К содержанию
РецензированоRU2025

МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ САМООБСЛУЖИВАНИЯ У ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ

o‘qituvchisi Baxromova Guljamol Dilshodjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati va samarali yondashuvlar bayon etilgan. Shuningdek, ushbu jarayonda uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, jismoniy, kognitiv, motivatsion va ijtimoiy to‘siqlar tahlil qilinadi. Muammolarni bartaraf etish usullari sifatida individual yondashuv, rag‘batlantirish, maxsus metodikalar va oilaviy hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: Alohida ehtiyojli bolalar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, mustaqillikni shakllantirish, jismoniy va kognitiv rivojlanish, reabilitatsiya, motivatsiya va rag‘batlantirish, ijtimoiy moslashuv. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida inson shaxsini har tomonlama ulug‘lash, shaxsning erkinligi, huquqlarini ta’minlash, yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his etishlari uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi insonlarni hayot faoliyatini yaxshilashga, jamiyatda faolliklarini ta’minlashga qaratilmoqda. Davlat rahbarimiz Sh.Mirziyoyev inson qadri tushunchasini quyidagicha izohlaydi: “Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz” [1]. Shu bilan birgalikda bosh qonun Konstitutsiyamizning 50- moddasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13- oktyabrdagi PQ-4860- son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarda alohida ehtiyojli bolalar hayot faoliyati va ta’lim tizimiga oid bajariladigan ishlar o‘z ifodasini topgan. [2] Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish ularning mustaqilligini oshirish, ijtimoiy hayotga moslashuvi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega jarayondir. Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu muammolar bolaning jismoniy, psixologik va ijtimoiy holatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan eng asosiy muammolardan biri jismoniy cheklovlardir. Bunda ayniqsa, motorika muammolari (nozik yoki yirik harakatlarning qiyin bajarilishi) tufayli bolaning kiyinish, tugmalarni qadash yoki qoshiq ushlash kabi harakatlarni bajarishda qiynalishi kuzatiladi. Ko‘rish yoki eshitish qobiliyatining cheklanganligi sababli vizual yoki eshitish asosida o‘rganish jarayoni qiyinlashadi. - Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida kognitiv va rivojlanish cheklovlari kabi muammolar ham uchraydi. Diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolar, bu esa yangi malakalarni o‘rganish va eslab qolish jarayonini sustlashtiradi.O‘z- o‘ziga xizmat qilish tartibini tushunish va ketma-ket bajarishda qiyinchiliklar, aqliy rivojlanish kechikishi yoki intellektual imkoniyatlarning cheklanganligi sababli murakkab topshiriqlarni bajarishga qiynaladilar. adpi.uz universaljurnal.uz 385 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil - Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida motivatsiyaning pastligi ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Ba’zi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilishga bo‘lgan qiziqish past bo‘lishi mumkin. Ichki rag‘bat yetishmovchiligi yoki mustaqil harakat qilishga ishonchning pastligi, doimiy yordamga o‘rganib qolish natijasida mustaqillikni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojning sezilmasligi kuzatiladi. - O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida emotsional va ijtimoiy muammolar sirasiga esa o‘ziga ishonchsizlik, qo‘rquv yoki tashvish sababli yangi harakatlarni sinab ko‘rishga ehtiyoj sezmaslik, jamoaviy muhitda (maktab yoki maxsus markazlarda) o‘z- o‘ziga xizmat qilishni o‘rganishda qiynalish, boshqalar bilan muloqot qilishda muammolar bo‘lgani uchun o‘qituvchi yoki ota-onaning tushuntirishlarini qabul qilish qiyin bo‘lishi. - Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda ota- onalar va pedagoglarning yetarlicha tayyor emasligiham asosiy muammolardandir. Ba’zi ota- onalar yoki tarbiyachilar bolani mustaqillikka o‘rgatishdan ko‘ra, unga yordam berishni afzal ko‘rishadi. Malakali mutaxassislarning (logoped, defektolog, terapevt) yetishmovchiligi yoki ularning metodikasi bolaga mos kelmasligi, shu bilan birgalikda uy sharoitida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga mos sharoitning yetishmasligi (masalan, maxsus moslamalar yo‘qligi)muammosi ham uchraydi. - Alohida ehtiyojli

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati va samarali yondashuvlar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati va samarali yondashuvlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘z-o‘ziga xizmat qilish, self-service, Alohida ehtiyojli bolalar, building independence, mustaqillikni shakllantirish, Children with special needs
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники