Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ХАРАКТЕРИСТИКИ ДЕТЕЙ С АУТИЗМОМ
Normuhammedova Mehribon Solijon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · o‘qituvchisi Mamatisayeva Surayyo (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Autizmning asosiy belgisi reallikni qabul qilishning buzilishi. Autizmdan qiynalayotgan bola hech kim bilan muloqotga kirishishni hoxlamaydi. Hatto, kishilarda bola og‘riqni ham sezmaydigandek tasavvur paydo bo‘ladi. Nutqi sekin rivojlanadi. Bola har qanday yangilikdan qo‘rqadi, takroriy harakatlarni bajaradi. Agar ota-ona bolada autizm alomatini payqasa, zudlik bilan bolalar mutaxassisga murojaat etishlari zarur. Ayni vaqtda bolalarni rivojlantiruvchi ko‘plab markazlar tashkil etilgan bo‘lib, u yerda tashxis qo‘yishga hamda samarali davolanishga yordam berishadi. Kalit so‘zlar: Erta bolalar autizmi, o‘smirlar autizmi, kattalar autizmi, predmetoterapiya, sensor integratsiya, peks terapiya. Kirish: Atrofimizda xatti-harakatlari real voqeylik bilan bog‘liq bo‘lmagan, yonidagilar bilan muloqot qilishni xohlamaydigan, yolg‘izlikni yoqtiradigan, fikrlashi boshqalarga o‘xshamaydigan insonlarga nisbatan “sal g‘alatiroq” degan iborani ishlatamiz. Bunday holatni tibbiyotda “autizm” deb atashadi. Autizm (grekcha “autos”- “o‘zim” degan so‘z) - bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. kasallikka doir “autizm” terminini fanga 1912 yilda E.Bleyler kiritgan. Uning fikricha, xasta odam o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqielik bilan bog‘liq emas. Bu sindromli shaxslar harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Kasallikning ilk belgilari uch yoshgacha kuzatiladi. Ba'zan klinik belgilar barvaqt aniqlanishi ham mumkin. Autizm miyaning rivojlanishi yoki ishlashidagi buzilish natijasida yuzaga keladi. Odatda autizmning dastlabki belgilari 2 yoshli bolalarda namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda, bu kasallik tug‘ma hisoblanadi. Tibbiy tasnif autizmni asab tizimining kasalliklari deb tasniflaydi, ammo autizm kasallik emas, balki rivojlanishdagi alohida holat degan fikr mavjud. Kasallik o‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda 4 baravar ko‘proq aniqlanadi. Asosiy qism: Bolalarda autizm sirli kasallik hisoblanib, har bir autizm sindromli shaxslar o‘z alomatlariga ega bo‘ladi. Biroq har bir autizm bemoriga umumiy belgilar xosdir va ular ushbu xastalikning borligiga asos bo‘la oladi. Bolalar autizmi alomatlari yoshga bog‘liqdir. Shuning uchun 4 ta asosiy alomatlar guruhi ajratib ko‘rsatiladi: erta bolalik autizmi (2 yoshgacha bolalarda), bolalar autizmi (2-11 yoshgacha bolalarda), o‘smirlar autizmi (11 -18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlarda) va kattalar autizmi (18 yoshdan keyin). Erta bolalar autizmi etiologiyasi haligacha aniq emas. Autizm asosan o‘gil bolalarda kuzatiladi va ijtimoiy adaptasiya buzilishi, muloqot rivojlanishi va psixika buzilishi bilan ifodalanadi. Jumladan: Tez ta’sirlanishadi (masalan, chiroq yoki arzimagan shovqin ham ularni chuchitib yuboradi); Go‘dakda nutq rivojlanishi sust kechadi; Bola ota-onasining ham ko‘ziga karamaydi, nigohi boshqa tomonda bo‘ladi Go‘dak onasiga og‘lanib qolmaydi (u ketganda yig‘lamaydi va kelganda kulmaydi); 483 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Bola boshqa bolalar bilan tajovuzkorona munosabatda bo‘ladi, ular bilan Oynashni va gaplashishni xoxlamaydi; Go‘dak yangi o‘yinchoqlarga qiziqish bildirmaydi, faqat bittasi bilan o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Erta bolalik autizmni 4 guruhga bo‘lib tasniflash mumkin: Birinchi guruh. Sodir bo‘layotgan hodisalarga umuman e’tibor bermasligi bilan ajralib turadi. Muloqot qilganda go‘dak noqulaylikni his etadi, hatto, ota-onasi ham farzandini o‘ziga qaratishga yoki kulishga ko‘ndirolmaydi. Nigohlarning to‘qnashishi va jismoniy teginishlardan olamdan ajralib qolganligi bilan ifodalanadi. Bola tashqi dunyo bilan munosabatlarda o‘ta talabchan bo‘ladi, faqat ota-onasi va yaqin kishilari bilan muloqotda bo‘ladi. Bitta kiyim, muayyan sharoit va taomga bog‘lanib qoladi. Odatdagi holatdan har qanday chetga chiqish asabiy portlashga olib keladi. Bu guruhdagi bolalar qo‘rquvhissini qattiqroq tuyishadi, undan o‘ta ta’sirlanishadi. Uchinchi guruh. Autistik qiziqishlariga o‘ralib olganligi bilan ajralib turadi. Bola o‘z qiziqishlarini atrofdagi olamdan yashirishga urinadi. Bu qiziqishlar bilim olishga bog‘liq bo‘lmaydi, ular qayg‘uli, daxshatli, tajovuzkorona xususiyatga ega bo‘ladi. To‘rtinchi guruh. Atrof-muhit bilan munosabatga kirishishi haddan tashqari qiyinligi bilan ifodalanadi, mazkur guruhga mansub bolalar ko‘ngli nozikligi va gap Ko‘tarolmasligi bilan ajralib turishadi. Qandaydir to‘siqqa duch kelsa yoki yoqmaydigan gapni eshitib qolsa, munosabatlardan qochishadi. Erta bolalar autizmi sindromi bu nafaqat bola yoshidagilar balki kattalarining ham muammosi, negaki autizm bir necha yillardan so‘ng p ham yo‘qolib ketmaydi. Autizmning turlari Autizm belgilarini namoyon bo‘lish da
Доказательный фрагмент
«Autizmning asosiy belgisi reallikni qabul qilishning buzilishi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAutizmning asosiy belgisi reallikni qabul qilishning buzilishi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Erta bolalar autizmi, o‘smirlar autizmi, подростковый аутизм, Ранний детский аутизм
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014