К содержанию
РецензированоRU2025

ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПОМИНАНИЕ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ФОРМУЛИРОВКА ТЕОРИИ

NAZARIYANI SHAKLLANTIRISH · Ibroximova Shodiyona (Andijon davlat pedagogika instituti talabasi)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning asosiy kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berish usulleari ham ifoda etilgan. Kalit so‘zlar: Bolalar psixologiyasi, predmeti, maqsadi, vazifa, kategoriya, bolalik, taraqqiyot, yosh. Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat. Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi. Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichida boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ulgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, bolaning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobilyatii go‘daklikdan yetuk davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi. Bola rivojlanishiniug turli tomonlarini har xil fanlar - anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiyena, etnografiya va boshqa fanlarni uzviy bog`lab turadi. Tug‘ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki boialar psixologiyasi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlari, rivojlanishntag turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir. L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o‘zgarib borgan. Bugungi kunda bolalar pixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagj psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, yosh davrlarini, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug‘ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g‘ri rivojlanayotgani va faoliyat ko‘rsatayotganini, bordiyu, bu sohada kamchilik bo‘lsa, uni nimaning hisobiga kompensasiyalash mumkunligini o‘rganadi. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘y bermoqda. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi, psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolari nazariy hal etish deganda, ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga individual adpi.uz universaljurnal.uz 268 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil yondoshish uchim ularning individual psixologik xususiyatlarini, shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy. Shuning uchun har bir tarbiyachi bolalami o‘rganishi usullari bilan qurollanishi shart. Demak, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi asoslarini bilish har bir tarbiyachisi, har bir metodist uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir fanning o‘z predmetini o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, bolalar psixologiyasi ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari mavjud tadqiqot metodlariga ega. Bolalar psixologiyasining metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur. Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga

Доказательный фрагмент

«Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning asosiy kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning asosiy kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
subject, Bolalar psixologiyasi, predmeti, Child psychology
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники