К содержанию
РецензированоRU2025

УСТРАНЕНИЕ ЗВУКОПРОИЗНОШЕНИЯ И РАЗВИТИЕ ФОНЕТИЧЕСКОГО ВОСПРИЯТИЯ.

Sayyoraxon Ibragimova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu ishda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlar xususiyatlari tadqiq etilgan bo‘lib ,aqli zaiflik bolalarning ijtimoiy faoliyati , boshqalar bilan muloqot qilishi va umumiy ijtimoiy munosabatlar munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga, ta’lim muassasalarida va har xil ijtimoiy muhitlarda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlarini o‘rganish , ularning muammolarini aniqlash va yechimlar topish , ijtimoiy adaptatsiyadagi qiyinchiliklarni minimallashtirish maqsadidagi ishlarining muhimligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: aqli zaif bolalar,shaxslararo munosabatlar,ijtimoiy faoliyat,ijtimoiy adaptatsiya. Tabiiyki, har bir odam ma’lum sahxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Oiladami,bog’cha yoki maktabdami , oliy o‘quv yurtidami , ish joyidami u qandaydir odamlar guruhi , qandaydir jamoa bilan o‘ziga xos munosabatga kirishadi.Guruh va jamoalar har doim o‘zgarib turadi.Konkret shaxs esa , bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashib , guruh va jamoadagi odamlar bilan murakkab o‘zaro munosabatlarga kirishishi kerak. Har bir shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lganligi sababli atrofdagi boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishmay turib mutlaqo yashay olmaydi.Inson shaxsining guruh va jamoadagi munosabatlarini ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiya ta’limotiga ko‘ra , ikki guruh farqlanadi.Ulardan birinchisi shartli guruh , ikkinchisi esa haqiqiy , real guruhdir.Bolalarni yosh belgilariga qarab bog’cha yoshidagi bolalar , o‘rta maktab yoshidagi bolalar , o‘smirlar , katta maktab yoshidagi bolalar deb shartli guruhlarga bo‘lish mumkin. Har bir shaxs o‘z referent guruhiga ega bo‘ladi.Referent guruhdagi odamlar shaxsga har tomonlama yoqadi,shu sababli shaxs ularni hurmat qiladi va gaplarga quloq soladi. Aqliy nuqsonli bolalar ham normal bolalar singari mehnat va o‘qish faoliyatlarida munosabatga kirishadilar.Sinfda o‘quvchilar faoliyat birligi . qarashlar o‘xshahsligi , qiziqishlarining bir-birlariga mos kelishlari bilan muomalaga kirishadilar.Shu sababli turli norasmiy guruhlar yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarning muomala guruhlarining shaklini va faoliyat ko‘rsatishi o‘zining qator xususiyatlariga ega.Guruhlarning sekin yuzaga kelishi,ularning turg’un bo‘lmasligi ,differentirlashmaganligi ajralib turadi.Aqli zaif bolalarning maktabga kelishlari bilan rasmiy guruhlarga birlashadilar.Bu bolalar bir qancha muddat bir-birlari bilan sezilarli darajada aloqaga kira olmaydilar.Ayniqsa,bu holatlar tormozlanuvchan,kaoalliqlari davom etuvchi,shaxsi qo‘pol buzilgan,og’ir tabiatli bolalarda ko‘zga tashlanadi.Bu narsa bu ularning aloqaga intilishlarining yo‘qligida,tashabbuslarning etishmoligida, bolalar bilan birgalikdagi o‘yin va o‘quv faoliyatlariga qiziqishlarning yo‘qligida namoyon bo‘ladi.Agarda normal o‘quvchilarda norasmiy guruhlar faqatgina boshlang’ich sinflarda bo‘lsa , aqli zaif bolalrda esa bunday turg’unsizlik yordamchi maktabni bitirgunlaricha saqlanib turadi.Shu bilan aqli zaif bolalar guruhiga ko‘p hollarda o‘tkinchilik va turg’unsizlik xos ekan .Aqli zaif bolalar guruhlari va jamoalarida ommaviy maktablardagidek , ish yuzasidan va shaxsiy aloqalarini shaxslararo munosabatlar quyidagi xususiyatlar borligi aniqlangan.Sinflarda har doim ham norasmiy lidirlarni aniqlash imkoni bo‘lmaydi.Aqli zaif bolalarning aqliy nuqsonlari ko‘p hollarda bunga imkon bermaydi.Masalan , kasalligi davom etuvchi tutqanoq kasali bor bolani rasmiy yetakchi qilish mumkin emas.Chunki , ulardagi qasd olish , qahrlillik xislati yaxshi natijalarga olib kelmaydi.Ikkinchidan , aqli zaif bolalarda o‘zlaridagi nuqsonlari oqibatida murakkab , shaxsiy , individual ko‘rinishlar 545 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil mavjud.Bularga bolalar bilan muomalaga kirisha olmaslik , muloqotga bo‘lgan talablarning pastligi , hissiyot – iroda sohalarining qo‘pol tarzda buzilganligi kabi salbiy sifatlar kiradi.Bularning barchasi bolalar orasidagi muomalani qiyinlashtiradi.Aqli zaif bolalarning aloqa guruhlarida ba’zan yetakchi bolalar ko‘zga tashlanib qoladilar.Shu bilan , ba’zan yetakchilar orasida salbiy shaxsiy sifatlar tashib yuruvchi va o‘z sinfdoshlariga yomon ta’sir etuvchi bolalar ham uchrab turadi.Aqli zaif bolalar orasidagi yetakchilari ichida ham ijobiy shaxsiy sifatlarga ega bo‘lganlari ham uchrab turadi.O‘zlarining yaxshi o‘qishlari , yaxshi xulqlari boshqa bolalarga namuna bo‘ladilar.Aqli zaif bolalar orasida shunday bolalar ham borki , ularning umuman o‘rtoqlari yo‘q , sinfdoshlari bilalan hech qanday aloqasi bo‘lmagan hollar ham uchraydi.Aqli zaif bolalar orasida juda ko‘p mayda guruhlar mavjud.Ommaviy maktablarga nisbatan yordamchi maktablarda yakkalanib qolgan o‘quvchilar taxminan 3-4 marta ko‘p uchrar ekan.Bu holat , albatta nuqson mazmuni bilan bog’liq.Aslida , jizzaki , tez ta’sirlanuvchan , xafa bo‘luvchan , xulqi turg’un bo‘lmagan aqli zaif bolalar yakkalanib qoladilar.Yordamchi makta

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlar xususiyatlari tadqiq etilgan bo‘lib ,aqli zaiflik bolalarning ijtimoiy faoliyati , boshqalar bilan muloqot qilishi va umumiy ijtimoiy munosabatlar munosabatla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlar xususiyatlari tadqiq etilgan bo‘lib ,aqli zaiflik bolalarning ijtimoiy faoliyati , boshqalar bilan muloqot qilishi va umumiy ijtimoiy munosabatlar munosabatla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
фонетическое и фонематическое восприятие, fonetik va fonematik idrok, talaffuz, произношение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники