К содержанию
РецензированоRU2025

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДОШКОЛЬНИКОВ

QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH · Fozilova Masturaxon Ravshanbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha) · Shavkat Mirziyoyev (Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha) · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish va universal faoliyati uchun zarur muhitni yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi zamonaviy talablar haqida ma’lumotlar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, tarbiyalanuvchi, ijodiy qobiliyat, rivojlantirish, mazmunan boy, o‘zgaruvchan, polifunksional, muqobil, hammabop, xavfsiz, oqilona, san’at va tasviriy faoliyat, mahalliy sharoitga moslashtirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan. Hayotimizni hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hozirgi kunda Respublikamizda uzluksiz ta’limning ilk bosqichi bo‘lib hisoblangan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maktabga tayyorgarlik darajalariga qo‘yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy nazariy hamda amaliy chora-tadbirlarni olib bormoqda. Bundan asosiy maqsad odatiy harakatlar emas, balki harakatchanlikni, fikrlashni moslashuvchanligini, katta va kichik muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy ta’lim sohasida insonning ijodiy qobiliyatlari idrok etishning eng muhim qismi sifatida tan olinishi kerak. Insoniyat tomonidan to‘planib borilgan madaniy qadriyatlar odamlarning ijodiy faoliyati natijasidir. Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantiradi. Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma’lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo‘llangan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim sohasidagi asosiy natijalar bola tomonidan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirib olganligi uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka va mas’uliyatga, o‘z faoliyatini boshqara olishga o‘rgatishi lozim. Barcha usullarni birlashtirgan holda bolada intellektual qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan keng qamrovli rivojlanishga erishishimiz mumkin. Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun birinchi navbatda erkinlikka erishishimiz kerak. Buning uchun bolaning fikrini tinglashimiz, har qanday ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishimiz kerak. Bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissini tarkib topishi bilan bog‘liq. Mahalliy va xorijiy fanda “ijodkorlik” tushunchasiga ko‘plab ta’riflar mavjud. Nemis olimi Norbert Jores shunday yozadi “ Ijodkorlik muammolarning yangi yechimlarini topish yoki ifoda etishning yangi usullarini kashf etish qobiliyati. Shaxs uchun hayotga yangi narsalarni olib kelish”. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish erta bolalikdan, bola kattalar rahbarligida turli adpi.uz universaljurnal.uz 297 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil xil faoliyat turlarini, shu jumladan, badiiy faoliyatni o‘zlashtira boshlagan paytdan boshlab amalga oshirilishi kerak. Ijodkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar tasviriy faoliyat va birinchi navbatda rasm chizishni o‘z ichiga oladi. Bolani hayotdagi va san’atdagi go‘zallikni to‘g‘ri va yetarli darajada qadrlashga o‘rgatish, uni yaratish, uning dunyosini shunday muhim fazilatlar bilan boyitish demakdir. Ularsiz barkamol shaxs mavjud bo‘lishi mumkin emas. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: - San’at va tasviriy faoliyat (Rasm chizish, bo‘yash, loy va plastilin haykalchalar yasash); - musiqiy ijodkorlik (Ovoz chiqarish,kuylash, qo‘shiqlar o‘rganish); - badiiy so‘z va hikoya qilish (Ertak, she’r va hikoyalarni ifodali yod olish va aytib berish, hikoya to‘qish va davom ettirish, matn asosida sahnalashtirish); - harakat va jimoniy ijodkorlik (Raqs va pantomima, rolli o‘yinlar va dramatizatsiya, o‘z- o‘zini ifodalash harakatlari); - konstruktiv va texnik ijodkorlik (Qurish va modellashtirish, oddiy mehanik qurilmalar yaratish); - o‘yin orqali ijodiy rivojlant

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish va universal faoliyati uchun zarur muhitni yaratish, maktabgacha ta’lim ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish va universal faoliyati uchun zarur muhitni yaratish, maktabgacha ta’lim ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creative abilities, Maktabgacha ta’lim, ijodiy qobiliyat, ученик, tarbiyalanuvchi, Дошкольное образование, Preschool education, творческие способности, student
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники