К содержанию
РецензированоRU2025

ВНЕДРЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СПЕЦИАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

Dilobar Batirovna Yakubjanova

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

; Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimi, imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish hamda FM tizimi (Frequency-Modulated system) ning eshitishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ta’limiga samarasi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar; Maxsus ta’lim, innovatsiya, imkoniyati cheklanganlik, FM tizimi (Frequency- Modulated system), ixtisoslashtirilgan maxus- maktab internati. Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, 2022 — 2026- yillarda “Maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinib unga muvofiq ravishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish ham alohida belgilab qo‘yilgan. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari salohiyatini oshirish. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota- onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq barcha uskuna va jihozlar, Brayl shriftidan foydalanish uchun mo‘ljallangan qog‘oz mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod etish hamda Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni chop etish bilan shug‘ullanadigan nashriyotlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasi bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh shakllantirish kabi vazifalar ham o‘z o‘rnida belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuniga muvofiq Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi. “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga asosan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya yo‘llanmasi bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I — VIII) turlarga bo‘linadi: I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar; II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar; IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar; V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; adpi.uz universaljurnal.uz 354 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘ziga xos ixtisoslikka asosan kadrlar bilan to‘ldiriladi va o‘quvchilar bilan tegishli ta’limiy-tarbiyaviy, korreksion vaziflar belgilar olinadi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda iknlyuziv guruhga ega bo‘lgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarning har birida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning rivojlanishi uchun tegishli va mos ravishda ishlab chiqilgan dastur asosida ta’lim- tarbiya jarayoni olib boriladi. Maxsus ta’lim tizimiga ham zamonaviy tehnologiyalar va qurilmalarning kirib kelishi o‘quvchi va kichik yoshdagi bolalar uchun yuqori samarali natijaga erishishga dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, Zamin fondi tomonidan Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quchilariga berilgan FM (Frequency-Modulated system) qurilmasi ham o‘quvchilarning samarali ta’lim tizimiga yordam bermoqda. FM tizimi (Frequency-Modulated system) — bu eshitish qobiliyati past boʻlgan odamlarga yordam berish uchun moʻljallangan radio-tovush tizimi. U asosan m

Доказательный фрагмент

«; Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimi, imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv…»

Образец извлечения

Демо-превью

; Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimi, imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
disability, innovatsiya, innovation, imkoniyati cheklanganlik, Maxsus ta’lim, Special education
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники