Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УЧАЩИЕСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В СРЕДЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КЛАСТЕРА МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ПРОБЛЕМЕ РАЗВИТИЯ КОГНИТИВНЫХ ПРОЦЕССОВ ОСНОВЫ
Dehqanova Muborak · ekanligi G‘.I.Muhamedov
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim klastrinignmetodologik asosi va uni inlyuziv ta’limga yo‘lga qo‘yishdagi bevosita ahamiyati, chet el tajribasi, xozirgi kunda ta’limning subyektlar o‘rgasidagi o‘rni va uning metodologiyasi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: klaster tizimi, ta’lim, pedagogika, tadqiqot, subyekt. Mamlakatimizda pedagogik ta’lim klasteri va uning amaliyotga tadbiqi muammosi alohida tadqiqot ob’yekti sifatida keyingi yillarda chuqur o‘rganilmoqda. Xususan, ta’lim klasteri pedagogikamizda integratsiya va uzluksizlik bilan bog‘liq yangi innovatsion yo‘nalish hamda uning amaliyotga tadbiq qilinishi pedagogik ta’limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili ekanligi G‘.I.Muhamedov, Sh.Q.Mardonov, Sh.Botirova, X.Sultonov, S.Toshtemirova, N.Koshanova, Q.Mahmudovlarning tadqiqotlarida muayyan darajada yoritilgan. Muammoga yondosh bo‘lgan yo‘nalishlarda, xususan: uzluksiz ta’lim tizimining tashkiliy-pedagogik omillari, ta’lim tizimini mazmun va shakl jihatdan takomillashtirish mexanizmlari R.Eshchanov, G.Bobojonova, D.Bekchanov, M.Quronov, R.A.Mahmudov, R.Sh.Ahliddinov, Yu.N.Abdullaeva; ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ta’lim turlararo integratsiyani kuchaytirish B.S.Abdullaeva, N.X.Raxmonqulova, D.Sh.Yakibova, M.I.Toshpulatova, A.A.Jumanov, R.B.Adizov; fanlararo aloqadorlikni ta’minlash va ta’lim muassasalarining ilmiy-uslubiy hamkorligining tashkiliy jihatlari N.M.Abdullaeva, G.Sh.Fayzullaeva, O.K.Abdurahmonovlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ta’lim klasterlarini tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, xususan, hududiy ta’lim klasterlarining tuzilmasi va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish, kasbiy ta’limda klaster modelini tatbiq etish muammolari A.Yashevoy, B.Pugacheva, A.G.Granberg, M.Galushkina, A.V.Leontev; klaster modeli vositasida ta’limni boshqarishni nazariy va ilmiymetodik jihatdan takomillashtirish texnologiyalari N.V.Gorodnova, P.F.Anisimov, G.I.Ibragimov, D.L.Skipin, V.P.Panasyuk, N.Ye.Yegorov; ishlab chiqarish va ta’limni klaster vositasida integratsiyalashning mazmuni, shart-sharoitlari va omillari N.A.Mishura, L.L.Naumova; individual sub’ektlar va klaster ishtirokchilarining imkoniyatlarini oshiradigan ijtimoiy hamkorlik asosida amalga oshiriladigan ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari A.S.Subetto, Ye.A.Korchagin, N.A.Sharay, L.N.Nikolaeva, T.V.Vdovinalar tomonidan tadqiq etilgan. Xorijlik olimlardan A.Marshall, M.Porter, O.Solvel, G.Lindgvist, S.Ketelslarning ilmiy izlanishlarida klaster modelining muayyan sub’ektlar raqobatbardoshligini oshirishdagi roli, ta’lim klasterlari modelining yagona tipologik xususiyatlari AQSh va Yevropa mamlakatlari misolida ochib berilgan. Xorijiy tadqiqotlarda ta’lim klasterlari hududiylik, boshqaruv, raqobatbardoshlik, fan va ishlab chiqarish munosabati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy tarzda o‘rganilgan. Klaster modelini ta’limning muayyan tarmog‘ida, xususan, pedagogik ta’limda samaradorlikka ta’sir etuvchi omil sifatida tadbiq etish zarurati tadqiqotimiz mavzusini belgilab berdi. Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning ma’naviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy ta’siri hamda ahamiyatini kengaytiradi. Jahon ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali mexanizmlari, innovatsion texnologiyalari amaliyotga tadbiq adpi.uz universaljurnal.uz 368 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil etilgan. Natijada ta’lim oluvchining akademik, ijtimoiy ehtiyojlarini tezkor diagnostika qilish orqali sifatli ta’lim bilan ta’minlashning modernizatsiyalashgan tizimini modellashtirish imkoniyati kengaydi. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Inchxon” deklaratsiyasi “Bir umrlik ta’lim” , “Ta’lim hamma uchun” dasturi asosida imkoniyati cheklangan bolalarni ta’limga erta jalb etish orqali inklyuziv ta’limga erishish, oliy ta’limda fanlarni o‘qitish metodikalarini takomillashtirish hamda amaliy yo‘naltirish, bo‘lajak defektologlarning kasbiy kompetensiyalarini intensiv rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida inklyuziv va korreksion ta’lim jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishga o‘rgatish metodikalarini rivojlantirish, ta’lim ishtirokchilari faoliyatini diversifikatsiyalash, bo‘lajak defektologlarni kasbiy amaliyotga metodik tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida oilalar, hamkor tashkilotlarning ishtirokini kuchaytirishning samarali mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Yetakchi davlatlar A
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim klastrinignmetodologik asosi va uni inlyuziv ta’limga yo‘lga qo‘yishdagi bevosita ahamiyati, chet el tajribasi, xozirgi kunda ta’limning subyektlar o‘rgasidagi o‘rni va uning metodologiyasi haqid…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim klastrinignmetodologik asosi va uni inlyuziv ta’limga yo‘lga qo‘yishdagi bevosita ahamiyati, chet el tajribasi, xozirgi kunda ta’limning subyektlar o‘rgasidagi o‘rni va uning metodologiyasi haqid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- klaster tizimi, tadqiqot, ta’lim, образование, pedagogika, педагогика, исследование, предмет, subyekt, кластерная система, Cluster approach
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024