Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОРМИРОВАНИЕ ИНТЕРЕСА ДЕТЕЙ К ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЕ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА
MUZAFFAF USMANOV (Пахтаабадский район Андижанской области. Школа 39)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat zaruriyatining nazariy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat elementlarini, ya’ni tabiatga, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir psixologik-pedagogik asoslar o‘rganilgan. Muallif bolalarda shakllangan ko‘nikmalarning umri davomida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Atrof-muhit, idrok etish, mas’uliyat, ekologik bilimlar, ekologik ong, tabiat muhofazasi bo‘yicha ko‘nikmalar, ekologik mas’uliyat, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat. Ekologik ta’lim-tarbiya muammolarini uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida, tarbiyalanuvchilarni zaruriy ekologik bilimlar bilan qurollantirib, ularni atrof muhitga ma’suliyatli qiziqish qoidalari bilan tanishtirish eng muhim psixologo-pedagogik muammo bo‘lishi bilan bir qatorda, ekologik muammolarni hal etishda tarbiyalanuvchilarning bevosita ishtiroki ularda ekologik bilim, ko‘nikma va madaniyatni tarkib toptirish eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bolalar uchun ekologik bilimlar mazmunini aniqlab ma’lum bir tizimga keltirish, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, hal etilishi lozim bo‘lgan yirik ilmiy psixologo-pedagogik muammoga aylandi. Bizga ma’lumki, jamiyatimiz doimo taraqqiy etib boradi. Buning uchun esa yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq, tanqidiy ijodiy faoliyat bilan shug’ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Demak tarbiya yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlashda, u mavjud jamiyat imkoniyatlarini shakllantirish, yanada rivojlantirish maqsadida keksa avlod tomonidan orttirilgan tarixiy tajribani to‘ldirgan, yanada mukammalllashtirgan holda yosh avlodga singdirishdan iborat. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev: “Yurtimizda ilm-fan, sog’liqni saqlash, ma’daniyat va san’at, sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda”, - deb ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar keng doirada amalga oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Ular orasida mamlakatimizda yangi tahrirdagi «Talim to‘g’risidagi qonun» qabul qilindi. Unda yoshlarni eng ilg’or ilm-fan yutuqlardan xabardor qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishni barcha sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Tabiatshunoslik o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun atrof- muhitga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zalikni tushuntirishni tarbiyalash kerak. Shuni unutmaslik kerakki, inson ko‘z ochib aqlini topibdiki, tabiat quchog‘ida yashaydi, xayot kechiradi. U tabiatyaratganbitmas-tuganmas boyliklardan o‘z extiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadi. Tabiat- bitmas-tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli-tuman o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib, shakllanishida tabiatda bo‘ladigan voqea- hodisalarning sir-asrorlarini o‘rganib voyaga yetishishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Bola qiziquvchan bo‘ladi. U atrofdagi, bog‘cha hovlisidagi rang— barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan gulga qo‘nib uchayotgan kapalaklarni betinim sayrayotgan qushlarni ko‘rib adpi.uz universaljurnal.uz 284 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil quvnaydi, yayraydi. Bola ongining o‘sishida, jonli va jonsiz tabiatga bo‘lgan qiziqishini ortishida tevarak-atrofidagi tabiatning roli beqiyos kattadir. Bolalarni, tabiat bizga in’om etgan ana shu go‘zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotning insonlar uchun, tabiat uchun naqadar kata axamiyatga ega ekanligini aytib, o‘rgatib borishimiz, ma’naviy oziqlantirishimiz kerak. Bolalarni tabiat bilan tanishirishdan maqsad yosh avlodni ona-Vatanimizni sevishga, uning o‘simliklari, hayvonot olaminiasrash, saqlash kuchaytirish ruhida tarbiyalashdaniboratdir. Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak. Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirishning ahamiyati kattadir. Yoshlarga tarbiya berar ekanmiz, eng avvalo tarbiyaning shu kecha-kunduzdan ahamiyati zarurligini ham jamiyatimiz uchun, ham insonning shakllanishidagi rolini ilmiy asoslab tushuntirib berishimiz kerak. Umumiy tarbiyani singdirishda tabiat elementlari, uning boyliklari jonli va jonsiz tabiatdagi materialistik nuqtai nazardan foydalanib, yoshlarni uning sir-asrorlarini to‘liq bilib olishga, o‘rganishga va ulardan oqilona foydalanishga o‘rgatishimiz lozim. Yosh avlodni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat zaruriyatining nazariy asoslari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy sharoitda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat zaruriyatining nazariy asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Environment, idrok etish, perception, Atrof-muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026