongning eng muhim belgilarini ajratib koʻrsatish mumkin. Masalan, rus faylasufi va psixologi A.G.Spirkin tomonidan berilgan ta'rifda: «Ong miyaning faqat insonga xos boʻlgan va nutq, harakatlarni dastlabki aqliy qurish v
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻz-oʻzini anglashini oʻrganish muammosining nazariy jihatdan o`rganilganligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻz-oʻzini anglashini oʻrganish muammosining nazariy jihatdan o`rganilganligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘z-o‘zini anglash, self-awareness, preschool age, самосознание, child, maktabgacha yosh, дошкольный возраст, bola, ребенок
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014