К содержанию
РецензированоRU2025

ПОДГОТОВКА К ШКОЛЕ ЧЕРЕЗ РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

. . (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

; Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali maktabga tayyoralashning shakl va usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali maktabga tayyoralashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha yosh, ijtimoiy faollik, rivojlantirish, maktabga tayyoralash, shakl, usul, texnologiyalar. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining muhim jihatlaridan biri – ularning ijtimoiy faolligini shakllantirishdir. Ijtimoiy faollik bolaning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rnatishi, o‘z fikrini ifodalashi, muammolarni hal qila olishi va jamoaviy faoliyatda ishtirok etishi kabi qator xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ahamiyati va metodlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ijtimoiy faollik bolaning atrof muhit bilan faol muloqotga kirishishi o‘z fikrini erkin bayon etishi, jamoada o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy hayotga moslashish jarayonini anglatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy faollik muhim omillardan biridir. Ijtimoiy faollik ularning muloqot qobilyatini rivojlantirish o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakillantirishga yordam beradi. Ushbu fazilatlar bolalarning kelajakdagi bilim olish jarayoni va jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa maktabga tayyorgarlik davrida ijtimoiy faollik bolaning o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatishga yordam beradi. Bola uch yoshga to‘lganda uning atrofdagilarga munosabati hamda qiziquvchanligi kuchayadi. Shuningdek bolalarning o‘rtoqlari bilan birgalikda faoliyatga kirishish moyilligi oshadi. Bu jarayonda ular hamma ham aynan ular kabi o‘ylamasligini tushinishadi. Maktabgacha bolalik davrida bolaning nutqi, tafakkuri faol rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy tushunchasiz tasavur etib bo‘lmaydi. Ijtimoiylashuv – bu butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayondir. Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o‘rinni o‘z xalqining axloqiy qadriyatlarini o‘zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash egallaydi. Shaxsiyatning axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi bolalarda axloqiy munosabatlarga kirishish jarayonida sodir bo‘ladi. Maktabgacha yoshda allaqachon ushbu munosabatlar kattalarning ma’lum qoidalari, ko‘rsatmalari va yordamlari asosida qurilgan bo‘ladi. Bolalarni ijtimoiylashuvi haqida Vygotskiy L.S quyidagicha fikrlarni aytb o‘tgan. Bolalar o‘zining fikrlash va o‘rganish jarayonlarini ijtimoiy muhitda amalga oshiradilar. Ular kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar orqali bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Vygotiskiyning ijtimoiy o‘zaro ta’sirining bilim o‘zlashtirishda ahamiyatini ta’kidlagan. Uning fikriga ko‘ra bolalar faqat ijtimoiy va madaniy konteksda rivojlanadilar. Ijtimoiy faollikni rivojlantirish usullari. O‘yin faoliyati – Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy faollikni rivojlantirishning eng samarali usuli ro‘li o‘yinlar va didaktiv o‘yinlar orqali amalga oshiriladi . Muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish - Bolalar suhbatlashish, ularni guruhli mashg‘ulotlarga jalb qilish orqali muloqot qobilyatlari oshiriladi. Mustaqil fikirlarini qo‘llab quvvatlash – Bolalarni mustaqil ravshda qaror qabul qilishlari va o‘z fikirlarini ifodalashlari uchun imkoniyat yaratish muhimdir. adpi.uz universaljurnal.uz 344 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Ota-onalar bilan hamkorlik - Ijtimoiy faollikni rivojlantirishda ota- onalarning ro‘li katta ahamiyatga ega.Uy sharoitida ham bolalar bilan do‘stona muhit yaratish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash lozim. Jamoaviy mashg‘ulotlar – Guruh bilan ishlash, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va she’r aytish mashg‘ulotlari orqali bolalarda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi .Bu usullar bolalarda ijyimoiy faollikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Maktabga tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy faollikning ahamiyati. Maktabga borish bolalar uchun yangi bosqich bo‘lib , bunda ularning ijtimoiy jihatdan faol bo‘lishi muhim faoliyat kasb etadi. Ijtimoiy faolikka ega bo‘lgan bola: - O‘qituvchi va tengdoshlari bilan bemalol muloqot qila oladi. - O‘quv jarayonida faol ishtirok etadi. - O‘z fikrlarini erkin ifoda qila oladi. - Mustaqil qaror qabul qilish qobilyatiga ega bo‘ladi. Bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bilan birgalikda ularga psixologik yani emotsional jihatdan ham rivojlantirishimiz kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabga tayyorlash jarayoni, psixologik jihatdan juda muhim aha miyatga ega. Bu davrda bolalar o‘zlarining hissiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishlarini boshlaydilar, va ularning maktabga tayyorligi aynan shu psixologik jihatlarning shakllanishiga bog‘liq. Psixologik tayyorgarlikning mohiyati. Psi

Доказательный фрагмент

«; Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali maktabga tayyoralashning shakl va usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

; Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali maktabga tayyoralashning shakl va usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social activity, preschool age, development, maktabgacha yosh, rivojlantirish, ijtimoiy faollik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники