Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБСЛЕДОВАНИЕ ДЕТЕЙ С ЗАДЕРЖКОЙ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ МЕТОДЫ
Kirish · O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining -yil -apreldagi (Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
; maqolada ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni pedogogik,psixolgik tekshirish usullari metodlar va Ruxiy rivojlanishi sustlashgan o’quvchilarning ta’lim tarbiysi,o’quv jarayoning samarali ishlashi uchun maqbul sharoitlarni yaratish yoritib berilgan va bo’lajak tarbiyachi- pedagoglarni ijtimoyi-kasbiy rivojlanishi xaqida bo’lib ularning jamiyatdagi ro’li va kasbiy malakasini oshirish jarayoniga talluqlidir. Kalit so’zlar;ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar turlari, metodlari, usullari, inklyuzif ta’lim,psixolgik, pedogogik,ta’lim tarbiya olishi,adekvad. Kirish;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash chora-tadbirlari olib borilmoqda. Inklyuziv ta’limda bola ta’lim jarayonining markaziga qo‘yiladi. Bunda alohida yordamga ehtiyoji bo‘lgan bola salohiyati – salomatligi xavfsizligi, darslarda ishtirok etishi, gender tengligi va inklyuzivlik (ya’ni imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda ta’lim olishi) kabi ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi. Inklyuziv ta’limda o‘qituvchilar tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligi va ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan uslublaridan foydalanishi mumkinligi, shuningdek, maktabda bolalar uchun qulay, sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish va binobarin, ular ota-onalari ko‘magida salohiyatini to‘liqroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 12-oktabrdagi VM638-son qarorini chiqardi. Unga ko‘ra umumta’lim maktablarida tashkil qilingan inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi. Hozirgi paytda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bir qancha kategoriyalarga ajratilgan: — eshitishda nuqsoni bo‘lgan (kar va zaif eshituvchilar); — ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan (ko‘r va zaif ko‘ruvchilar); — harakat-tayanch a’zolarida nuqsoni bo‘lgan; — og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar; — psixik rivojlanishi orqada qolganlar; — aqli zaiflar; — hissiy-iroda doirasida og‘ir nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar; — xulq buzilishlariga ega bo‘lgan bolalar; — rivojlanishda murakkab nuqsonlilar, ularda ikkita yoki undan ko‘p birlamchi nuqsonlar kuzatiladi. adpi.uz universaljurnal.uz 429 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Psixodiagnostika bola rivojlanishining nuqsonlani va uning o‘ziga xos psixologo-pedagogik xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi ushbu xususiyatlami bilish bolaning imkoniyatlariga mos maktabgacha va maktab ta’lim dasturini, ta’lim muassasining turini, individual tibbiy psixologo-pedagogik dastumi ishlab chiqishga yordam beradi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olishga bog‘liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologo-pedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo‘Igan bolalarning kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta’minlaydi.Rivojlanishida muammolari bo‘lgan, rivojlanishi orqada qolgan bolalami o‘rganish ular orasida aqli zaiflikka xos bo‘lgan ba’zi tomonlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bunday bolalar aqli zaiflarga o‘xshasa ham, haqiqatan bunday bo‘lmaydi. Aqli zaiflikning mohiyatini tushunish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim bo‘lib ushbu holatni to‘g‘ri tashxis qilishga yordam beradi va yordamchi maktablami komplektlashdagi xatolami oldini oladi. «Aqli zaiflik» oddiygina qobiliyatlami pasayishi, aqlning kamligi emas, bu shaxsning barcha tomonlarining sifatini o‘zgarishidir. Bolada aqli zaiflikda asosan intellekt buziladi, shu bilan birga hssiy, irodaviy doirasida, xulqida sezilarli nuqsonlar, buzilishlar kuzatiladi. Pedagogikaning asosiy masalasi aqli zaiflikni u bilan ba’zi umumiy tomonlari bo‘Igan, ammo undan keskin farq qiladigan holatlardan ajratishdir. Aqli zaiflik bilan chalkashtirilib yuboriladigan holatlaming barchasida biz aqli zaiflik xarakterlanadigan o‘ziga xos tomonlami hammasini topa olmaymiz. Aqli zaiflikka o'xshash holatlar ko‘pincha markaziy nerv sistemasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar alohida nerv-psixik sistemasining rivojlanishi va faoliyatiga, shun
Доказательный фрагмент
«; maqolada ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni pedogogik,psixolgik tekshirish usullari metodlar va Ruxiy rivojlanishi sustlashgan o’quvchilarning ta’lim tarbiysi,o’quv jarayoning samarali ishlashi uchun maqbul sh…»
Образец извлечения
Демо-превью; maqolada ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni pedogogik,psixolgik tekshirish usullari metodlar va Ruxiy rivojlanishi sustlashgan o’quvchilarning ta’lim tarbiysi,o’quv jarayoning samarali ishlashi uchun maqbul sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Виды и методы лечения детей с умственной отсталостью, metodlari, ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar turlari, Types and methods of treating mentally retarded children
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025