К содержанию
РецензированоRU2025

В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН НУЖДАЮТСЯ В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ РАБОТА С ДЕТЬМИ

BOLALAR BILAN ISHLASH · Satimboyeva Ruxshona Xayrullo qizi (Andijon davlat pedagogika instituti,)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning kelib chiqishi, ahamiyati va maqsadi haqidagi fikrlar keltirilgan. Alohida ta’lim ehtiyojiga muhtoj bo‘lgan bolalarning qo‘llab-quvvatlanishi, huquqlari, individual yondashish, ularni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va ular uchun imkoniyatlar yaratilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, individual reja, imkoniyati cheklanganlar, qarorlar,defektologiya, reabilitatsiya, mexanizm, pedagoglar tarkibi, toifalar, tarbiyaviy va ijtimoiy, korreksion sinflar. Ruhiy hamda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, о‘z-о‘ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta’biri bilan aytganda “Har qanday xalqning ma’naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bо‘lgan e’tibori bilan ham belgilanadi”. “Inklyuziv ta’lim” tushunchasiga ta’rif berishdan oldin “inklyuziv” atamasiga to‘xtalib o‘tsak. "Inklyuziv taʻlim" atamasi inglizcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “oʻz ichiga oladi” deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv ta’lim esa millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy va ma’naviy ahvoli, oilasining jamiyatda tutgan о‘rni, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lishidan qat'iy nazar barcha bolalarni teng kо‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qо‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan ta’lim hisoblanadi. Takomillashgan ilk qadam davlat o‘quv dasturining 2-bob, 4-bo‘limida: “Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab- quvvatlash jamoaviy ish”3 hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi va zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola hamda uning rivojlanishi uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi” degan fikrlar aytib o‘tilgan. Ta’lim tashkilotlarimizda sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi ta’lim tizimining joriy etilishi yurtimizda xalqaro inson huquqlari me’yorlariga mos islohotlar amalga oshirilayotgani juda ham quvonarli. Inklyuziv ta’lim bu barcha o‘quvchilar, shu jumladan imkoniyati cheklanganlar ham o‘z tumanlaridagi umumta’lim maktablarida oddiy sinflarda, yoshlariga muvofiq bilim olish uchun kerak bo‘lgan yordamni olganlari va maktab hayotidagi barcha jabhalarda ishtirok etishlari hamda o‘z hissalarini qo‘shishlarini anglatadi. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarga – ta’limda asosiy ehtiyojga muhtoj bo‘lgan va bo‘lmaganlarga ham ijobiy tarzda tarbiyaviy va ijtimoiy ta’sir qiladi. Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari haqidagi 3 DAVLAT O‛QUV DASTURI /TAKOMILLASHTIRILGAN IKKINCHI NASHR/ Тoshkent-2022 512 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Konvensiyaning 19-moddasiga ko‘ra “Bola ota-ona yoki har qanday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomalada bo‘lishdan himoyalanish huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “defektologiya”, “anomal bolalar”, “aqlan zaif” kabi va boshqalardan voz kechmoqdalar.”4 XIXasrning 20-yillaridan beri defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelinmoqda. Hozirgi kunda bu fan «Korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”da, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek, respublikamizda barcha fuqarolar teng huquqqa ega. Alohida yordamga muhtoj bolalar jamiyatimizning teng huquqli fuqarolari hisoblanadi. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o‘rganiladi. Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda, ularning ijtimoiy maishiy moslashuvini amalga oshirish jarayonida, o‘ziga xos tomonlarini aniqlashda tibbiy- ijtimoiy reabilitatsiya ishlari amalga oshiriladi. bola shaxsining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari ijtimoiy reabilitatsiya orqali esa rivojlantiriladi. Jarayon davomida rivojlanishida nuqsoni b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning kelib chiqishi, ahamiyati va maqsadi haqidagi fikrlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning kelib chiqishi, ahamiyati va maqsadi haqidagi fikrlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, individual plan, inklyuziv ta’lim, individual reja
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники