Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Mirzayeva Umidaxon Inamovna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida so’z boradi. Kalit so‘zlar: aqliy rivojlanish, jismoniy rivojlanish, tasavvur, ko’rish, inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, intellektual Kirish: Mamlakatimizda sog‘lom bolalar va imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tizimida tenglikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Buning yorqin natijasini davlatimiz tomonidan yaratib kelinayotgan ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan say- harakatlar va qaror va qonunlarda ko‘rishimiz mumkin. Konstitutsiyamizda e’tirof etilgandek “Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’limda o’qish majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida bo’ladi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun Ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiyani ta’minladilar” deb belgilab qo’yilgan. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlaydi. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashi kerak bo’ladi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etilmoqda. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi. Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashi kerak bo’ladi. Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish kerak bo’ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: Rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratishi; jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishi; ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirishi ; adpi.uz universaljurnal.uz 379 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratilishi; o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi; Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim- tarbiya metod va vositalarini qo‘llash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologik- pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Harakatning asosiy turlarini rivojlantirish: -sog‘ligiga qarab yurish va yugurishning barcha turlarini to‘g‘ri bajarish, shart- sharoitga muvofiq ulardan foydala- nish; -jismoniy mashqlarni dastlabki holatlarga qaraganda aniq, ko‘rsatilgan ritmik, maromda, musiqaga mos, og‘zaki aytilganiday bajarish; -gavdani to‘g‘ri tutish; -sog‘ligiga qarab sport o‘yinlarda (suzish, voleybol, futbol, hokkey, stol tenisi, badminton) ishtirok ettirish. Tana qismidagi mushakchalarni rivojlantirish: -qo‘l panjasi va barmoqlar harakatchanligini ta’minlash (barmoqlarni yengil siqish, yozish), barmoqlarini o‘ynatish (barmoqlarda o‘yin ko‘rsatish, qo‘l baroqlari soyasida tamosha ko‘rsatish va h.k.); -tashqi muhit o‘zgarishlariga bardoshlilik kasalliklarga tegishli qarshilik ko‘rsatish, ularning nisbatan yengil va qisqa muddatda asoratlarsiz o‘tishi(chiniqishi); -yaxshi ishtaha (ayrim ovqat turlariga salbiy munosabat- lar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- физическое развитие, умственное развитие, воображение, imagination, tasavvur, mental development, aqliy rivojlanish, jismoniy rivojlanish, physical development
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014