К содержанию
РецензированоRU2025

МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ДЛЯ ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Rayimjonova Shohida Odinajon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqola imkoniyati cheklangan bolalarning o’sib kamol topishi,rivojlanishi, ta`lim olishi va jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari uchun e`tibor berilishi kerak bo’lgan masalalar, muammolar va ularning yechimi hamda O’zbekistonda bu borada olib borilayotgan islohotlar, korreksion pedagogika, inklyuziv ta`lim kabi sohalarning mamlakatimizdagi rivojiga maxsus maktab internetlari, uyda yakka tartibdagi ta’lim, gospital ta’lim jarayonlari bag`ishlangan. Kalit so’zlar: Inkyuziv ta`lim, korreksiya, anomal, differensial ta`lim,gospital ta’lim, deffektologiya, integratsiyalashgan ta`lim, konvensiya, pedagogika, rivojlanish. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo`lgan oʼquvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo`llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to`siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to`laqonli uyg`unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o`rta ta’lim berishni taminlashdan iborat. Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bolgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo`naltirishda har tomonlama yordam ko`rsatadi. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berish moslashtirilgan (adaptiv) oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishda maхsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi) tayilandi. Nogironligi boʻlgan shaхslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlarining 2%gacha boʻlgan qismi ushbu shaхslarga ajratildi. alohida ta‘limga ehtiyoji bo`lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta‘lim turlari turli shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu ta‘lim tizimi nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo`lgan bolagan bolalarning ta'lim olish imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan. Maxsus maktab internatlar bu tizimda muhim rol o`ynaydi. Quyida O`zbekistondagi maxsus maktab internatlarning asosiy xususiyatlari va faoliyatlari keltirilgan: Maxsus maktab internatlar: Ta'lim tizimi va maqsadi : Maxsus maktab internatlar nogironligi yoki o`qishga maxsus ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun mo`ljallangan ta'lim muassasalari bo`lib, ular quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi: Maxsus ehtiyojlar: Bolalarning maxsus ehtiyojlarini hisobga olib, ular uchun individual ta'lim dasturlari va qo`llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etish. To`liq ta'lim: Bolalarga umumiy ta'lim dasturlaridan foydalanib,sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish metodlari va dasturlari. Maxsus maktab internatlar ta'lim dasturlarini bolaning individual ehtiyojlariga mos ravishda moslashtiradi. Bu dasturlar quyidagilarni oʼz ichiga olishi mumkin: Oʼquv materiallari: Maxsus ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun oʼquv materiallari, metodik qoʼllanmalar va texnologiyalar. Differensial yondashuv: Ta'lim jarayonida differensial yondashuvlarni qoʼllash, bolalarning individual rivojlanish darajalariga qarab ta'lim berish. Qoʼshimcha darslar: Maxsus mavzular yoki koʼnikmalarni rivojlantirish uchun qoʼshimcha darslar va mashgʻulotlar. 3. Maxsus xizmatlar: adpi.uz universaljurnal.uz 65 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Maxsus maktab internatlar quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: Psixologik yordam: Bolalarning hissiy va psixologik ehtiyojlarini qondirish uchun psixologik maslahat va terapiya xizmatlari. Tibbiy xizmatlar: Jismoniy va ruhiy sog`liqni saqlash, reabilitatsiya va boshqa tibbiy xizmatlar. Reabilitatsiya dasturlari: Jismoniy terapiya, logopediya, va boshqa reabilitatsiya xizmatlarini oʼz ichiga olgan dasturlar. 4. Pedagogik yondashuvlar :Maxsus maktab internatlarda pedagogik yondashuvlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Individual yondashuv: Har bir bolaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga qarab ta'lim va reabilitatsiya dasturlari. Jamoaviy ishlash: Bolalarning ijtimoiy koʼnikmalarini rivojlantirish uchun jamoaviy faoliyatlar va guruh ishlari. 5. Ta'lim muhitini yaratish :Maxsus maktab internatlar quyidagi muhitni yaratadi: Xavfsiz muhit: Bolalar uchun xavfsiz va qulay ta'lim muhitini yaratish. Qulay sharoitlar: Jismoniy ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun maxsus moslashtirilgan binolar qurish. 1993-yil 1-dekabrda 153ta 1993-yil 1-dekabrda 153ta mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yo’li bilan o‘zlarining bolalar kelajagini muhofaza qilishga tayyorliklarini ko’rsatdilar.Bu konvensiya butun jahon bolalariga xos bolalar huquqlari to’grisidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Bu borada Yangi O’zbekistonda ham amalga oshirilayotgan islohotlar ko’lami ancha keng. Xususan 2020-yil 13 oktabdagi o’zbekiston respublikasi prezidentining PQ-4860 sonli “Alohida talim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga talim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola imkoniyati cheklangan bolalarning o’sib kamol topishi,rivojlanishi, ta`lim olishi va jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari uchun e`tibor berilishi kerak bo’lgan masalalar, muammolar va ularning yechim…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola imkoniyati cheklangan bolalarning o’sib kamol topishi,rivojlanishi, ta`lim olishi va jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari uchun e`tibor berilishi kerak bo’lgan masalalar, muammolar va ularning yechim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
correction, korreksiya, Inclusive education, Inkyuziv ta`lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники