Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВРЕМЯ ИМЕЕТ ЗНАЧЕНИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ПРОБУЖДЕНИЕ ВООБРАЖЕНИЯ
TASAVVURLARNI UYG‘OTISH · Xakimova Umidaxon (Andijon davlat pedagogik instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ularning kundalik faoliyatini rejalashtirish, intizomli bo‘lish hamda maktab ta’limiga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi. Vaqtni anglash bolaning tafakkuri va nutqining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yoritilib berilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, vaqt tushunchasi, vaqt birliklari, didaktik o‘yinlar, interaktiv metodlar, pedagogik kuzatuv, soat va taqvim, bolaning tafakkuri, vaqtni rejalashtirish. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”,“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarni hal etish nazarda tutilgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun vaqt tushunchasi mavhum bo‘lib, uni anglash va o‘zlashtirish ko‘p vaqt va to‘g‘ri yondashuvni talab etadi. Vaqtni to‘g‘ri idrok etish bolaning kundalik hayotini rejalashtirish, tartib-intizomni saqlash va maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bolalarda vaqtni anglash qobiliyatining shakllanishi tafakkur, nutq va mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga yordam beradi. Vaqt tushunchasini o‘rgatish orqali bolalar: Kundalik vaqt birliklarini (tong, kun, kechqurun, tun) farqlashni o‘rganadilar. Soat va taqvim kabi vaqtni o‘lchash vositalaridan foydalanishni boshlaydilar. Vaqtni rejalashtirish va o‘z faoliyatini tartibga solish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bolalarda vaqt tushunchasini shakllantirishda quyidagi usullardan foydalanish samarali hisoblanadi: 1. Didaktik o‘yinlar: “Soatni top”, “Qaysi vaqt?”, “Taqvim o‘rganamiz” kabi o‘yinlar yordamida bolalar vaqt birliklarini o‘rganadilar. 2. Interaktiv metodlar: Soatlar, taqvimlar, ertaklar yordamida vaqt tushunchasini bolalarga yetkazish.Multfilmlar va hikoyalarda vaqt o‘tishini ko‘rsatish orqali tushunishni mustahkamlash. 3. Pedagogik kuzatuv: Bolalarning kun davomidagi faoliyatlarini kuzatib, vaqtni qanday idrok etayotganini aniqlash. 4. So‘zli tushuntirish va suhbatlar: Vaqt haqida oddiy suhbatlar olib borish, masalan, “Biz ertalab nima qilamiz?”, “Tushlikdan keyin nima qilamiz?” kabi savollar yordamida bolalarni fikrlashga undash. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan yondashish ahamiyatga egadir. Tarbiyachi guruh bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan adpi.uz universaljurnal.uz 266 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratilganligi va vazifani bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo‘lganligi sababli materialning o‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal yondashish bolalarning axborot xazinasini to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga va layoqatlariga ega. yordam berish bilan qo`shib olib boriladi, bunga xatolarni tuzatish ham qo`shiladi. Tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan yakka va jamoa ishlari jarayonida xatolarni tuzatishni amalga oshiradi Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt tushunchasini shakllantirish ularning tafakkuri va intizomini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘yin, interaktiv metodlar va pedagogik yondashuvlar orqali bolalar vaqtni to‘g‘ri idrok etishni o‘rganadilar va kundalik hayotda uni qo‘llay boshlaydilar. Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish ko‘nikmasi esa ularning kelgusidagi ta’lim jarayoniga tayyorgarligini kuchaytiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirlar mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 802-sonli qarori 2020-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi PQ-4312-sonli 2019-yil 3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining “Maktabgacha taʼlim agentligi tizimi xodimlari asosiy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ularning kundalik faoliyatini rejalashtirish, intizomli bo‘lish hamda maktab ta’limiga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ularning kundalik faoliyatini rejalashtirish, intizomli bo‘lish hamda maktab ta’limiga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- концепция времени, concept of time, дошкольное образование, preschool education, maktabgacha ta’lim, vaqt tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025