Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЩАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ДЕТЕЙ С ЗАДЕРЖКОЙ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ФУНКЦИИ
Musaxoʻjayeva Robiya Umidilloxon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj boʻlgan bolalar uchun qabul qilingan qarorlar va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy xususiyatlari, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘ziga xos jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu bolalar kognitiv, nutqiy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishlari sababli, ularga maxsus pedagogik yondashuv talab etiladi. Maqola maxsus pedagogika, defektologiya va logopediya sohasida ishlovchi mutaxassislar hamda ota- onalar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar:ruhiy rivojlanish sustligi, maxsus pedagogika, defektologiya, nutqiy rivojlanish, kognitiv rivojlanish, psixologik xususiyatlar, inkluziv ta’lim, logopediya, pedagogik yondashuv, diagnostika, psixokorreksiya, ijtimoiy moslashuv, bolalar psixologiyasi, ta’lim texnologiyalari, nutq buzilishlari, individual ta’lim dasturlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar (RRSB) – bu umumiy aqliy rivojlanish sur’ati yoshiga mos kelmaydigan, lekin oligofreniyaga ega bo‘lmagan bolalar guruhidir. Ular asosan xotira sustligi, nutqiy rivojlanishdagi orqada qolish, ijtimoiy moslashuv muammolari, mustaqil qaror qabul qilishdagi qiyinchiliklar bilan ajralib turadi. RRSBning asosiy sabablari turlicha bo‘lib, ular orasida tug‘ma va orttirilgan omillar mavjud. Tug‘ma omillarga genetik moyillik, homiladorlik davrida onaning salomatligidagi muammolar kiradi. Orttirilgan omillar esa bolaning erta yoshdagi bosh miya jarohatlari, stress holatlari va yetarli pedagogik sharoit mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ushbu bolalarning rivojlanish xususiyatlarini aniqlashda L.S. Vygotskiy, A.R. Luriya, N.N. Traugott kabi olimlar muhim hissasini qo‘shgan.. T.A. Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova, K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, G‘.B.Shoumarov, N.A.Sipina, R.D.Triger boshqa olimlaming maʼlumotlariga ko‘ra boshlangich sinf o‘quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida mamlakatimiz defektologlari ishlarida ham bu masalaning turli tomonlari e’tiborga olinadi. Bunday orqada qolishning asosiy sabablariga bosh miyaning minimal, yuzaki, yengil zararlanishi, tugilish vaqtidagi, homila davrida yoki go‘dakning ilk yoshidagi zararlanishlari kiradi. Rivojlanishning orqada qolishi, susayishi deganda, ruhiy rivojlanishning bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi tushuniladi. L.S. Vygotskiy – u ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning rivojlanishi atrof-muhit va ijtimoiy omillarga bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. A.R. Luriya – bolalarning psixologik va neyropsixologik xususiyatlarini tadqiq qilgan, RRSB da diqqat va xotira jarayonlarining sustligini o‘rgangan. N.N. Traugott – bolalarning nutqiy rivojlanish buzilishlarini tahlil qilib, maxsus pedagogik yondashuvlarni taklif qilgan. 466 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy xususiyatlari Ruhiy rivojlanishi susrlashgan bolalar quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 1. Kognitiv rivojlanishdagi o‘ziga xosliklar Diqqatni uzoq vaqt jamlay olmaslik Xotira jarayonlarining sekinligi Tafakkur jarayonlarining sustligi va mustaqil fikrlash qiyinligi Mantiqiy bog‘liqliklarni tushunishda qiyinchiliklar 2. Nutqiy rivojlanishdagi muammolar Leksik zaxira kamligi Grammatik xatolar va so‘z birikmalaridan noto‘g‘ri foydalanish Fonetik jihatdan tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish Og‘zaki va yozma nutqni shakllantirishdagi sustlik 3. Emotsional-hissiy rivojlanishdagi muammolar Tez ta’sirchanlik yoki tajovuzkorlik Tashqi omillarga haddan tashqari bog‘liqlik O‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatining sustligi Hissiy barqarorlikning zaifligi 4. Ijtimoiy rivojlanishdagi muammolar Jamoada muloqot qilishda qiyinchiliklar Yangi sharoitlarga moslashishning sekinligi Mustaqil faoliyat olib borishning qiyinligi Xulosa.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar umumiy aqliy rivojlanish sur’atining yoshiga mos kelmasligi bilan tavsiflanadi. Ularning kognitiv, nutqiy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishidagi muammolar individual yondashuv va maxsus pedagogik metodlarni talab qiladi. Ushbu bolalar diqqatni uzoq vaqt jamla
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Oʻzbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj boʻlgan bolalar uchun qabul qilingan qarorlar va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy xususiyatlari, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluv…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Oʻzbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj boʻlgan bolalar uchun qabul qilingan qarorlar va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy xususiyatlari, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluv… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- special pedagogy, специальная педагогика, maxsus pedagogika, ruhiy rivojlanish sustligi, умственная отсталость, mental retardation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014