К содержанию
РецензированоRU2025

КОРРЕКЦИОННО-ДИДАКТИЧЕСКИй ПОДХОД К ДЕТЯМ С ДИЗАРТИКОЙ МЕТОДЫ

Kamoliddinova Madina Davronbek qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti) · Mamatisayeva Surayyo Axmadjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dizartrik bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. Dizartriyaning asosiy turlari kelib chiqish sabablari va uning pedagogik korreksiya jarayoniga ta'siri yoritiladi. Shuningdek, logopedik mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar, vizual yondashuvlar, nutq terapiya asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarning dizartrik bolalar nutqini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: dizartriya, korreksiya, didaktik o‘yinlar, nutq buzilishi, pedagogik yondashuv, logopedik mashg‘ulotlar, talaffuz buzilishi, nutqiy muloqot, nutq terapiyasi, ijtimoiylashuv Dizartriya nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishi dizartriya deb yuritiladi. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis-bo‘lak, arthon-biriktirish degan ma'noni bildiradi. Dizartriya - bu markaziy harakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a'zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulatsiyasi qiyinlashadi. Shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur'ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi. Dizartriya bolalarning nutq faoliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Dizartriyada markaziy va periferik asab tizimi shikastlanadi va natijada nutq buzilishi yuzaga keladi. Dizartrik bolalar bilan mashg‘ulot tizimli va individual yondashuv asosida olib borilishi lozim. Mashg‘ulot davomida oilaviy muhit muhim rol o‘ynaydi. Bunda ota-onalar logopedning tavsiyalariga amal qilishi kerak. Dizartrik bolalarda talaffuz buzilish, nafas olish va artikulatsiya muammolari kuzatiladi. Bolaning talaffuz buzilishida: - tovushlarni aniq talaffuz qila olmaydi - ba'zi harflarni aytmaydi yoki notog‘ri talaffuz qiladi - nutqi sust, tushunarsiz bo‘ladi Dizartrik bolalar yuzaki nafas oladilar. Bu uzun va murakkab gaplarni talaffuz qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Bunday bolalarda til, lab, yumshoq tanglay harakatlari sust yoki cheklangan bo‘ladi. Bu tovushlarni to‘g‘ri shakllantirishga halaqit beradi. Dizartik bolalarda nutq buzilishlarini tuzatish va rivojlantirish uchun korreksion didaktik yondashuvlar, korreksion-pedagogik hamda logopedik mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega korreksion yondashuvlar bolalarning nutq qobilyatlarini yaxshilash, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy moslashuvini ta'minlashga yordam beradi. Korreksion didaktik yondashuvning maqsadi: - dizartrik bolalarning nutq buzilishlarini tuzatish - talaffuz va artikulatsiyasini yaxshilash - motor va sensor qobilyatlarini rivojlantirish - so‘z boyligini oshirish va grammatik to‘g‘ri gapirishni shakllantirish - nutqiy muloqotga o‘rgatish - o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish - psixologik va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash iborat. Dizartriya bilan og‘rigan bolalar uchun psixik yordam muhim rol o‘ynaydi. Bu bolalarning psixologik holatini yaxshilashga, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishda va ijtimoiy muloqotda qulaylik yaratishda yordam beradi. Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik 480 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ish dizartriyaning barcha shakllarida nutq buzilishi,umumiy va nutqiy motorika buzilishlarining mexanizmlarini bilish va bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Logopedik ishlarning eng asosiylaridan biri - dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatishdir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati a'zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatini artikulatsiyon apparati harakatchanligiga qaratishi kerak bo‘ladi. Logopedik mashg‘ulotlar individual ravishda har kuni olib boriladi va mashg‘ulotning vaqti 20 daqiqadan oshmasligi kerak.Har bir mashg‘ulot onalar ishtirokida o‘kazilishi kerak. Chunki ona ish usullarini ko‘rishi,o‘rganishi va mustahkamlash maqsadida o‘zi o‘tkazishi lozim. Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilar: -tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish -nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushlarni nutqqa qo‘yish va mustahkamlash -fonematik idrokni rivojlantirish -nutqning ritm,ohangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish -paydo bo‘lgan umumiy nutqning rivojlanmaganligini to‘g‘irlash Nutqqacha bo‘lgan davrda olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi bola nutqini va shaxsini o‘z vaqtida shakllantirishni ta'minlovchi rivojlantirishdan iborat. Korreksion-pedagogik mashg‘ulot har kuni individual ravishda va maxsus jihozlangan xonada olib borilishi lozim. Korreksion-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari: - artikulyatsion apparat muskullar tonusi va harakatini normal darajasiga keltirish - nafas chiqarish hajmini va kuchini kengaytirish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dizartrik bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dizartrik bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni korreksiya qilishda qo‘llaniladigan didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dizartriya, correction, didactic games, dysarthria, korreksiya, didaktik o‘yinlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники