К содержанию
РецензированоRU2025

С ДЕТЬМИ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА СИСТЕМА ЛОГОПЕДИЧЕСКОЙ РАБОТЫ, КОТОРАЯ БУДЕТ ПРОВОДИТЬСЯ

Qodirova Mahzuna Shamshidin qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Xomidova Gulsora Xojiakbar qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati va mazmuni yoritilgan. Bolalarning nutq qobiliyatini rivojlantirish, tovushlarni farqlash hamda to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida o‘yin usullarining o‘rni haqida alohida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: eshitish nuqsoni, logopedik mashg‘ulotlar, nutq rivojlantirish, zaif eshituvchi, korreksiya, ekspressiv nutq, impressiv nutq, talaffuz, muloqot ko‘nikmalari. Logopedik ta'sir eshitishni qisman pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ishda samarali qo'llanishi mumkin.Zaif eshituvchi bolalarni karlardan farqli ravishda zaif eshituvchilar deb nomlash qabul qilingan (karlar uchun tovush kuchaytiruvchi asboblar qo'llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bo'lmaydi). Eshitishning yaqqol va turg'un pasayishi nafaqat nutqni idrok qilish, balki ekspressiv nutqning buzilishiga (yoki rivojlanmasligiga) ham olib keladi. Bu holda, har bir aniq holatda ekspressiv nutqning buzilishi (rivojlanmaganligi) darajasi eshitishning pasayishi darajasiga (daraja qanchalik og'ir bo'lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish vaqtiga, bola rivojlanishining shart-sharoitiga (nutqning rivojlanishi va saqlanishi bo'yicha maxsus choralarni qo'llash uning birmuncha yaxshi holatini ta'minlaydi) bog'liq bo'ladi. Zaif eshituvchi bolalarni logopedik tekshirish nutq buzilishining alomatlari va kechishini har tomonlama va to'liq aniqlashga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu korreksion ta'sirning differensiatsiyalashgan va etiopatogenetik asoslangan usullarini qo'llash imkonini beruvchi differensiyalashgan diagnoz qo'yishni maqsad qilib qo'yadi. Zaif eshituvchi bolalarni tekshirish jarayonida ko'pincha sensor alaliyani zaif eshitishdan farqlab olish ehtiyoji tug'iladi. Zaif eshituvchilarning impressiv nutqini tekshirish singari, ekspressiv nutqini har tomonlama tekshirish muhimdir.Zaif eshituvchilarda u yoki bu tovushning (juft tovushlarni) eshitish differensiatsiyasini tarbiyalashning ko'pincha butunlay imkoni bo'lmaydi. Og'zaki nutqda tovush almashtirishlarni va yozuvda mos keluvchi harf almashuvlarini bartaraf etish, bunday hollarda, konpensator usullarni qo'llash hisobigagina erishish mumkin. Xususan og'zaki farqlanmaydigan s va sh tovushlarini bolaning tovush talaffuzida to'g'ri tarbiyalashda tovush artikulatsiyasining ko'ruv tasavvuri va artikulatsion organlar holatini sezish, ya'ni kinestetik sezgiga tayaniladi. Zaif eshituvchi bolalar bilan ishlash jarayonida logopedning roli juda muhim. Chunki bunday bolalar nafaqat eshitishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, balki bu ularning nutq rivojlanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois logopedik tekshiruvlar orqali bolalarning tovushlarni farqlash qobiliyati, talaffuzi va ekspressiv hamda impressiv nutq darajasi aniqlanadi. Ushbu jarayonda bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olish, ularga mos usullarni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Mening fikrimcha, logopedik mashg‘ulotlar nafaqat nutq kamchiliklarini bartaraf etishga, balki bolalarning o‘z fikrlarini ravon ifodalashiga va ijtimoiy muhitga moslashuviga yordam beradi. Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75%dan ko'p bo'lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2 m masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog'langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni to'liq egallagan bolaning o'zida 454 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil mavjud bo'lgan so'z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bo'ladi. Bunda bola so'z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (ko'pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqqa ega bo'lmasa, bunday anglash imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq nutqiy rivojlanishi turli darajada boʻlgan) zaif eshituvchi bolalar nutq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holati birinchi bo'lim o'quvchilariga qaraganda II bo'lim o'quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Paramonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birinchi bo'limida ham 78% dan ko'proq yuqori sinf o'quvchilari 4 dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg'aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bo'lim o'quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Tovush talaffuzi buzilishi, ayniqsa Il bo'lim zaif eshituvchi oʻquvchilarida ko'p uchraydi. Buning ustiga nafaqat undosh tovushlar, balki unlilar ham buziladi. Biroq, L.G. Paramonovaning ma'lumotiga koʻra, zaif eshituvchilar mak

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati va mazmuni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati va mazmuni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
logopedik mashg‘ulotlar, eshitish nuqsoni, speech therapy, hearing loss, потеря слуха, логопедия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники