К содержанию
РецензированоRU2025

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

talabasi Mirzaabdullayeva Guloyim Ergashboy qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar va Prezident farmonlari to‘g‘risida bayon etilgan. Kalit so‘z: Inklyuziv ta’lim, huquq, maxsus ta’lim, korreksion, alohida ta’lim, pedagog, imkoniyati cheklangan. Inkulyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijyimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jaryoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim (ing. Inclusive uyg‘unlashmoq, qamrab olmoq, qamrab olish) ma’nolarini bildiradi. O‘zbekistonda inkulyuziv ta’limning takomillashtirish alohida ta’lin ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 13- oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ 4860) qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inkulyuziv ta’limning rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasqidlandi. Inkulyuziv ta’lim tizimi yurtimizga yangi kirib kelayotgan ta’lim ta’lim tizimi bo‘lganligi sababli muammolari hali to‘liq bartaraf etilmagan. Bugungi kunda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun maktab va internatlar ochilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar inkulyuziv ta’lim sinflari va va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflariga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan guruhlarga ajratiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924-yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilgan. Bolalarga nisbatan barcha xatti- harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi- yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali 517

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishi va inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, : Inclusive education, law, : Inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники