Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВНИМАНИЮ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА РАЗВИТИЕ ПРОЦЕССОВ ОБУЧЕНИЯ ЧЕРЕЗ
Qodirova Manzuraning Iftixorjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqatini jamlash va uni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, bolalar psixologiyasining dastlabki bosqichlarida diqqatning qanday shakllanishi va rivojlanishi haqida ilmiy yondashuvlar taqdim etiladi. Shuningdek, bolalarning diqqatini jamlashni rag‘batlantirish uchun o‘yinlar, mashqlar va pedagogik metodlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Maqola diqqatning o‘zgaruvchan va individual xususiyatlari, shuningdek, bu jarayonga turli tashqi va ichki omillarning qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikrlar bilan boyitilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, diqqatni jamlash, rivojlanish jarayonlari, bolalar psixologiyasi, pedagogik metodlar, o‘yinlar va mashqlar, ta’lim jarayoni, tashqi va ichki omillar. Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos ravishda faoliyatni boshqarish, diqqatni jamlash va maqsadga erishish jarayonlarini tushuntirish kerak. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z faoliyatlarini ongli ravishda boshqarish, imkoniga ega emaslar, shuning uchun ularning faoliyatini turli yosh bosqichlariga qarab boshqarish usullari farq qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik jihatdan sog‘ligi juda muhim, chunki bu yoshdagi bolalar o‘z shaxsiyatlarini, hissiyotlarini va ijtimoiy munosabatlarni shakllantira boshlaydilar. Psixologik sog‘lik nafaqat bolalarning hissiy holati, balki ular o‘zlarini qanday anglashlari, boshqalar bilan munosabatda bo‘lishlari va dunyoqarashlarini shakllantirishlariga ta'sir qiladi. Quyida, maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik sog‘ligi qanday bo‘lishi kerakligini yoritib beraman: O‘zini anglash va o‘zlikni qabul qilish:Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar o‘zlarini anglashni boshlaydilar. Ular o‘zlarini va boshqalarni ajratishga, shaxsiy chegaralarni belgilashga harakat qiladilar. Bu jarayon bolaning o‘zlik hissini rivojlantirishga yordam beradi. sog‘lom o‘zlik hissi va o‘zini anglash — bu jarayonlarning rivojlanishi yoshga qarab o‘zgaradi va har bir bolaning imkoniyatlari farq qiladi. Bu nafaqat bola yashayotgan sharoitlar, balki uning shaxsiy rivojlanishiga, temperamentiga va atrof-muhitga ham bog‘liq. Sog‘lom o‘zlik hissi ya'ni, o‘zini qadrlash va o‘ziga ishonish bola psixologiyasida juda muhim, lekin bu bolaning rivojlanish darajasi va yoshiga mos holda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali o‘z-o‘zini anglash va o‘zlikni qabul qilishni to‘liq amalga oshira olishmaydi, lekin ular asta-sekin bu jarayonni o‘zlashtiradilar. Bolalarni diqqatini jamlash orqali bilim berish — bu maktabgacha ta'lim jarayonida juda muhim va samarali usul. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatlarini uzoq vaqt davomida biror narsaga jamlashda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, chunki ularning diqqat qobiliyati hali rivojlanmagan. Shuning uchun, bolalarning diqqatini jamlash va unga asoslanib bilim berish jarayonini quyidagi usullar yordamida amalga oshirish mumkin. Bola diqqatini jamlash uchun faoliyat qiziqarli va interaktiv bo‘lishi kerak. Bolalar o‘zlari qiziqayotgan va faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarga ko‘proq e'tibor beradilar. O‘yinlar orqali bolalarni faol ishtirok etishga undash mumkin. Masalan, ranglar yoki shakllar bilan bog‘liq o‘yinlar, hayvonlar haqidagi o‘yinlar yoki masalalar bolalarning diqqatini jamlashni osonlashtiradi.Bolalar bilan faol muloqot qilish, ular bilan qo‘shma ishlarni bajarish, masalan, rasm chizish, modellash, yoki qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish, diqqatni jamlashda samarali bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim faolyat eng asosiy inobatga olinadigan holat mazmunli qisqa va maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bo‘lishi kerak, chunki bolalar uzun vaqt davomida biror narsaga e'tibor bera olishmaydi. Shuning uchun, mashg‘ulotlarni qisqa, lekin samarali qilish zarur. Har bir mashg‘ulotning aniq maqsadi bo‘lishi kerak, bu bolalarga nima uchun ishlayotganliklarini tushunishga yordam beradi. Qisqa muddatli mashg‘ulotlar: 5-10 daqiqa davomida biror adpi.uz universaljurnal.uz 272 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil mashg‘ulotga e’tibor berish bolalar uchun yaxshi bo‘ladi. Bunda ular diqqatni jamlab, qisqa va aniq maqsadni amalga oshiradilar. Maqsadni aniqlash: Har bir mashg‘ulotning boshlanishida bolalarga uning maqsadi tushuntirilishi kerak. Masalan, “Bugun biz ranglarni o‘rganamiz va ular bilan rasm chizamiz!” degan tarzda. Ushbu faolyatlar davlat nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh guruhlariga mos ravishda bo‘lishi lozim. Birinchi guruh: Kichik yoshdagi bolalar(3-4 yosh ). Bu yoshdagi bolalar uchun faoliyatni boshqarish juda oddiy va intuitiv bo‘lishi kerak. Bolalar bu yoshda ko‘proq o‘yinlar orqali o‘rganishadi, diqqatni qisqa muddatga jamlay olishadi va ularning faoliyati ko‘pincha tasodifiy va spontandir. Faoliyatni boshqarish: Kuchaytirish, susaytirish, tezlashtirish, sekinlashtirish Faoliyatni kuchaytirish: Ushbu yoshdagi bolalar u
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqatini jamlash va uni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqatini jamlash va uni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concentration, developmental processes, Maktabgacha yosh, Дошкольный возраст, rivojlanish jarayonlari, процессы развития, концентрация, diqqatni jamlash, Preschool age
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026