К содержанию
РецензированоRU2025

КОРРЕКЦИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ И ВАЖНОСТЬ КОМПЕНСАЦИИ

KOMPENSATSIYANING AHAMIYATI

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarning psixik rivojlanishida korrektsiya (tuzatish) va kompensatsiya (o’rnini qoplash)muhim o’rin tutishi haqida so’z boradi. Har bir bola o’ziga xos rivojlanish jarayoniga ega va ba’zan bu jarayon turli sabablar tufayli buzilishi yoki sekinlashishi mumkin. Ushbu paytda korrektsiya va kompetensiyaning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida ushbu maqolada so’z boradi. Kalit so’zlar:korrektsiya,kompesatsiya,psixoterapiya, pedagogik faoliyat, muvozanatlash, integratsialash 2020-yil 22-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida”gi VMQ802-sonli Qarori qabul qilindi.Ushbu qarorga binoan bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari belgilab berildi.Mana shu jarayonda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga e’tiborini qaratish davr talabi sifatida dolzarbligini hech qachon yoqotmaydi. Chunki barkamol avlod tarbiyasi har qanday davlatning eng asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu sababdan davlatimizda bir qator bolalar uchun korrektsion va kompentsatsion ishlar olib borilmoqda. Korrektsiya va Kompetsatsiya o’zi nima? Korrektsiya so’zi lotincha “correctio”( tuzatish) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, biror narsa yoki jarayondagi kamchiliklarni aniqlash va uarni to’g’rilash degan ma’noni anglatadi.Korrektsiya har qanday sohada mavjud kamchiliklarni yaxshilash yoki ularni bartaraf etish uchun qo’llaniladi.Masalan: Nutq korrektsiyasi-nutqiy kamchiliklarni tuzatish  Ko’rish yoki eshitish qobiliyatidagi muammolarni maxsus usullar yordamida tuzatish  Xulq-atvor korrektsiyasi – ijtimoiy xatti harakatlarni moslashtirish Kompensatsiya so’zi lotincha “compensation”(o’rnini qoplash ) so’zidan kelib chiqqan bo’lib,yo’qotilgan yoki cheklangan qobiliyat, imkoniyatlarning boshqa vositalar yordamida qoplanishini aytiladi.Bu tushuncha defektalogiyada bolaning rivojlanishida yuzaga kelgan psixiologik cheklovlarini (masalan,eshitish, ko’rish yoki aqliy rivojlanishdagi kamchiliklarni ) boshqa qobiliyatlar, jarayonlar yoki tashqi yordam orqali qoplanishini aytiladi.  Eshitish qobiliyati cheklangan bolalarda kompensatsiya ko’rish va teginish hissiyotlarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. (M:imo-ishora tili yoki maxsus audio visual vositalardan foydalanaish)  Ko’rish qoboliyati past bo’lgan bolalar esa eshitish va teginish orqali atrof-muhitini tushunishni o’rganadilar.  Aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalarda kuchliroq rivojlangan xotira, ijodiy qobiliyat bilan yoki ijtimoiy moslashuv qobiliyatlari rivijlantiriladi. Ushbu jarayon turli metodlar orqali amalga oshiriladi m: o’yin terapiyasi, maxsus pedagogik mashg’ulotlar. Kompensatsiya jarayononi maqsadi bola jismoniy yoki psixologik imkomniyartlari cheklangan bo’lsada ,jamiyatda muvoffaqiyatli moslashuvini va mustaqil hayot kechirishini ta’minlash. Uning kuchliroq rivojlangan qobiliyatlari yordamida hayot sifatini yaxshilash. 490 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Kompensatsiya defektalogiyada bolaning nuqsonlarini imkon qadar qoplab uni jamiyatga integratsiyalashuvini va hayotiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Korrektsiya va kompensatsiya jarayonlari asosan birga qo’llaniladi,masalan:nutq buzilishlari bo’lgan bolalarda logopedic mashg’ulotlar bilan birga qo’shimcha metodlar ham qo’llaniladi. Korrektsiya va kompetensiyaning bolalarning ijtimoiy moslashuvi hamda shaxsiy o’sishiga qanday ta’sir qilishi muhim ahamiyatga ega. Har ikki usulning birlashishi, bolalarning jamiyatdagi moslashuvini, jumladan, psixologik holatini yaxshilashda samarali bo’ladi. Bolalarning jamiyatda muvaffaqiyatli moslashish uchun ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish kerak. Psixologik va pedagogik yondashuvlar bu jarayonni osonlashtiradi,bolalar ongli ravishda o’zlarini jamiyatdagi o’rnini qnday anglashni o’rganadilar. Albatta bu jarayonda ota-ona va mutaxassislarning o’rni yuqori bo’lishi talab etiladi. Negaki, ota-onalar bolaning uyda qanday rivojlanayotganini tushunib, ularning ehtiyojlarini aniqlashlari lozim. Mutaxasislar esa bolalarning psixologik va ijtimoiy rivojlanioshiga yordam berish uchun zarur metodlarni qo’llaydilar buni ya’ni bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishda birinchi navbatda oilaning , ota-onaning hamda uni o’rab turgan muhitning o’rni va ahamiyati katta ekanligini muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevningyil 29-dekabrda O’zbekiston respublikasi Oliy majlisiga va xalqiga qilgan murojaatnomasida yangi O’zbekistonda uchunchi Renessansni barpo etishda beshta xalqa ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini va oilani, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarning hamkorlikdagi muhim ma’suliyatli vazifalariga to’xtalib o’tganligidan ham bevosita bilishimiz mumkin. Shu bilan birga I.V.Grosheva,L.G.Evstafeva D.T.Maxmudova,SH.B.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarning psixik rivojlanishida korrektsiya (tuzatish) va kompensatsiya (o’rnini qoplash)muhim o’rin tutishi haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarning psixik rivojlanishida korrektsiya (tuzatish) va kompensatsiya (o’rnini qoplash)muhim o’rin tutishi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
психотерапия, компесация, kompesatsiya, psixoterapiya, коррекция, psychotherapy, correction, korrektsiya, compensation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники