К содержанию
РецензированоRU2025

ЗНАЧЕНИЕ ИГР В ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ.

TARBIYASIDA O’YINLARNING AHAMIYATI. · Teshaboeva Feruza Raximovna (Qo’qon davlat pedogogika institute)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

;Ushbu maqolada maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun haqida so’z boradi. Kalit so’zlar; o’yin, faoliyat,logopedik mashg’ulot, ijodiy o’yinlar, O’yin bola faoliyatining asosini tashkil etadigan ko’rinishlardan biridir. Bolalar kamolati yo’lida ishlab chiqilayotgan turli o’yinlar nazariyasi ta’lim-tarbiya uchun ham naqadar qimmatlidir. Juda qadim zamondan boshlab ko’plab olimlar, tadqiqotchilar, ma’daniyat tarixchilari o’zlarining olib borgan tadqiqot ishlarida o’yinning o’ziga xosligi, uning nafaqat alohida shaxs hayoti balki jamiyat hayotida turgan o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirganlar. Ular o’yinning qadrini uning shartliligini, uning bolalar xulqini shakllantirishdagi o’rnini, muomala-munosabati chog’idagi bolaning hatti-harakatlarini aniqlab olishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar. O’yin, ayniqsa, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmuni tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ishlarning ko’pchiligi o’yin shaklida bo’ladi. O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi ko’chli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi. Maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun kasb etadi. Logopedik o’yinlarning bola tarbiyasidagi o’rni va tutgan mavqei ham o’ziga hos sifatlarga ega. Chunonchi logopedik o’yinlar o’zining tashkil etilishi va mazmuniga ko’ra, bolalarga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’yinda qo’llaniladigan buyumlarning turlicha, kelib chiqishiga ko’ra turlichadir. Logopedik mashg’ulotlar jaroyonida nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar uchun tashkil etiladigan o’yinlarni maxsus ta’lim nazariyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish juda keng tarqalgan: ijodiy o’yinlar va qoidali o’yinlar. Ijodiy o’yinlar mazmunini bolalarning o’zlari o’ylab topadilar va o’z taasurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda shu o’yinga bo’lgan munosabatlarni aks ettiradilar. Qoidali o’yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bolalar hayotiga olib kiritiladi. Qoidali o’yinlar o’z mazmuniga qarab, bolalar yoshiga mo’ljallanganligiga qarab belgilanadi. Qoidali o’yinlarning ko’pchiligi xalq o’yinlari asosida tashkil etiladi. Bunday qoidali o’yinlarning ko’plari avloddan-avlodga tayyor holda o’tib bizgacha yetib kelgan. O’yinlar o’z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishiga ko’ra shartli ravishda didaktik va musiqiy o’yinlarga bo’linadi. Didaktik o’yinlarda bolalarning avvalo aqliy faoliyati rivojlanib boradi, ular bilimlari chuqurlashadi va kengayadi; harakatli o’yinlarda bolalarning turli hatti-harakatlari takomillashadi: musiqali o’yinlarda esa musiqiy qobilyatlari rivojlanadi. Shuningdek, logopedik o’yinlarning o’ziga hos sifatlari mavjud, biroq ular bir qator umumiy xususiyatlarga ham egallar, ya’ni har qanday logopedik o’yinlarda maqsadning mavjudligi, o’yin sabablari, amalga oshirish vositalarning rejali harakatlar va natijaning mavjudligi kabilar xosdir. Har qanday ko’rinishdagi logopedik o’yinlar tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechadi. Boshqa faoliyat turlarida bo’lgani kabi o’yin jarayoniga bolaning butun adpi.uz universaljurnal.uz 361 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil shaxsiyati- psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi; oyinda bola faol harakat qiladi, gapiradi va o’z bilimlarini o’yin davomida qo’llaydi. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun o’tkazilayotgan logopedik o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ular orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. Bola o’yindagi maqsadiga erishish uchun o’ziga sheriklar tanlaydi. Rollarni tasdiqlaydi. Xullas, o’yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradigan bo’ladi. Demak shunga qarab o’yin rivojlanib boradi. O’yinda garchi mehnat bilan ko’pgina o’xshashliklar bo’lsada bola hayotida tutgan o’rni beqiyosligi bilan belgilanadi. K.D.Ushenskiy bolalarning o’yindagi mustaqilligiga o’ziga xos xususiyat sifatida qarab “O’yin shuning uchun ham o’yinki u bola uchun mustaqil mashg’lotdir”, degan edi. Uning fikricha, o’yin bolakaylar vaqelik voqeylik bo’lganda ham uni o’rab olgan narsalardan ko’ra juda qiziqarli voqeylikdir. U bola uchun tushunarli bo’lgani uchun ham qiziqarlidir. Haqiqiy hayotda bola bolaligicha qoladi, u hech qanaqa mustaqillikka ega bo’lmagan norasida, biroq o’yinda u boshqacha odam, u endi kamol topayotgan, u endi o’z kuchini sinab ko’ra oladigan va o’zi yaratgan narsasini mustaqil idora eta olasigan insonga aylanib boradi. Ijodiy o’yin chog’ida buyumlar, rollar, harakatlarning shartli xususiyatlarn

Доказательный фрагмент

«;Ushbu maqolada maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

;Ushbu maqolada maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech therapy session, dars mashg’uloti, game, activity
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники