К содержанию
РецензированоRU2025

ПРИЧИНЫ И ВИДЫ ЗАИКАНИЯ

Odinaxon Mirzaakbar qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish tarixi va kelib chiqish sabablari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Kalit so‘zlar: psixika, nerv tizimi, nutq apparati, artikulyatsiya, muskul, tafakkur, nevropatalogiya, psixologiya. Duduqlanish, ya'ni nutq buzilishi ta'limoti qadimiy ta'limot hisoblanadi. Duduqlanish mohiyatini ko‘p olimlar o‘zlari yuritgan nazariyaga ko‘ra fikrini bayon qilgan. Barcha olimlar turlicha mulohaza olib borgan. Xususan XIX-XX asrda markaziy va periferik nerv sistemasi bilan bog‘liq buzilish deya ta'kidlangan. Duduqlanish bu nutq apparatidagi muskul va pay tortilishi natijasida ovoz ohanggi sur’atining buzilishi hisoblanadi. Qadimgi davrlarda Gippokratning ta'kidlashicha, markaziy nerv tizimi, ya'ni bosh miyada namlik to‘planishi oqibatida kelb chiqishini aytib o‘tgan. Namlik yig‘ilishi nerv sistemasining nafaqat nutq sohasiga, balki butun organ sistemasiga ham ta'sir etmay qolmaydi. Shuningdek bosh miyada namlik to‘planishi turli virus va boshqa havfli holatlarga olib borishi o‘rganib chiqilgan. Rus olimi Santorimining fikriga ko‘ra, qattiq va yumshoq tanglayni yoriqligi duduqlanishni asosiy sabablaridan ekanligini bayon etgan. Tanglayni yoriq bo‘lishi rinolaliya deb nomlanadi. Bu holat og‘ir nutq kamchiliklariga sabab bo‘ladi. Ovoz ohanggi nutqni bayon qilayotganda tanglay yoriqligi sababli tovushlar boshqa holatda chiqqanligi uchun duduqlanishning asosiy sababi ekanligini aytib o‘tgan. Shuningdek tilning og‘iz boshlig‘ida joylashgan o‘rni, uning uzun yoki kalta ekanligini, ya'ni til yuganchasiga zich joylashganligi oqibatida kelib chiqishini Erve- de Sheguan aytib o‘tgan. Bunday holatda tilning holatini tekshirish va ularga kerakli mashqlardan foydalanishi zarur ekanligi bizga ma'lum. Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni harakat organlariga bog‘liq holatda o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi deya bildirishgan. Tashqi artikulyatsion organlarning to‘liq shakllanmaganligi duduqlanishga olib keladigan sabablardan biri hisoblanadi. Masalan, Vutser bildirgan fikrga ko‘ra, pastki va yuqori jag‘larning juda ham chuqur joylashganligi yoki aksincha juda ham tashqi joylashganligi deb belgilagan. Duduqlanishni XX asrlarda 3 ta nazariyaga bo‘lib o‘rganildi. 1. Duduqlanish bu nutq markazlarini mivofiqlashtiruvchi apparatning qo‘zg‘aluvchanligini zaiflashivu natijasida sodir bo‘ladigan nevroz. 2. Duduqlanish bu ruhiy xarakterini assotsiativ bog‘liqligini buzilishi hisoblanadi. 3. Duduqlanish bu atrof muhit ziddiyati tufayli kelib chiqadigan nerv tizimining buzilishi. Duduqlanish alomatlari va sabablari. Duduqlanish asosan maktab va maktabgacha bo‘lgan davrda kuzatiladi. Bola grammatik so‘zlarni to‘gri qo‘llay olganda uning so‘zlashida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Duduqlanishning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bolalarda hali to‘liq rivojlanib bo‘lmagan nerv sistemasini turli mexanik shikastlanishi hisoblanadi. Turli ijtimoiy vaziyatlar, ya'ni jamoaviy sharoitda qo‘rqitish, vahima natijasida ularda hali shakllanib ulgimagan nutqi sustlashib qolishi natijasida yuzaga keladi. Oila vaziyatida janjallar bolaning nutq irodasini sinishiga yana bir asosiy sabablardan hisoblanadi. 468 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Duduqlanuvchi bolalar so‘zlaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular og‘ir va yengil holatda bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchi bolalar 1- sonida og‘zini ochiq qolishi, ya'ni mushaklarni qattiq tortishishi duduqlanishni yengil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Bu holat nafaqat nutqda, balki tashqi ko‘rinishda ham ko‘zga ko‘rinadi. Og‘ir holatdagi duduqlanuvchida yuz ko‘rinishini g‘ayriodatiy o‘zgarishlar, masalan yuzning judayam qizarib ketishi, yuz va ko‘zning aylana muskullarining tortishishi, tez va ko‘p terlash asosiy sabablardan hisoblanadi. Bunday bolalarda vegetativ asab sistemasini buzilganligi uchun yurak urishida, nafas olishda ham buzilishlar kuzatiladi. Bunday bolalar o‘zlariga bo‘lgan ishonchi kuchsiz, tuzalishiga bo‘lgan ishonchi sust bo‘ladi. Jamiyatda muloqotdan o‘zlarini uzoqlashish, yolg‘iz qolishni xohlashadi. Hozirgi kunda duduqlanishning kelib chiqishi keltirib chiqaruvchi sabablar va moyillik sabablari ko‘ra ajratiladi. Moyillik sabablariga:  Duduqlanuvchining Ota-onasining nevropatik kasallanishi, markaziy nerv sistemasini bo‘shashtiruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv va yuqumli kasalliklar orqali bo‘ladi.  Duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik kasallanishi.  Bunday holatga bolaning ichki qo‘rquv, eneurez, qo‘zg‘aluvchanlikning juda ham kuchliligi yoki sustligi kiradi.  Konstitutsional moyillik. Markaziy va vegetativ nerv sistemasining zaifligi oqibatida yuzaga keladi.  Nasliy buzilish. Tug‘ma holatdagi nutq apparating kamchiligi, irsiy kasalliklar kiradi.  Bolaning rivojlanish davrlarida turli murakkab o‘zgarishlari. Xomila davrida bosh miya shakllanishida asfiksiya, ya'ni kislorod yetishmasligi natijasida yuzaga keladi. Keltirib chiqaruvchi jismoniy sabablarga ko‘ra:  Bolaning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish tarixi va kelib chiqish sabablari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish tarixi va kelib chiqish sabablari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nerv tizimi, and improving speech activity, психика, нервная система, psixika, nutq apparati, речевой аппарат
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники