К содержанию
РецензированоRU2025

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА ФУНКЦИИ

Zubaydabonu Sakhobiddinova (Андижанский государственный педагогический институт) · Surayyo Mamatisayeva (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (diqqat, xotira, xayol, tafakkur, tasavvur) o‘z aksini topgan. Kalit so’zlar va iboralar: Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar, xarakter, surdopedagogika, diqqat. tafakkur. xayol. Kirish. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar-bu o’zlariga xos ehtiyojlarga ega, maxsus yordam va qo’llab-quvatlashga muhtoj bo’lgan guruhni tashkil etadi. Ularning rivojlanishida eshitish qobiliyatining cheklanganligi turli ijtimoiy, emosional va kognitiv jihatlarda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganish, eshitish idrokini takomillashtirish, kasb yo’nalishlari bo’yicha mehnat qilishlariga erishish, o’qitishning texnik vositalarini takomillashtirish, bog’cha va maktab ta’limining uzluksizligini ta’minlash, Respublika bo’yicha sog’liqni saqlash hamda xalq ta’limi tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis diagnozi muammolarini hal etishdan iboratdir. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning tekshiruv usullari N.A.Rau tomonidan ishlab chiqilgan.Rau bolalarni eshituv holatiga ko’ra ikkita toifaga bo’ladi:kar saqov va zaif eshituvchi bolalar. Rau kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ular nutqini saqlab qolish niyatida labdan o’qishga o’rgatish va savodini chiqarish uchun ma’lum korreksiyalar kerakligini ta’kidlaydi. Eshitish qobiliyati pasayishining ikki turi farqlanadi, ya’ni kar-soqovlik va zaif eshituvchilik. Zaif eshituvchi bolalarda nutqni idrok qilish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ammo, eshitishdan foydalanib cheklangan miqdorda bo’lsa ham so’z zahirasini to’plash mumkin. Eshitish holatining pasayishi karlik darajasida bo’lsa, nutqni tabiiy o’rganishning imkoniyati bo’lmaydi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko’rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Kar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik yangi holatlar kuzatilishini asoslashini e’tirof etadi. L. Vigotskiyning fikr-mulohazalari maxsus pedagogikaning rivojiga katta hissa qo‘shdi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab o‘qitish muammolariga o'zgacha qarash imkonini beradi. Uning nazariy ta’limoti eshitishida nuqsoni bolgan bolalarni kompensator imkoniyatlarini tadqiq etuvchi eksperimental psixologik tadqiqotlarga stimus sharoitida ta’sir etgan. L.S. Vigotskiy safdoshlari L.K. Zankov va Sh.M. Solovyov rivojlanishida nuqsoni mavjud xususan eshitishida nuqsoni bor bolalar idrokining xotirasi va nutqi rivojlanish xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologik tadqiqotlar o'tkazdilar. Xususan, K.I. Veresotskaya eshitishida nuqsoni bolgan bolalarni predmetlarni idrok etish, L.V. Zankov va D.R.Mayns ko‘rgazmali materialni eslab qolish malakasini, M .M.Nudelman kar o'quvchilar tasavvurlarini, Z.S.Beyn ko‘ruv idrokining konstantligini, N .I.Shif eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ranglarni idrok etish xususiyatlari, M.Y.Votsev kar o‘quvchiIarning yozma nutqi va o'qish malakalarini tadqiq etganlar. Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi nutqining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o’rgatib borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomulada esa chegaralangan miqdordagi imo- ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar,turli buyumlarning funksional vazifalarini o’zlashtiradilar va ulardan to’g’ri foydalanadilar, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta’lim berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o’zgalar nutqini idrok eta 487 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so’zlashuv nutqining ta’sirisiz kechadi. Shunday qilib eshitish qobiliyatining pasayishi va nuqiy rivojlanishining buzilishi oqibatida bolaning rivojlanishi to’xtamasada, ancha cheklanib qoladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uzoq muddat davomida ko’rgazmali-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.V.Rozonova tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq maktabgacha ta’limining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko’rgazmali-obrazli tafakkurni shakllantirish so’zlash nutqining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, ko’rgazmali-obrazli tafakkurni so’zlash-mantiq tafakkuri bosqichiga o’tish sog’lom bolalarga nisbatan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash operatsiyalarini rivojlanishida namoyon bo’ladi. Eshitishning buzilishi eshitish nuqsoni bo’lgan bolalarda tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ammo intellekti saqlanib qoladi. Demak, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning potensial imkoni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (diqqat, xotira, xayol, tafakkur, tasavvur) o‘z aksini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (diqqat, xotira, xayol, tafakkur, tasavvur) o‘z aksini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xarakter, Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar, Children with hearing impairments, character
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники