К содержанию
РецензированоRU2025

СОЦИАЛИЗАЦИЯ ДЕТЕЙ С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ

Nizomova Zulxumor Ne’matovna (Andijon Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada nutq nuqsonlariga ega bolalarning ijtimoiylashuvi va bu jarayonga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Nutq nuqsonlari bolalarning rivojlanishida turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, ularning ayrimlari tug'ruq va homiladorlik davridagi sog'liq muammolari bilan bog'liq. Nutq nuqsonlari bolaning ijtimoiylashuvi, muloqot va o'zini ifoda etish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Nutq terapiyasi, logopedik mashg'ulotlar, o'yin orqali o'qitish va pedagogik qo'llab-quvvatlash bolalarning nutq va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim vositalardir. Maqola, shuningdek, nutq muammolari bo'lgan bolalar uchun maxsus pedagogik yondoshuvlar va ijtimoiylashuv jarayonini yaxshilash uchun zarur bo'lgan ijtimoiy muhitni yaratish haqida ham to'xtalib o'tadi. Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda pedagogik yondashuvlar va davolash usullarining ahamiyati ko'rsatilgan. Kalit so'zlar:Nutq nuqsoni, ijtimoiylashuv, nutq terapiyasi, logopedik mashg'ulotlar, pedagogik yondoshuvlar, bolalar rivojlanishi, ijtimoiy ko'nikmalar, o'yin orqali o'qitish, nutq rivojlanishi, sog'liq muammolari, dislaliya, afaziya. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, yurtimizda bolajonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratildi. Bu jarayonda til o'qitishning o'rni nihoyatda muhim bo'lib, aynan ona tilini o'rganish va o'qitish orqali biz yoshlarni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalaymiz. Til – inson muloqotining asosiy vositasi bo'lib, u fikr almashish, bilim va ko'nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o'ynaydi. Bolalar nutqining rivojlanishi esa ularning ijtimoiylashuvi, bilim olish jarayoni va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun zaruriy shartdir.Bolalar o'sib ulg'aygani sari ularning nutqi ham rivojlanib boradi. Nutqning o'sib borishi va shakllanishi bir yarim yoshdan boshlanadi va besh yoshga kelib uning rivojlanishi intensiv kechadi. Bu davrda bolalar o'z fikrlarini ifoda eta olishni, atrofdagi odamlar bilan muloqot qilishni o'rganadilar. Ammo ba'zan nutq rivojlanishida ba'zi kamchiliklar kuzatiladi, bu esa ularning ijtimoiylashuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Nutq kamchiliklari bolalarda turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Ularning bir qismi genetika, bosh miya shikastlanishlari yoki sog'liq muammolari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ayniqsa, tug'ruq vaqtidagi shikastlanishlar yoki rivojlanishning ilk bosqichlaridagi kasalliklar bolalar nutqining rivojlanishini kechiktirishi yoki buzilishi mumkin. Nutq nuqsonlarining sabablari:Nutq nuqsonlari bir qancha omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Quyidagi asosiy sabablarga e'tibor qaratish lozim: 1.Embrion rivojlanishidagi patologiyalar: Ayrim patologiyalar va irsiy kasalliklar bolalar nutqining to'liq rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. 2.Homiladorlikdagi sog'liq muammolari: Homiladorlik davridagi toksikoz, virusli kasalliklar yoki endokrin kasalliklar bolaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. 3.Tug'ruqdagi shikastlanishlar: Tug'ruq jarayonidagi asfiksiya yoki bosh miya jarohatlari nutq rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bosh miya kasalliklari: Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (masalan, meningit yoki ensofalit) nutq nuqsonlariga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy sharoitlar: Ota-onalar tomonidan yetarli e'tiborning berilmasligi yoki ijtimoiy muhitning salbiy ta'siri nutq nuqsonlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu sabablar nutqiy nuqsonlarning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar sifatida ko'riladi. Bolalar nutqining rivojlanmasligi yoki to'liq shakllanmasligi, ularning ijtimoiy hayotga kirishishda muammolarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar, albatta, pedagogik yondashuvlar va tuzatish ishlari orqali bartaraf etilishi mumkin. 506 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Nutq nuqsonlarini tuzatish yechimlari:Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda logopedik yordam, psixologik va pedagogik yondashuvlar muhim o'rin tutadi. Nutq terapiyasi orqali bolalarning nutqiy rivojlanishini yaxshilash va tuzatish mumkin. Quyidagi yondoshuvlar yordam beradi: 1. Logopedik mashg'ulotlar: Nutq terapevtlarining boshchiligida o'tkaziladigan maxsus mashg'ulotlar bolalarning nutqini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu mashg'ulotlar orqali bolalar to'g'ri talaffuz, grammatika va so'z boyligini oshiradilar. 2. O'yin orqali o'qitish: Nutq rivojlanishida o'yinlar katta ahamiyatga ega. O'yinlar orqali bolalar o'z istaklarini, fikrlarini ifoda etishni o'rganadilar va shu bilan birga, boshqa bolalar bilan ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradilar. Mayda qo'l motorikasi, ya'ni qo'l va barmoqni ishlatish orqali bolalarning nutq organlari faoliyatini yaxshilash mumkin. 3. Pedagogik qo'llab-quvvatlash: O'qituvchilar va tarbiyachilar, bolalarga nutq rivojlanishida yordam berish uchun, individual yondashuvlarni qo'llashlari kerak. Nutq nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus mashg'ulotlar tashkil etish, ularga individual ravishda e'tibor beris

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nutq nuqsonlariga ega bolalarning ijtimoiylashuvi va bu jarayonga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nutq nuqsonlariga ega bolalarning ijtimoiylashuvi va bu jarayonga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nutq nuqsoni, ijtimoiylashuv, nutq terapiyasi, logopedik mashg'ulotlar, Speech impairment, speech therapy, socialization
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники