К содержанию
РецензированоRU2025

КУЛЬТУРА РЕЧИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ

SHAKILLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI · Olimova Ruxshonabonu Azamatjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, uning bolalar rivojlanishiga ta'siri, o‘qituvchilarning va ota- onalarning rolini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Nutq madaniyati bolalar shaxsiyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida, ularning ijtimoiy muloqotda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi. Nutq madaniyatini rivojlantirish jarayoni bolalarning tilni to‘g‘ri va ravon ishlatish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular orasida to‘g‘ri muloqot va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, bolalar nutqining rivojlanishiga pedagogik yondashuvlar, metodik vositalar, o‘yin va interaktiv faoliyatlar kabi elementlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Nutq madaniyatini shakllantirishdagi asosiy prinsiplar, metodik yondashuvlar va ularning amaliy qo‘llanilishi mavzusi orqali, maktabgacha ta'limda bolalarning nutq madaniyatini yuqori darajada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy yondashuvlar taqdim etiladi. Kalit so’zlar: nutq madaniyati,nutq rivojlanishi,so’z boyligi,talaffuz,ijtimoiy ko’nikmalar,muloqot madaniyati,etika,so’zlashuvda etik qoidalar,rasim va kartinkalar,interaktiv mashg’ulotlar,tafakkur,individual ehtiyojlar,ko’p tili muhit. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda avvalo, bolalarning tilni to‘g‘ri ishlatish, yaxshi nutq odatlarini o‘rgatish, va muloqotdagi madaniyatni oshirishga e'tibor qaratiladi. Nutq madaniyati - bu shaxsning nutq jarayonlaridagi muloqot ko'nikmalari, to'g'ri, aniq va madaniyatli gapirishni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutq madaniyatini rivojlantirish, nafaqat ularga til o'rganishni, balki jamiyatda muloqotda bo'lishni ham o'rgatadi. Nutq madaniyati, asosan, tilni to‘g‘ri, aniq va tarbiyaviy jihatdan ifodalashni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda kommunikativ kompetensiya muhim rol o‘ynaydi. Bu — bolaning nutqni o‘zgalar bilan samarali, hurmatli va madaniy tarzda ishlatish qobiliyatidir. Shu bilan birga, bolalar ijtimoiy va madaniy muhitda qanday o‘zaro aloqada bo‘lishni ham o‘rganadilar. Bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvlar ahamiyatli. Bolalar o‘z tajribalariga asoslangan nutqni rivojlantiradilar, shuning uchun ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayonlar, masalan, e'tibor va xotira, nutqni o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchi va tarbiyachilarning metodik yondashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Bu metodikalar o‘yinlar, interaktiv mashg‘ulotlar, hikoyalar va ko‘rgazmalar orqali bolalarga o‘rgatiladi. Har xil nutq va tilni rivojlantiruvchi faoliyatlar, masalan, xayoliy hikoyalar tuzish, rolli o‘yinlar, bolalarga nutq madaniyati elementlarini o‘rgatishda yordam beradi Bolalar o‘zgalar bilan muloqot qilishda o‘z nutq madaniyatini rivojlantiradilar. Nutq madaniyatini shakllantirish nafaqat nutqni rivojlantirish, balki bolalarni ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘ladi, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bolalar nutqi kichik yoshdan boshlab, o‘z-o‘zini ifodalash, so‘zlashuv uslubi, tilning grammatik asoslarini o‘zlashtirish jarayonida rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq madaniyatini rivojlantirishda o‘yinlar, hikoyalar, ertaklar, she'rlar va boshqa didaktik materiallar ishlatiladi. Ushbu metodlar bolalarda so‘z boyligini oshiradi, talaffuzni yaxshilaydi va muloqot madaniyatini shakllantiradi. Nutq madaniyatini shakllantirishda ota-onalar va tarbiyachilarning o‘rni katta. Ular bolalarga nutqni rivojlantiruvchi faoliyatlarni o‘rganishda yordam beradi, ularni to‘g‘ri talaffuz, aniq va ravon so‘zlashuvga o‘rgatadi. Nutq madaniyati – bu odamning nutqini til va axborot vositasi sifatida samarali, aniq, to‘g‘ri, adabiy va madaniy adpi.uz universaljurnal.uz 326 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil talablarga mos tarzda ishlatish san'ati. Bu tushuncha maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni to‘g‘ri shakllantirish va rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirish – bu nafaqat tilni to‘g‘ri va ravon ishlatishni o‘rgatish, balki madaniyatli va axloqli nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Nutq madaniyati, ayniqsa, bolalar uchun, keyingi yillarda ham o‘ziga xos pedagogik muammolardan biri sifatida qaralmoqda. Nutq madaniyati deganda, nutqning aniq, ravon, oqilona, mantiqan to‘g‘ri va estetik jihatdan mukammal bo‘lishi tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish o‘ziga xos ahamiyatga ega, chunki bu yoshda til orqali o‘z fikrini bildirish, boshqalar bilan muloqot qilish, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda asosiy davr hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish jara

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, uning bolalar rivojlanishiga ta'siri, o‘qituvchilarning va ota- onalarning rolini o‘rganish ko‘zda tutilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, uning bolalar rivojlanishiga ta'siri, o‘qituvchilarning va ota- onalarning rolini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
культура речи, nutq madaniyati, nutq rivojlanishi, развитие речи, speech culture, speech development
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники