К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕТИ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ ВЛИЯНИЕ НА ПСИХОЛОГИЮ

PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI · Turgʻunboyeva Zulxumor Ibrohimjon qizi (Qo`qon davlat pedagogika instituti) · Maxsus pedagogika Surdopedagogika (Qo`qon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to’g’ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdirga doir fikr mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: daktil nutq, tafakkur, anomaliya, anomal bolalar, sezgi, vizual idrok, teri sezgisi, surdapedagogika, psixologik. Kirish. Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini ularga mos ravishda tashkil etish, sog’lom jamiyatga tenglashtirishdek o’ta mas’uliyatli vazifalar bir qator me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topgan bo’lib, asosiy maqsad o’quvchilarni mustaqil hayotga va kasb- hunarga tayyorlash, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga yordam berishdan iboratdir. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Bu haqda faylasuf va olimlar ko’plab fikr bildirgan. Chunki maktabgacha yosh davri inson hayotida muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi palla bo’lib hisoblanadi. Bu davrda asosiy odatlar, ko’nikmalar shakllanadi, xarakter belgilanadi, ya’ni butun keyingi hayot asoslari quriladi. Eshitish qobiliyati pasayishining ikki turi farqlanadi, ya’ni kar-soqovlik va zaif eshitish. Zaif eshituvchi bolalarda nutqni idrok qilish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ammo, eshitishdan foydalanib cheklangan miqdorda bo’lsa ham so’z zahirasini to’plash mumkin. Eshitish holatining pasayishi karlik darajasida bo’lsa, nutqni tabiiy o’rganishning imkoniyati bo’lmaydi.h, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to’g’ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdir. Eshitish holatiga ko’ra, eshitish qobiliyati zaif(eshitadigan)va karlar farqlanadi. Eshitish qobiliyatining yo’qolishi -bu doimiy eshitish qobiliyatining yo’qolishi, bunda hech bo’lmaganda minimal miqdorda, lekin og’zaki nutqni mustaqil ravishda o’zlashtirish mumkin. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar sezgisi, idroki va xotirasi shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlarga ega bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto’g’ridir. Yangi okustik apparatlar yordamida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko’rsatdi.Hozirgi kunda bolalar tafakkurining rivojlanishini uch bosqichi - ko’rgazmali - harakat, ko’rgazmali - obrazli, so’zli - mantiq tavsiflanadi. So’nggi bosqichda umumlashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan material xarakteriga ko’ra konkret - tushunchali va abstrakt tushunchali tafakkur o’zaro tasniflanadi. Ko’rgazmali - harakat tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o’zida jamlaydi, bunda bola maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foydalanadi. Amaliy vazifalarni amalga oshirishda muammoni hal etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o’tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Bu ko’rgazmali - harakat umumlashmalarini shakllanishga olib keladi. Ko’rgazmali - harakat tafakkurining o’ziga xosligi, bir sharoitdan boshqasiga o’tishda bola harakati va predmet aloqasi, munosabati tamoyili to’liq namoyon bo’lmasligi bilan belgilanadi.Shunday qilib, nutqiy adpi.uz universaljurnal.uz 407 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil rivojlanishgacha tafakkurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma’lum nuqtai nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi. Nonutqiy muloqot imo - ishora yoki so’zlashuv nutqini shakllantirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bolani nutqini rivojlantirish uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o’ringa ega. A.V.Zaporojes fíkricha bolani amaliy tajribaga va sensor tarbiyaga ega bo’lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi mumkinligini e’tirof etadi. Tafakkur - haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks ettiruvchi bilish jarayonidir. Bolaning amaliy tajribasi inson qo’li bilan yaratilgan predmetlar bilan topishi, harakatlarni natijalar bilan qiyoslash, sabab - oqibat aloqalarini belgilashdir. Shunday qilib predmetlararo munosabatlarni ham anglaydilar. Ko’rgazmali - harakat tafakkurini rivojlanishidan orqada qolish nutqi mavjud bo’lmagan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ham uchraydi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo’lmaydilar, shu sababli bu vazifani o’rgatish uchun to’rt marotaba ko’p vaqt va uch marotaba ko’p ko’rgazma kerak bo’ladi. A.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sog’lom egizak bolalarni tafakkurining o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so’

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xus…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xus… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dactyl speech, daktil nutq, tafakkur, thinking, anomaly, anomaliya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники