Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ СЕМЬИ В ФОРМИРОВАНИИ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ОБРАЗА У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Olimova Dilfuzaxon Ubaydullayevna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda estеtik tasavvurlarni shakllantirishda oilaning o’rni va uning imkoniyatlari nazariy jixatdan yoritilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha talim, oila, rivojlantirish, estetik tarbiya, estеtik tasavvur, takomillashtirish, tasavvur, shakllantirish. Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o‘z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishda har bir hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek, oila ham davlat va jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamiyatimizning eng muhim va hal qiluvchi bo‘g‘ini xamda uni har tomonlama asrab – avaylash tadbirlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak dasturning uzviy qismi sifatida ko‘rishimiz zarur. Xalqimizda “Qush o‘z uyasida ko‘rganini qiladi”, degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no – mazmun bor. Oila u qaysi millat, qaysi davlatga oid bo’lishidan qat'iy nazar aynan mana shu millatni, mana shu davlatning xususiyatini o’zida mujassam etadi. Shuning uchun ham oila insoniyatning ilohiy va mo’'jizaviy kashfiyotidir. Oilaning milliy ruhi-xalqning milliy ruhiyatini bеlgilaydi... Oila ma'naviyat qanchalik boy, tеran va chuqur bo’lsa-jamiyat ham shu qadar boy bo’ladi, oila ma'naviyatida jamiyat ma'naviy olami tajalliy topgan bo’ladi. Oilada bolalarni estetik tasavvurlarini shakllantirishning eng optimal shakli san'at turlari haqidagi ma'lumotlar, badiiy estetik qonuniyatlar haqida bilimlar vositasida elementar tasavvurlarni tarkib toptirishdir. Bu borada musiqa, raqs, teatr, kino, tasviriy va amaliy san'at, milliy badiiy hunarmandchilikning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning tarbiyaviy ahamiyatidan oila sharoitida samarali foydalanish uchun esa ilmiy asoslangan, tajribada sinab ko’rilgan ta'limiy, tarbiyaviy tadbirlarning mazmuni, metodikasi, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu bugungi kun pedagogika fani uchun dolzarb mavzu sifatida e'tirof etilmoqda. Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo’lmasada, shakllanish jarayonida juda ko’p «eksperimentlarni» hayotda sinab ko’rishnatijasida xalq, jamiyat hayoti, turmushiga oid urf odatlarni o’zida sinovdan o’tkazadi. Yaxshilarini o’z bag’rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o’z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirishi bilan ularga boshlang’ich ijtimoiy yo’nalishlarni beradi. Shuning uchun ham oila, oilada farzandlar tarbiyasi barcha zamonlarda muhim masalalardan sanalib kelingan. Oila va oilaviy munosabatlar, ularning jamiyatning, oilaning tamaddudi (tsivilizatsiyasi) dagi o’rni haqida tarixiy manbalar mavjud. Qur'oni Karim, Hadisu shariflar, shuningdek «Avesto» kabi muqaddas manbalarda bu haqda ibratli hikmatlar mavjud. Ayniqsa, Sharq mutafakkirlari bu masalalarga alohida e'tibor bilan qaraganlar. «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya», «Geodeziya», «Hindiston», «O’tgan avlodlar obidalari», Abu Ali ibn Sinoning adpi.uz universaljurnal.uz 323 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil «Axloq», «Axloq fani», «Oila xo’jaligi», Burhoniddin Marg'inoniyning «Hidoya», Alisher Navoiyning «Hayrat-ul Abror» va «Mahbub-ul qulub», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Kaykovusning «Qobusnoma», Abdurauf Fitratning «Oila», Rizouddin ibn Fahruddining «Oila» asarlarini bu e'tibor va e'tirof yo’lidagi sa'yi-harakatlari natijasi sifatida qarash mumkin. Oiladagi o’zaro munosabatlar madaniyat malakasi tasavvuf falsafasida ham alohida o’rin tutadi. Bu falsafaning yirik vakillari bo’lgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ota va onalar o’zaro munosabatlarining farzandlar kamolatidagi roli alohida ta'kidlab o’tilganligini ko’ramiz. Shuningdek, oila tarbiyasiga oid qimmatli fikrlar ulug’ mutafakkirlar imom al-Buxoriy, at-Termiziylarning asarlarida ham zikr etilgan. Oila sharoitida bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda ota-ona va farzand munosabatidagi estetik mazmun har doim bosh omil hisoblangan. Bu jarayon shu darajada komponentlarga boyki, shuning uchun uni ham ijtimoiy-pedagogik, ham psixologik, ham tarixiy- falsafiy taraflarini hisobga olish lozim. Ota-onaning o’z farzandini individualligini inobatga olmagan holda tinimsiz ko’rsatma berishi (qachon va qanday teleko’rsatuv ko’rish lozimligi, kim bilan, qachon va qancha vaqt qanday o’yin o’ynashi, qanday rangdagi, qand
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda estеtik tasavvurlarni shakllantirishda oilaning o’rni va uning imkoniyatlari nazariy jixatdan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda estеtik tasavvurlarni shakllantirishda oilaning o’rni va uning imkoniyatlari nazariy jixatdan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adolescent development, развитие, oila, Maktabgacha talim, Дошкольное образование, rivojlantirish, семья
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024