К содержанию
РецензированоRU2025

ХАРАКТЕРИСТИКА ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА ФУНКЦИИ

Olimova Nodirabegim Ibrohimjon qizi · Saxobiddinova Nilufarxon Mo‘ydinjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitish nuqsonlari kelib chiqqish sabablari,eshitish nuqsonlari darajalari va hozirgi kunda kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’lim muassasalarida taxsil olishlari haqida bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: Analizator, fonematik eshituv, grammatik va leksik komponentlar,karlar, zaif eshituvchilar, ginetik faktorlar,korreksion -pedagogik jarayon ,korreksion-kommunikativ tamoyil,korreksion- komponensiya. Nutq – murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakat ga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihat dan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqi ning o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi – o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z tarkibini anglab ol ishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Defektologlarning (T. A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir- yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bo lalar guruhi ga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi. Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kar bolalarning 25–30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa, streptomitsin, xinin singari dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi – bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy asab markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli adpi.uz universaljurnal.uz 399 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi asab tolalarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga muhtoj bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarini o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki, bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo‘shilib u kar-soqov bo‘lib qoladi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqliy zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni faollashtiruvchi max

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitish nuqsonlari kelib chiqqish sabablari,eshitish nuqsonlari darajalari va hozirgi kunda kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’lim muassasalarida taxsil olishlari haqida bayon qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitish nuqsonlari kelib chiqqish sabablari,eshitish nuqsonlari darajalari va hozirgi kunda kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’lim muassasalarida taxsil olishlari haqida bayon qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
grammatik va leksik komponentlar, Анализатор, грамматический и лексический компоненты, Analizator, grammatical and lexical components, глухой, fonematik eshituv, phonemic hearing, deaf, Analyzer, фонематический слух, karlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники