Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РЕЧЕВАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ АНАТОМО-ФИЗИОЛОГИЧЕСКАЯ И ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ АСПЕКТЫ
Odinaxon Azimova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada nutq faoliyatining anatomik fiziologik va psixolingvistik aspektlari tahlil qilinadi. Nutq jarayoni murakkab biologik va kognitiv mehanizmlarga asoslangan bo'lib, uning anatomik fiziologik tomoni miyyaning maxsus zonalari ( Broke va Vernike markazlari), nutq apparati, nafas va eshitish tizimi bilan bog'liq. Psixilingvistik jihatdan esa nutq ishlab chiqarish va qabul qilish jarayonlari, til birliklarining tanlanishi, nutqni rejalashtirish va uning individual xususiyatlari muhokama qilinadi. Ushbu aspektlarning uyg'unligi natijasida inson nutqi shakllanadi va amalga oshadi. Kalit so'zlar: Nutq faoliyati, anatomik fiziologik aspekt, psixolingvistika, broka markazi, vernike markazi, ovoz paychalari, nafas olish tizimi, eshitish tizimi, kognitiv jarayonlar. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orqali amalga oshiriladki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi.Nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir.Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar.Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi.Til-bu fonetik , leksik va grammatik vositalar tizimidir.Gapiruvchi o’z fikrini bayon etish uchun zarur so’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a'zolari artikulayatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nitq a’zolarining harakatlari aniq va to’g’ri bo’lishi kerak.Shu bilan birga bu harakatlarini maxsus va ixtiyoriy kuch ishlatmasdan ro’yobga chiqarish mumkin bo’lgan avtomatik bo’lish lozim.Aslida ham huddi shunday bo’ladi.Odatda , gapiruvchi faqat o’z fikrini nazorat qiladi.nafas olganda uning tili og’zida qanday holatda bo’lishi va hokozolar haqida o’ylab ham o’tirmaydi.Bu nutqni talaffuz etish mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq apparatining tuzilishi.Nutq apparati o’zaro bog’langan ikki qismdan: markaziy(yoki boshqaruvchi) nutq apparati va periferik(yoki bajaruvchi)qismdan tashkil topgan. Marka ziy nutq apparati bosh miyyada joylashgan.U bosh miyya qobig’idan , qobiq osti tugunlaridan , o’tkazuvchi yo’llar , o’zakdan , yadrolar va ovoz , nafas, artikulyatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi. Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko’rinishlari singari , reflekslar asosida shakllanadi.Nutq reflekslari miyyaning turli qismlari faoliyati bilan bog’liqdir.Biroq bosh miya qobig’ining ayrim bo’limlari nutqning nutqning hosil bo’lishida asosiy rol o’ynaydi.Bular chap (chapaqaylarda ong’)yarim sharning peshana , chakka va ensa qisimlaridir.Bosh miyya qobig’ining bu qismlarida nutq faoliyatida goal ishtirok etuvchi: Nutq harakat analizatori. Nutq ko’tuv analizatori. Nutq eshituv analizatori joylashgan. Nutq harakat analizatori bosh miyya qobig’ining chap peshana qismida joylashgan , bo’lib Broka markazi deb ataladi.Bu qism og’zaki nutqning paydo bo’lishida qatnashadi. Nutq eshituv analizatori bosh miyya qobig’ining chap chakka qismida joylashgan bo’lib , Vernike markazi deb ataladi.Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro’y beradi.Nutqni 494 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tushunishda bosh miya qobig’ining orqa bo’lagi katta ro’l o’ynaydi.Bu bosh miyyaning ko’ruv markazi hisoblanib , yozma nutqni o’zlashtirish uchun xizmat qiladi. Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi. Periferik nutq apparati uch bo’limdan iborat: 1) nafas bo’limi; 2) ovoz bo’limim; 3) artikulatsion bo’lim. Nafas bo’limiga ko’krak qafasi , bronxlar va traxeya kiradi. Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog’liqdir.Nutq nafas chiqarish fazasida hosil bo’ladi.Nafas chiqarish jarayonida havo havo oqimi bir vaqtning o’zida tovush hosil qiluvchi va artikulyatsion funksiyani bajaradi ( shu bilan birga , asosisy funksiyasi havo almashinuvi ham bajaradi).Nafas olish nutq jarayonida , odam jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farq qiladi.Nafas chiqarish nafas olishdan biroz uzoqroq bo’ladi.Bundan tashqari nutq talaffuz qilinayotgan vaqtda nafas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) vaqtdagidan ikki marotaba kamdir. Artikulyatsion bo’limning asosiy a’zolari:til,lablar,jag’(yuqori va pastki) , qattiq tanglay,alveolalardir.Ulardan Ulardan til , lab,pastki jag’ faol , qolganlari passiv organlar hisoblanadi. Artikulatsion bo’limning asosisy a’zosi tildir.Til-salmoqli muskul a’zosidir Yig’ilgan jag’da (jag’lar bir-biriga tegib turganda).u deyarli butun og’iz bo’shlig’ini to’ldiradi.Tilning oldingi qismi harakatchan qismining uchi , old yon va orqa tomonlari farq qiladi.Tilning murakkab muskullar tizimi , ularning katta kenglikda shaklini o’zgartirish imkonini imkoniyatini yaratadi.Bu juda katta ahamiyatga ega , chunki u hamma unli deyarli hamma undosh tovushlarni (lab tovushlaridan tashqari) hosil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutq faoliyatining anatomik fiziologik va psixolingvistik aspektlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutq faoliyatining anatomik fiziologik va psixolingvistik aspektlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nutq faoliyati, anatomik fiziologik aspekt, psixolingvistika, broka markazi, anatomical and physiological aspects, анатомо-физиологические аспекты, Речевая деятельность, Speech activity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024