Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ВОСПРИЯТИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ С КОХЛЕАРНЫМИ ИМПЛАНТАМИ
RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK USULLAR · o‘qituvchisi · Mamatisayeva Surayyo (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
; Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usullari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar; eshituv idroki, o‘yin faoliyati, reabilitatsiya, koxlear implantatsiya Bola hayoti davomida ijtimoiy tajribani, umuminsoniy va milliy odob axloq normalarini egallab boradi, ta’lim oladi va asta sekin har tomonlama aqliy va jismoniy jihatdan yetilib boradi. Eshitishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarda bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi, ular kattalarning yordamiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Koxlear implantatsiyadan so‘ng bolalarning eshitish idrokini va nutqini shakillantirish, o‘zgalar nutqini tushunish va so‘zlash, muloqot qila bilishga o‘rgatish, nutqini me’yorda eshituvchi bola nutqining darajasiga yetkazishdan iborat. Eshitish qobiliyatining buzilishi bo‘lgan bolani og‘zaki nutq bilan to‘liq egallash suhbatdoshning so‘zlashuv nutqini ancha erkin tushunish va boshqalar uchun aniq, tushunarli gapirish qobiliyatini rivojlantirishni talab qiladi. Og‘zaki nutqni shakllantirish tinglash eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarining eshitish qobiliyatini doimiy ravishda individual eshitish vositalaridan foydalangan holda rivojlantiradi. Bir qancha Surdopedagog o‘qituvchilar E.L. Goncharova, I.V. Koroleva, O.I. Kukushkina, E.V. Mironova, O.S. Ni-Kola, A.I. Sataeva, N.D. Shmatko koxlear implantatsiya jarrohligidan so‘ng bolalarni har tomonlama psixologik va pedagogik reabilitatsiya qilish zarurligini isbotladi. Koxlear implantatsiya natijasida olingan eshitish qobiliyatidan to‘liq foydalanish uchun bolalar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaga muhtoj. Busiz tabiiy eshitish-nutq xatti- harakatlari ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda koxlear implantatsiya jarrohligidan so‘ng maqbul natijaga erishish mumkin emas. Koxlear implantatsiyadan keyingi reabilitatsiya kursining asosiy maqsadi bolani og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan ovoz signallarini idrok etish va tushunishga o‘rgatish, shuningdek nutqni rivojlantirish uchun yangi eshitish sezgilaridan foydalanishni o‘rgatishdir. Operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayoni mutaxassislar guruhining ishtirokini o‘z ichiga oladi: audiologlar, psixologlar, nutq terapevtlari, surdopedagog va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni koxlear implantatsiyadan so‘ng reabilitatsiya kursi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat. - Koxlear implantatsiya uchun nutq protsessorini sozlash. - Eshitish qobiliyatini va nutqini rivojlantirish. - Bolaning umumiy rivojlanishi – kognitiv rivojlanishi ( xotira, idrok, diqqat ) - Bolaga va uning oilasiga psixologik yordam. - Nutq protsessoriga ulanish Koxlear implantatsiya operatsiyasidan 3-4 hafta o‘tgach, nutq protsessori implantga va uning dastlabki konfiguratsiyasiga ulanadi. Audiolog, eshitish sezgilarini shakllantirishda maqbul samaraga erishgan holda, nutq protsessorini sozlash bilan shug‘ullanadi. Shu daqiqadan boshlab bola tovushlarni eshitishi mumkin, ammo ularni to‘g‘ri idrok etish va tushunish uchun audio o‘qituvchisi bilan uzoq darslar talab qilinadi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirishda zarur bo‘lgan amallar: - shartli harakat reaksiyasini shakllantirish; - atrof muhitdagi, olamdagi tovushlar bilan tanishtirish; adpi.uz universaljurnal.uz 388 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil - tovushlami taqlid qilishda ulami farqlash; - bir bo‘gdnli va ko‘p bo‘gdnli so‘zlami farqlash; - odam ovozini boshqa nonutqiy ovozlardan farqlash; - maishiy tovushlami tanish; - ovozlaming turli holatlari (tez-sekinligi, baland-pastligi, uzun-qisqaligi)ni aniqlash; - alohida so‘zlar va gaplami eshitib farqlash; - nutqning ritmik intonatsiyasini farqlash. Quyidagi sxema bo‘yicha mashg‘ulot olib borishni taklif etamiz: - Nafas mashqlari - Ovoz mashqlari - Lab-til mashqlari - Eshitish qobiliyatini rivojlantirish - Barmoqlar gimnastikasi - Artikulyatsion apparat gimnastikasi - Tovushlar ustida ishlash - Nutq materiali bilan ishlash Koxlear inplantli bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantiruvchi namunaviy mashqlar Biologik eshitish yordamida inson nonutqiy, inson ovoziga xos bo‘lmagan, ya’ni atrofdagi tovushlami (qushlaming sayrashi, shamolning g‘uvillashi, hushtak chalinishi, hayvonlaming ovozlari, mashina signali, yomg‘irning shitirlashi, qo‘ng‘iroqning jiringlashi va hokazo) farqlaydi. O‘yin orqali rivojlantirish - Biz taklif etayotgan mashqlar o‘yin orqali bolajonlaming eshitish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. - Dastlabki besh o‘yinda bola ovoz manbasini aniqlashi, nimaning tovushi yangraganini aytishi lozim. - Berilgan o‘yinlami amalga oshirishdan oldin, bolajonlami tovush-ovoz chiqarayotgan predmetlar (o‘yinchoqlar, temir, shisha, yog‘och, qog‘oz) ulaming nomlari, tovushlari bilan tanishtirish lozim. - Bolajonlarga o‘yin- topshiriqni bajarish shart-sharoitlarini aniq tushuntirib bering.
Доказательный фрагмент
«; Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usu…»
Образец извлечения
Демо-превью; Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eshituv idroki, слуховое восприятие, play activity, o‘yin faoliyati, auditory perception, игровая деятельность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024