К содержанию
РецензированоRU2025

ФОРМЫ И ТИПЫ ДИСЛАЛИИ.

o’qituvchisi Qodirova Mahzuna (Andijon davlat pedagogika instituti) · talabasi Musaxoʻjayeva Robiya (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dislaliyaning tarixi, kelib chiqish sabablari, shakllari va turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Dislaliya nutq buzilishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan biri bo‘lib, uning mexanik (organik), funksional va fiziologik turlari mavjud. Maqolada dislaliyaning tashxis qo‘yish mezonlari, turlari va bolalarda uchrash sabablari bo‘yicha olimlarning fikrlari yoritilgan. Kalit soʻzlar: dislaliya, gammatsizm, kappatsizm, lambdatsizm, rotatsizm, sigmatizm, xitizm, monomorf va polimorf, prognatiya, progeniya, prikus. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Kishilar o‘rtasidagi muloqotning asosiy vositasi nutqdir. Inson nutq yordamida o‘z fikrlarini, his- tuyg‘ularini bayon qiladi hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Nutq faoliyati aloqa o‘rnatish vositasi hisoblanadi. Inson nutqida tovushlar muayyan ahamiyatga ega. 4–5 yoshli bolalarning ko‘pchiligida tovushlar talaffuzi til normasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Ayrim bolalar esa tovushlarni buzib talaffuz qiladilar. Ular bir tovushni ikkinchisidan farqlay olmaydilar, ayrim tovushlarni talaffuzda qo‘llay olmaydilar yoki nutqida boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu holatlarda dislaliya vujudga keladi. Dastlab noto‘g‘ri talaffuz va nutq kamchiligi haqidagi birinchi ma’lumotlar qadimgi yunon olimlari Plutarx, Gippokrat, Klavdiy Galen va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Ushbu olimlarning fikriga ko‘ra, “Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish til, lab, qattiq va yumshoq tanglayning zararlanishi bilan bog‘liq” deb ta’kidlangan. Tovush buzilishlarining xarakteri haqidagi fikrlarning rivojlanishida rus va chet el olimlari, lingvistlar, psixolog va fiziologlarning hissasi katta bo‘lgan. Ular quyidagilardir: V.A. Bogoroditskiy, L.V. Sherba,D.P. Yenkо,Boduen, A.A. Shaxmatov,L.V. Varshavskiy,I.M. Litvak, N.I. Jinkin. XIX asrning boshlarida tovush talaffuzidagi kamchiliklarni artikulyatsion mashqlar yordamida bartaraf etish usullari yanada rivojlana boshladi. Dislaliya termini haqida dastlab Yevropaning Vilnyus universiteti shifokori, professor I. Frank ilmiy muomalaga kiritgan. Shundan so‘ng XIX asrning 30-yillarida shveysariyalik shifokor R. Shultess ham o‘z ishlarida “dislaliya” terminini qo‘llagan. U dislaliyani faqat talaffuz buzilishi, ya’ni artikulyatsion organlarning anatomik nuqsonlari bilan bog‘liq holat sifatida ta’riflagan. Polyak tadqiqotchisi V. Oltushevskiy dislaliyani nutq apparatining anatomik nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan talaffuz buzilishlari sifatida tavsiflagan. U dislaliyaning ikkita shaklini ajratib ko‘rsatgan: funksional dislaliya va eshitish qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liq dislaliya.XX asrning 30–50 yillarida bu tushuncha amaliy o‘zgarishlarga uchradi. M.Ye. Xvatsev dislaliyani tutilib gapirishning bir shakli deb ko‘rdi (bu umumlashtirilgan termin ichiga talaffuzning barcha buzilishlari kiritilgan). U bunga periferik nutq organining buzilishini ham kiritgan: suyak-kemirchak muskullari qismlari yoki “ularning periferik innervatsiyasi”, hamda eshitish qobiliyatining pasayishi sababli tovush talaffuzining buzilishi. U 10% dan kam bo‘lmagan dislaliya holatlari shu nuqson bilan bog‘liq deb hisoblagan. Dislaliya shakllari va turlari. Dislaliya uch shaklga bo‘linadi: 1. Mexanik (organik) dislaliya – periferik nutq apparatining (til, jag‘, tanglay, tish) organik buzilishlari natijasidir. 462 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 2. Funksional dislaliya – bunda periferik nutq apparatida hech qanday organik buzilishlar kuzatilmaydi, ammo bolaning nutqiy rivojlanishida kamchiliklar mavjud bo‘ladi. 3. Fiziologik dislaliya – nutq apparati hali to‘liq rivojlanmaganligi sababli yuzaga keladi. Dislaliya ma’lum tovushlar guruhiga tegishli bo‘lishiga ko‘ra quyidagi yetti turga bo‘linadi: Sigmatizm – (grekcha “sigma” – “s” harfi nomidan olingan) sirg‘aluvchi (s, z) va shovqinli (sh, j, ch) tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar. Rotatsizm – (“ro” harfi nomidan olingan) “r” tovushining noto‘g‘ri talaffuzi. Lambdatsizm – (“lambda” harfi nomidan olingan) “l” tovushining noto‘g‘ri talaffuzi. Kappatsizm – “k” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi. Gammatsizm – “g” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi. Xitizm – “x” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi. Yotatsizm – “y” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi. Shuningdek, dislaliya quyidagicha tasniflanadi: Oddiy dislaliya – agar to‘rtta tovush talaffuzida kamchilik bo‘lsa,murakkab dislaliya – agar beshta va undan ortiq tovush talaffuzida kamchilik hisoblanadi. Monomorf dislaliya – bir fonetik guruhga tegishli tovushlar talaffuzida kamchiliklar mavjud bo‘lsa,polimorf dislaliya – ikki va undan ortiq fonetik guruhga tegishli tovushlarda kamchilik hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda dislaliya bolalar orasida eng keng tarqalgan nutq buzilishlaridan biri bo‘lib, uning sabablari va shakllari turlicha namo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dislaliyaning tarixi, kelib chiqish sabablari, shakllari va turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dislaliyaning tarixi, kelib chiqish sabablari, shakllari va turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chimamanda Ngozi Adichie, kappatsizm, Purple Hibiscus., Patriarchalculture, : dislaliya, : Domesticviolence, gammatsizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники