Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ИГРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА И ЕЕ ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
Mamajanova Zulfiya Madaminovna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha talimda tarbiyaning tutgan o‘rni, kichik yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati va uni qo‘llashdagi amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Tarbiya, tajriba, faoliyat, axloq, o‘yin faoliyati, nutq, ijtimoiy qobiliyat, aqliy faoliyat, rivojlanish. Bizga ma’lumki, tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat manfaatlari uchun hizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani taminlaydi. Kattalar turmush jarayonida ortirilgan tajribani o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa, o‘z faoliyati davomida duch kelgan muammolarning yechilishini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab boyitib o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritilganda, uning aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi takidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o‘rinda turar ekan. Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to‘g‘ri javob topishga bog‘liq. Bu maqsad jamiyatning barkamol inson shahsini tarbiyalashdek masalalarni ko‘ndalang oyad. O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuv, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib hisoblanadi. Tarixdan bizga ma’lumki ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar, shu qatorda bolalar o‘yini ham ko‘p asrlik tarixga ega ekanligini juda ko‘p olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyati, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin – bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyat ekanligini ta’kidlab o‘tgandir. Yana u bola o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashishini, kattalarga bolalar o‘yinlariga e‘tiborli munosabatda bo‘lishini, ularga oqilona rahbarlik qilishini maslahat berib o‘tgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati katta o‘rin tutadi. Jumladan, o‘yin har bir yosh bosqichda asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bolalarga o‘yin orqali bajarilgan mashg‘ulot tushunarli va juda zavqli o‘tishi bilan bir qatorda, bolalar yodida qolarli o‘tadi. O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobilyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Demak, ijtimoiy hayot o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi; o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgann ongli faoliyat bo‘lib, uning mehnat bilan ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. Bu faoliyat asosida bolalardagi o‘quv faoliyati rivojlanadi , bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi. Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa– buyum-o‘yin faoliyati bo‘lib hisoblanadi .Uning mazmuni esa qo‘l ishidagi murakkab va nozik harakatlardan iboratdir. Keyingi bosqichi esa, aks ettirish o‘yini hisoblanib, bu ilk yoshli bolalar o‘yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Bu holatda kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar. Natijada, bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmun jihatdan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida esa, syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo‘lidagi adpi.uz universaljurnal.uz 143 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqichda esa ro‘lli o‘yinlar bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Shunday qilib, bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma- bosqich rivojlanib borishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng qo‘llaniladi. Zero: o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati nomoyon bo‘ladi; o‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar holatini tashkil etish shaklidir; o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyasi vositalaridan biridir; o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir; o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha talimda tarbiyaning tutgan o‘rni, kichik yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati va uni qo‘llashdagi amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha talimda tarbiyaning tutgan o‘rni, kichik yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati va uni qo‘llashdagi amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- activity, morality, опыт, tajriba, axloq, o‘yin faoliyati, Education, experience, активность, Образование, игровая деятельность, play activities, faoliyat, Tarbiya, мораль
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024