К содержанию
РецензированоRU2025

ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС, ОРИЕНТИРОВАННЫЙ НА ПОДГОТОВКУ ДОШКОЛЬНИКОВ К СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

PEDAGOGIK JARAYON

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada “maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy- pedagogik faoliyatga tayyorlash – pedagogik zaruriyati haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillarning ta’siri muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, shaxs, sog’lom, yetuk, tafakkur, ijtimoiylashuv, ijtimoiylashtirish ,falsafa, ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayoni. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Mehnat ta’limiga doir o’quv vazifalari, maktabdagi boshqa fanlarning o’quv vazifalari, o’quvchilarga yangi bilimlar berish, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish, bilimlarni amalda qo’llash darslar samaradorligiga erishish va xokazolarni talab etadi. Bizga ma’lumki, jamiyatimiz doimo taraqqiy etib boradi. Buning uchun esa yangicha bilim berish, o’zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq, tanqidiy ijodiy faoliyat bilan shug’ullana olish ko’nikmalari tarkib topgan bo’lishi lozim. Demak tarbiya yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlashda, u mavjud jamiyat imkoniyatlarini shakllantirish, yanada rivojlantirish maqsadida keksa avlod tomonidan orttirilgan tarixiy tajribani to’ldirgan, yanada mukammalllashtirgan holda yosh avlodga singdirishdan iborat. Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich: “Yurtimizda ilm-fan, sog’liqni saqlash, ma’daniyat va san’at, sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda”, - deb ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, Respublikamizda ta’lim- tarbiya sohasidagi islohotlar keng doirada amalga oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart- sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularning ijobiy yechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat ko‘lami jihatdan murakkab bo‘lib, u bir necha yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Shaxsni ijtimoiy munosabatlarga moslashuvini ta’minlash; ota-ona qarovi va parvarishidan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash; normadan og‘ish va deviatsiya holatlarini namoyon etuvchi, shuningdek, spirtli ichimliklar hamda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘rtasida proflaktik ishlarni olib borish ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham ijtimoiy institutlardan biri sifatida bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni turli salbiy ijtimoiy ta’sirlardan muhofazalash, maktab ta’limiga tayyorlash hamda psixologik jihatdan zo‘riqishlarining oldini olishda alohida o‘rin tutadi. Bu muassasalarda tarbiyachilar bolalarni ijtimoiylashtirishda asosiy rolni o‘ynaydilar. Bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida puxta nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari esa kutilgan natijani qo‘lga kiritish imkonini beradi. adpi.uz universaljurnal.uz 308 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hayotida oila bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim muassasalari muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari “... bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi”. Bola shaxsining sog‘lom va etuk bo‘lib kamol topishi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida samaradorlikka erishishda ularning moddiy-texnik ta’minoti, pedagog kadrlarning salohiyati, ta’lim-tarbiya yo‘nalishlari, pedagogik jarayon mazmuni, shuningdek, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida qaror topgan sog‘lom psixologik muhit ustuvor ahamiyatga ega. Garchi tashqi omillar (jumladan, ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minoti)ni yaratishda davlat hamda jamiyatning bevosita ishtiroki kuzatilsa, ichki omillar (mas., malakali pedagoglarni muassasaga jalb etib, jamoada sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish, ta’lim- tarbiya ishlari mazmunini zamon talablariga muvofiq yangilash, pedagogik jarayonni tashkil etishga ijodiy yondashish kabilar) mavjudligini ta’minlash maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv mahoratlari va pedagogik jamoaning sa’i-harakatlariga bog‘liqdir. So‘nggi yillarda ijtimoiy hayot sur’atining tezlashuvi natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning fiziologik-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni mazmunan murakkab, ko‘pqirrali hamda ichki raqobatga asoslanuvchi ijtimoiy munosabatlar jarayoniga tayyorlash ehtiyoji yuzaga k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada “maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy- pedagogik faoliyatga tayyorlash – pedagogik zaruriyati haqidagi fikrlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada “maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy- pedagogik faoliyatga tayyorlash – pedagogik zaruriyati haqidagi fikrlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim, личность, sog’lom, Дошкольное образование, здоровый, personality, Preschool education, shaxs, healthy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники