Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА В ИНКЛЮЗИВНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ.
O‘QUVCHILARNI O‘QITISH USLUBIYATI.
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limga qabul qilinuvchi eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar toifalari, oddiy maktabda bu toifa o‘quvchilarni o‘qitish uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar : inklyuziv ta’lim,zaif eshituvchi bola,koxlear implant, nutq,eshitish, bilish jarayonlari, eshitish idroki. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limini yanada takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Qarorda inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish hamda inklyuziv sharoitlarda ta’lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Xususan, Qonunning 20-moddasida: “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan” – deb keltirib o‘tilgan . Inklyuziv ta'lim-imkoniyati cheklangan bolalarni maktablarda sog‘lom tengdoshlari bilan birga ta'lim olishi alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim shakli hisoblanadi. Inklyuziv ta’limga jalb qilinuvchi eshitishida kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilar ikki toifaga bo‘linadi: - birinchi toifasi koxlear implant qo‘yilgan; - ikkinchi toifalilar esa eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar. Eshitish apparatini taqib eshitish tajribasi va elementar talaffuz hamda og‘zaki so‘zlashish tajribasi mavjud. Ba’zilarida nutqi 30-40% gacha shakllangan holatda bo‘ladi. Dastlab o‘quvchilarda eshitish va nutq tajribasi minimal darajada bo‘ladi. Darsdan keyin eshitish trinojyori orqali mashg‘ulotlar olib borilganda, dastlabki yarim yillikdan keyin bu o‘quvchilarda nutqni egallashi jadallashadi. Bunda albatta oilaning o‘rni juda katta bo‘lib uyda bola doimiy nutqiy muhitda bo‘lib turishi, darsda o‘tilganlarni mustahkamlab borishi, eshitish qobiliyatini rivojlantirish mashqlarini bajarishi talab qilinadi. Korreksiyalovchi mashg‘ulot (Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion mashg‘ulotlar misolida) har kuni 20 minutdan maxsus pedagog tomonidan olib boriladi va ikki qismdan iborat bo‘ladi. Korreksiyalovchi mashg‘ulot surdopedagog tomonidan olib boriladi. Mashg‘ulotning birinchi qismi eshitishga o‘rgatish hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi qismi talaffuz va og‘zaki so‘zlashuv nutqni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bunda uy vazifasiga berilgan nutq materiali, keyingi dars uchun yangi mavzu materialining hammasi eshitib qabul qilish, taqlid qilib aytish yo‘li bilan olib boriladi. Maxsus o‘qituvchi har kuni o‘tilgan mavzuni mustahkamlaydi, uy vazifasini bajartiradi, keyingi darsda takrorlash va mustahkamlash bo‘yicha savol va topshiriqlarni bola bilan tayyorlaydi. Keyin adpi.uz universaljurnal.uz 393 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil barcha fanlar bo‘yicha keyingi darsda o‘tiladigan mavzuni bir kun oldin o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlab chiqadi va keyingi darsda faol ishtirok etishga tayyorlaydi. Agar inklyuziv sinfga eshitishida muammosi bo‘lgan eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bola hamda koxlear implantatsiyasi bo‘lsa uni nutqini tekshirishda talaffuz mashg‘ulotlarining rejasi o‘tkazilgan maxsus tekshirish natijalari asosida tuziladi. Tekshirish jarayoni esa, har bir o‘quvchining psixofizik va nutqiy eshituv holatining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Nutqiy nafasini esa nafas mashqlari orqali to‘g‘rilanadi. Maxsus o‘qituvchi o‘quvchilarga nutqiy nafasdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi, davomiy (uzun) nafasni bosqichma-bosqich, asta sekin sifat jihatdan o‘sish asosida shakllantiradi. Ovoz ustida esa: - nutqiy materialni me’yordagi balandlik, kuch va tembrdagi ovoz bilan o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil talaffuz qilishga; - eshitish orqali ovoz o‘zgarishini farqlash va ovoz kuchiga moslashgan holda talaffuz orqali takrorlash: sekin-asta kuchayish: “past-balandroq-baland”, ovoz kuchsizlanishi: “baland-pastroq-past”; - ovozning tabiiy diapazonini farqlash: odatiy ohang, o‘rta darajadan ko‘tarish, baland va o‘rta darajadagi ovozdan pasaytirish; - ovoz kuchini o‘zgartirish: me’yoriy (odatiy)-baland-past; - shivirlash orqali nutqiy materialni talaffuz qilish (o‘qitu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inklyuziv ta’limga qabul qilinuvchi eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar toifalari, oddiy maktabda bu toifa o‘quvchilarni o‘qitish uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inklyuziv ta’limga qabul qilinuvchi eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar toifalari, oddiy maktabda bu toifa o‘quvchilarni o‘qitish uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inclusive education, zaif eshituvchi bola, inklyuziv ta’lim, hearing impaired child
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024