Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОРРЕКЦИЯ ДИЗАРТРИИ - ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ РАБОЧАЯ СИСТЕМА
ISHLAR TIZIMI · Qodirova Mahzuna Shamshidin qizi · talabasi Mamarasulova Sojida Dilmurodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada dizartriya bilan bog‘liq bo‘lgan nutq buzilishlarini tuzatish maqsadida olib borilayotgan korreksion – pedagogik ishlar tahlil qilinadi. Maqolada dizartiya tushunchasi haqida ma’lumotlar, dizartriyaning turlari, uni bartaraf etish metodikasi hamda individual va guruh shaklidagi mashg‘ulotlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Shuningdek, pedagogik hamkorlikning ahamiyati va nutq terapiyasida qo‘llaniladigan innovatsion texnalogiyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so‘zlar: Dizartriya, neyrolingvistika, anartriya, bulbar, psedobulbar. Dizartriya – artikulatsiya apparati mushaklarining innervatsiya buzilishlari natijasida yuzaga keladigan nutq nuqsoni bo‘lib, uning korreksiyasi logopedik yondashuvni talab etadi. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis - bo‘lak, arthon – biriktirish degan ma’noni bildiradi. Dizartriya – bu markaziy harakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a’zolarining ( yumshoq tanglay, til, lab ) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ko‘pchilik mutaxasislar dizartriyani tasniflashda jarohatlanish o‘chog‘ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib , dizartriyani quyidagi turlarga ajratdilar: bulbar, psedobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya. Dizartrik bolada tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning asosiy sababi nutq apparati a’zolarning harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulatsion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim. Dizartriya bilan ishlashda korreksion – pedagogik ishlar tizimi 1.Diagnostik bosqich. Bu bosqichda bola nutqining umumiy holati o‘rganiladi, dizartriyaning darjasi va shakli aniqlanadi. Quyidagi tadqiqotlar o‘tkaziladi: -Nutqiy apparatning motorik imkoniyatlarini baholash -Fonematik eshitish va talaffuzni tekshirish -Nutqning Grammatik tuzilishini aniqlash -Qo‘shimcha tekshiruvlar ( nevropatolog, defektolog, psixolog konsultatsiyasi) 2.Logopedik ishlar.Dizartriyani korreksiya qilishda logopedning roli juda katta. Logopedik ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: -Artikulatsion gimnastika – lab va til mushaklarini harakatchanligini oshirish uchun mashqlar; -Nafas olish mashqlari – diafragmal nafas olishni rivojlantirish; -Fonematik eshitishni rivojlantirish – tovushlarni farqlash va eshitish orqali to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish; -Tovush qo‘yish va avtomatlashtirish – noto‘g‘ri talaffuz qilinayotgan tovushlarni to‘g‘rilash; -Nutq ritmini va tempi bilan ishlash – qo‘shiq aytish, she’r o‘qish, musiqa orqali mashqlar bajarish. 460 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 3. Psixologik – pedagogik yondashuv. -Bola emotsional holatini barqarorlashtirish uchun psixologik qo‘llab – quvvatlash -Ijtimoiy moslashuvni yaxshilash uchun maxsus o‘yinlar va mashg‘ulotlar -Ota – onalar bilan ishlash: uyda bajariladigan mashqlar va tavsiyalar 4.Tibbiy va fizioterapevtik yordam -Massaj va reflector terapiya -Sensor terapiya va suzish -Fizioterapevtik mashg‘ulotlar va gimnastika Dizartriya bilan ishlash uzoq va kompleks yondashuvni talab etadi. Natijaga erishish uchun logoped, psixolog, defektolog, nevropatolog va ota- onalar hamkorlikda ishlashlari muhim. Dizartriya to‘g‘risida bir nechta normative – huquqiy hujjatlar mavjud bularga quyidagini misol qilish mumkin: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun – Nutq buzilishlariga ega bolalar uchun maxsus pedagogik shart sharoitlarni yaratish masalasini qamrab oladi. Xulosa. Dizartriya bila bog‘liq korreksion – pedagogik ishlar tizimi maxsus ta’lim va tibbiy – psixologik yondashuv asosida tashkil etiladi. Ushbu tizm logoped, defektolog va psixologlar hamkorligida olib borilib, bolaning nutq funksiyalarini yaxshilash, ijtimoiy moslashuvni oshirish hamda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekistonda bunday ishlarga oid faoliyat “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunlar asosida amalga oshiriladi. Samarali korreksion ishlar individual yondashuv, maxsus mashqlar va terapevtik metodlarni o‘z ichiga olishi lozim. Bu jarayonning muvaffaqiyati erta diagnostika va tizimli reabilitatsiyaga bog‘liq. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR: 1. M.Y.Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T .: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyat nashriyoti, 2007. 2. L.R.Mo‘minova. Nutq kamchiligi bor bolalarning psixologik – pedagogik diagnostikasi. T., 2012 3. L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova. logopediya. – T.,1993. 461
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada dizartriya bilan bog‘liq bo‘lgan nutq buzilishlarini tuzatish maqsadida olib borilayotgan korreksion – pedagogik ishlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada dizartriya bilan bog‘liq bo‘lgan nutq buzilishlarini tuzatish maqsadida olib borilayotgan korreksion – pedagogik ishlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anartriya, neurolinguistics, Dizartriya, neyrolingvistika, anarthria, Dysarthria
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024