К содержанию
РецензированоRU2025

НАЦИОНАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА КОНКРЕТНЫЕ АСПЕКТЫ ОБРАЗОВАНИЯ

Mamatoyeva Zilola Xayrullo qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Ilmiy rahbar: I.A.Oxunov (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur mavzuda kichik yoshdagi bolalarga milliy tarbiyani singdirishning o’ziga xos jihatlari , pedagogik yondashuvlari va samarali usullari o’rganiladi. Jumladan,xalq og’zaki ijodi,milliy o’yinlar,an’anaviy bayramlar va marosimlar orqali bolalarda milliy o’zlikni anglash jarayoni shakillantiriladi. Tayanch so’zlar: urf-odatlar, qadriyatlar, manaviyat, tarbiya, oila, oylaviy tarbiya, umumbashariy qadriyatlar, tamoyil, erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go'zallik, axloqiy xislat va fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum. Har bir xalqning tarbiya an’analari uning madaniyati,tarixi va qadriyatlari bilan chambarchas bog’liq. Kichik yoshdagi bolalarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash ularning shaxs sifatida shakllanishiga,vatanparvarlik ruhida o‘sishiga va ma’naviy jihatdan yetuk bo’lishiga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A.Karimov ’’Yuksak manaviyat - yengilmas kuch’’ nomli asarida o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviyatni shakillantirishning mazmun-mohiyati, uning samarali omillari va vositalari batafsil yoritilgan .Bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash mazmuni asosini milliy va umumbashariy qadriyatlar tashkil etib,uni amalga oshirishda xalqimizning boy merosi,samarali vosita va usullaridan foydalanish zarurati mamlakatimizda olib borilayotgan davlat talim – tarbiya siyosatining dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hayotning uzluksiz tushunchasi bo‘lib,u tarixiy harakterga egadir.Qadimgi Gretsiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi fazilatlarga o‘rgatish,unda fuqarolik,vatanparvarlik,ja’sulik va sadoqat kabi sifatlarni rivojlantirish bo’lgan. Rеspublikаmizning hоzirgi dаvri, bundаn kеyingi tаrаqqiyoti vа istiqbоli hаmdа mustаqilligining ijtimоiy, iqtisоdiy, siyosiy, huquqiy, mаdаniy-mа’nаviy zаmin vа qаdriyatlаrini mustаhkаmlаsh uchun yosh аvlоdgа dunyo stаndаrtlаri dаrаjаsidа bilim bеrishimiz hаmdа milliy ruhdа tаrbiyalаshimiz shаrtdir. Bu vаzifаlаrsiz ijtimоiy tаrаqqiyotni ta'minlаy оlmаymiz. Chunki jаmiyat mаnfааti yo‘lidа o‘zidаgi bаrchа bilim, qоbiliyat vа istе’dоdini bаxshidа etаdigаn yеtuk insоnlаr, uddаburоn yoshlаr, fidоyilаr bo‘lmаsа, O‘zbеkistоnni dunyodаgi eng ilg‘оr dаvlаtlаr sаfigа qo‘shishi qiyin. Yoshlаmi tаrbiyalаsh uchun birinchi gаldа shаrq mutafakkirning, ma‘nаviy mеrоslаri hamda milliy qadriyatlar dаsturi аmаl bo‘lа оlаdi. Abu Nasr Fаrоbiy, Аhmаd Yassаviy, Bаhоvuddin Nаqshbаnd, Ismоil Al Buxоriy, Abu Rayhon Bеruniy, Abu Ali ibn Sino, Al- Xоrаzmiy, Al-Fаrg‘оniy, Firdavsiy, Amir Tеmur, A.Nаvоiy vа Воbur singаri jаhоngа tаniqli va shular singari boshqa aql egalarining ijtimoiy siyosiy, falsafiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi ta’limotlariga, xalqimizning bebaho qadriyatlariga tayanib ish ko‘rilsa, tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallikni kasb etadi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarni tarbiyalab yetishtirish - muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash oddiy ish emas. U kunlar, oylar va hatto o‘n yillab oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat, chidam va qat’iyatlilikni, irodali bo‘lishimizni talab etadi. adpi.uz universaljurnal.uz 348 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oiladan boshlash kerak. Ma’lumki, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘inlaridan biri - bu oiladir. Oila insoniyatning umrguzaronligi o‘tadigan, barcha shodlik-u quvonchlari, tashvishlarining o‘zaro bog‘liqligidan iborat bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy hodisadir. Qadim-qadimdan oilaga - Vatan qo‘rg‘oni, Vatan ichidagi - Vatan deb qarab kelingan. Oilaviy hayot g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bu degani oila qanday bo‘lsa, farzandlar ham shunday bo‘ladi. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos kichik uyushma bo‘lib, tarbiya ishida o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarini umumlashtirish va unga biror bir tavsiyalar berish noqulay va qiyindir. Ota-onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega bo‘lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o‘z farzandlarini tarbiyalaydilar. Ular shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar. Xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sababi inson tarbiyasi asosan mehnatga bo‘lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas. Mehnat hayot demakdir. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari - mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muhabbat, suvni isrof qilmaslik, sahiylik, har bir so‘mning qadriga yetish, qahramonlik, mehnat baxt keltirishini anglash kabilar qaror topadi. Ko'p oilalarda bolalarni birinchi navbatda biror hunarli bo'lishiga harakat qilinadi. Ka

Доказательный фрагмент

«Mazkur mavzuda kichik yoshdagi bolalarga milliy tarbiyani singdirishning o’ziga xos jihatlari , pedagogik yondashuvlari va samarali usullari o’rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur mavzuda kichik yoshdagi bolalarga milliy tarbiyani singdirishning o’ziga xos jihatlari , pedagogik yondashuvlari va samarali usullari o’rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
traditions, urf-odatlar, spirituality, manaviyat, традиции, qadriyatlar, духовность, ценности, values
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники