К содержанию
РецензированоRU2025

ЗНАЧЕНИЕ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ В ОБУЧЕНИИ ГРАМОТНОСТИ ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ

Ilmiy rahbar: PhD, dotsent M.S.Maxmudova

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar umumta’lim maktablarida sog’lom tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya olishi izchil yo’lga qo’yildi. Ularning nuqsonlari va nuqsonning darajasiga qarab korreksion mashg’ulotlar ishlab chiqilishi, ularning umumta’lim muassasasida bilim ola bilish ko’nikmasi hisobga olingan holda tashkil etiladi. O’quvchilarning aqliy faoliyati, jismoniy faolligi hisobga olingan holda ularning har biriga yakka tartib mashg’ulotlar tuzib chiqaladi. Undan tashqari bilim olish ko’nikmasi ham tekshirilib, ularga mos tarzda dars tashkil etiladi. Umumta’lim maktablarida savodga o’rgatish samarali natija bermoqda. Kalit so’zlar: autizm, oligofren, alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalar, inklyuziv ta’lim, integratsiya, savodga o’rgatish jarayoni, zamonaviy texnologiyalar, adaptatsiya. Alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarni inklyuziv ta’lim asosida umumta’lim maktablarida sog’lom bolalar bilan birgalikda bilim olishlarini ta’minlash maqsadida bir nechta qaror va qonunlar kuchga kirgan bo’lib, ularni amaldagi holatiga qarab inklyuziv ta’limning qanchalik muhim ekanligini ko’rishimiz mumkin. Inklyuziv ta’lim bolalarga ijtimoiy adaptatsiyani rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bolalar o’z tengdoshlari bilan birga ta’lim olib, ular bilan muloqot qiladi. O’z navbatida muloqot qilish mobaynida bolada turli xil ko’nikma va malakalar shakllanib boradi. Jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lish uchun avvalo muloqot ko’nikmasi yaxshi rivojlangan bo’lishi lozim. Imkoniyati cheklangan bolalar sog’lom bolalar bilan birga ta’lim olishi, o’yin o’ynashi, muloqot qilishi ularga sog’lom fikrlashni o’rgatadi. Ya’ni bolalar miyasidagi “Men nuqsonliman” degan fikrni o’chirishga va tashqi muhitga tezroq moslashishga yordam beradi. Inklyuziv ta’limni joriy etish oldidan bir nechta muammo va to’siqlarga uchrash tabiiy albatta. Sababi ko’pchilik vatandoshlarimiz onggiga singib ketgan qarashlarni o’zgartirish oson kechmaydi albatta. Buning uchun ota-onalarni, bolalarni, ustozlarni, umuman barcha-barchani inklyuziv ta’limga bo’lgan qarashlarini tuzatish, to’g’ri tushunchalar berib, ularning fikrlarini tuzatish lozim. Bu eng katta va hali ham yechimini to’liq topmagan muammolaridan biridir. Inklytuziv ta’limni bosqichma-bosqich butun respublikamizda joriy etilishi nazorat qilib kelinmoqda. Maktablarda o’quvchilarning nuqsoniga va alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarning soniga qarab xonalar ajratiladi, moddiy-texnik bazaga o’zgartirishlar kiritiladi, maxsus pedagoglar ishga qabul qilinadi. Ular bolalar bilan sinfda va sinfdan tashqari nuqsonidan kelib chiqqan holda mashg’ulot ishlari, korreksion mashg’ulotlar olib boradilar. Inklyuziv ta’limni joriy etish va natijaga erishish davlat tomonidan nazorat qilib boriladi. Bolalar odatda biror malak yoki ko’nikmaga ega bo’lish uchun kattalarga taqlid qiladilar. Ya’ni nutqiy madaniyati, so’z boyligi, o’zlashtirishi ko’p jihatdan ota-onasiga bog’liq hisoblanadi. Agar bola maktrabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalansa, uning nutqiga boshqa bolalar va o’z tengdoshlari ta’sir o’tkazadi. Bola ularga ham taqlid qiladi. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan muloqot qilganda o’zi sezmagan va istamagan holatda ham nutqiy muammolar kuzatilishi mumkin. Bu inklyuziv ta’limning ham ijobiy, ham salbiy Tomoni. Chunki agar bola sog’lom nutqiy muhitda tarbiyalansa, unda paydo bo’lgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan nutq kamchiliklari bartaraf etiladi. Va aksincha nutqiy muammosi bo’lgan bola sog’lom tengdoshlariga aks ta’sir o’tkazib, ularda ham ayni shu nutq kamchiliklarini yuzaga keltirishi mumkin bo’ladi. Sog’lom muhitda ta’lim olayotgamn o’quvchi sog’lom fikrlaydi, sog’lom muloqot qiladi va bemalol Ijtimoiy hayotga moslasha oladi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etilishining asosiy sababi ham aynan shunda. Barcha bolalar huquqlari har tomonlama tengdir. Xoh u imkoniyati adpi.uz universaljurnal.uz 418 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil cheklangan bo’lsin va yoki sog’lom. Har bir bola o’zi istagan ta’lim muassasasida sifatli va bepul ta’lim olish huquqiga egadir. Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalarni umumta’lim maktablarida bilim olishlarini ta’minlash va ularni jamiyatga kerakli inson bo’lishlarini nazorat qilish davlatimiz mutassaddilari tomonidan amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har qanday bola o’z huquqlaridan bemalol foydalangan holda o’zi istagan davlat qaramog’idagi umumta’lim maktablarida bilim olishlari, hunar egallashlari mumkin. Bu esa kelajakda vatanimizda barcha teng huquli ekanligini ta’minlaydi va alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni sog’lom fikrlashiga yordam beradi. Bola do’stllari bilan muloqot qiladi, ularga taqlid qilib jamiyatga qo’shiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.R.R.Zamilova. “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim”. “USMON NOSIR MEDIA” Namangan -2023-yil. 2.Z.N.Mamarajabova, B.Q.Subanova “Inklyuziv ta’lim” o’quv qo

Доказательный фрагмент

«Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar umumta’lim maktablarida sog’lom tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya olishi izchil yo’lga qo’yildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar umumta’lim maktablarida sog’lom tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya olishi izchil yo’lga qo’yildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oligofren, children with autism, alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalar, autizm, special educational needs, особыми образовательными потребностями, oligophrenia, олигофренией, дети с аутизмом
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники