Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОМПЛЕКС В ОБСЛЕДОВАНИИ ЗАИК ПОДХОД
Maxmudova Madinaxon Sobirxonovna (Qo’qon davlat pedagogika instituti) · Abilova Nilufar Bahodirjon qizi (Qo’qon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
; Mazkur maqolada duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi. Harakatlarda duduqlanish bilan birga sodir bo‘ladigan buzilishlar miqdori harakatli mashqlar, yoyinki, hatto turkum davolash badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishning samaradorligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar;duduqlanish, korreksiya, kompensatsiya, kompleks, logoped, Duduqlanuvchini ko‘rikdan o‘tkazish kompleks ravishda (logoped, nevropatolog, psixolog), zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislarni: pediatr, terapevt, psixiatr, okulist, otolaringolog va boshqalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Ko‘rikning mazmuni anamnestik ma’lumotlarni, pedagogik, psihologik va tibbiyot hujjatlarni o‘rganishni, duduqlanuvchining o‘zini ham tekshirib ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Logoped ota-onalar bilan suhbatlashish jarayonida oilada sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni aniqlaydi va shu munosabat bilan bolaning umumiy, harakat va nutqiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashtiradi. Bola tug‘ilishigacha bo‘lgan davrning asosiy jihatlari: bolaning tug‘ilishi paytida onaning yoshi (35 yoshdan kuyi yoki yuqori), ruhiy-asab jihatdan salomatligi, ota yoki onaning kasalliklari, homiladorlikning o‘tib borishiga baho beriladi. Ota va onaning bola tug‘ilgunigacha bo‘lgan salomatligi haqidagi ma’lumot uning jismoniy va ruhiy-asab holatidagi og‘ishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Bolaning ona qornida rivojlanishdagi noxush omillarni aniqlash ularning bola nutqining keyingi rivojlanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan og‘ishlar, bolaning natal va postnantal rivojlanish davrlaridagi salbiy ko‘rinishlar mutaxassislar tomonidan duduqlanishning kelib chiqishi va kechishini mukammal o‘rganish maqsadida tahlil etiladi va baholanadi. Ota-onalar bilan suhbat davomida bolaning nutqiy rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar: dastlabki tovushlar, baland ovoz, gu-gulash, birinchi so‘zlar, iboralarning qachon paydo bo‘lgani, qanday nutq sur’atini qo‘llanishi, atrofdagilar bilan muloqot paytida alohida xususiyatlar bo‘lgan- bo‘lmagani (bolaning ota-onalari yoki yaqin kishilari duduqlanish-duduqlanmasligi, tez gapirish- gapirmasligi) aniqlanadi. Bolaning oiladagi tarbiyalanish masalasini o‘rganishga: kattalarning. unga nisbatan munosabati (suyish, erkalash, injiqlik yoki, aksincha, haddan ortiq qaltis munosabat, jismoniy jazolash, qo‘rqitish yo‘qmi); bola nutqining to‘g‘ri shakllanishida yordam ko‘rsatish (murakkab matnlarni o‘rganishda me’yorning buzilishi yo‘qmi) yoki aksincha, uning tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashishi ustidan nazoratning umuman yo‘qligi va boshqalarga e’tibor beriladi. Duduqlanish va uning dastlabki alomatlari qachon paydo bo‘ldi? U tashqi ko‘rinishda qanday aks etgan? Qanday taxminiy sabablar uni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin? U qanday rivojlandi, uning qanday muhim jihatlari ota-onalarning e’tiborini tortdi: u bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar (tortishish, qo‘l-oyoqni o‘ynatish, boshni liqillatish va boshqalar) yoki nutqdagi kamchiliklar (ortiqcha so‘zlar, tovushlar yo‘qmi, nafas olishda alohida tovush va so‘zlarni talaffuz etmaydimi va boshqalar) yo‘qmi? U vaziyat yoki atrofdagilar, turli xil faoliyatlarga bog‘liq holda qanday paydo bo‘ladi? Bola tanho holda (masalan, o‘zining o‘yinchoqlari bilan) qanday gapiradi? 515 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Nutqning yomonlashuv yoki yaxshilanish bosqichi nima bilan bog‘langan? Bola o‘zidagi nutqiy kamchilikka qanday munosabatda bo‘ladi? (e’tiborini qaratadi, ahamiyat bermaydi, befarq kuyinadi, uyaladi, yashiradi, gapirishga qo‘rqadi va boshqalar). Ota-ona yordam so‘rab murojaat qilishganmi: qayoqqa, qachon, qanday tavsiyalar berilgan, natijalari qanaqa? Duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi. Harakatlarda duduqlanish bilan birga sodir bo‘ladigan buzilishlar miqdori harakatli mashqlar, yoyinki, hatto turkum davolash badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishni taqozo etadi. Duduqlanuvchidagi ruhiy ko‘rinishlar xususiyati logopeddan unga ta’sir ko‘rsatishning quyidagi rejasini ham ko‘rib chiqishni talab qiladi: o‘zining nuqsoniga nisbatan diqqatini chalg‘itish, uning o‘ziga, o‘z nutqiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, uni o‘zining to‘g‘ri nutqini eshita bilishga o‘rgatish. Bola haqidagi, unda duduqlanishning paydo bo‘lish va o‘tib borish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangandan so‘ng, duduqlanuvchining nutqi va uning nutqiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan nutqsiz jarayonlar tekshiriladi. Uning kirishimliligi, harakatlari (motorikasi), taqlidchanligi, sust va tezkor nutqi, o‘yin, o‘qish, ishlab chiqaris
Доказательный фрагмент
«; Mazkur maqolada duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi.»
Образец извлечения
Демо-превью; Mazkur maqolada duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompensatsiya, correction, duduqlanish, korreksiya, compensation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024