Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ЛОГИКОТЕРАПЕВТА В РАБОТЕ С ДЕТЬМИ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С НАРУШЕНИЯМИ РЕЧИ
O'lmasxon Urayimjonova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada asosan, nutqida kamchiligi boʻlgan bolalarni nutqiy rivojlanishi, nutqiy kamchiliklarni kelib chiqishi sabablari, logopadlar bilan ishlashda logopedning ro'li va nutq hosil bo'lish jarayonlari keltirilgan. Kalit so'zlar: tashqi nutq, organik, funksional, tovush, fonematik idrok, Hozirgi kunda nutq kamchiliklarining ortib ketishi sezilarli darajada ko'zga tashlanmoqda. Nutqdagi kamchiliklar asosan, har bir davr, bog'chagacha, maktabgacha va maktab davrlarida turli xil koʻrinishda namoyon boʻladi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalik, nutqni o'zlashtirishga sezgir boʻladi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish jarayonini zamonaviy maktabgacha taʼlimda bolalarni tarbiyalash va o'qitishning asosi sifatida ko'rib chiqish muhim sanaladi. Og'ir nutq kamchiliklari, ko'rishda, eshitishda, hamda aqliy faoliyatida kamchiligi boʻlgan bolalar uchun yurtimizda ko'plab inkulyuziv ta'limlar tashkil etilgan. Bu bilan barcha bolalar ya'ni kamchiligi bo'lgan bolalar ham ta'lim olishlari mumkin. Bu haqda Salamanka Bayonoti va ish faoliyat rejasida " Ta'lim hamma uchun " shiori ilgari surilmoqda.[4. 6-bet] Respublika ta'lim markazi YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001- yilda " Inkulyuziv ta'lim " mavzusida seminar o'tkazilib, uning tavsiyasiga asosan, Respublika Ta'lim markazi maxsus taʼlim bo'limi qoshida "Inkulyuziv ta'lim resurs markazi" tashkil etildi.[4. 7-bet] L. S. Vigotskiy ham umumiy va maxsus taʼlimni uyg'unlashtiradigan ta'lim tizimini tashkil etish, ya'ni maxsus yordamga muhtoj bolalarni inkulyuziv ta'lim tizimida o'qitishni aytib oʻtgan.[4. 17bet] Nutq nuqsoni logopediya fanida tilning me'yoridan chetga chiqish sababli hosil boʻladi. Biz birinchi navbatda, nutqning qanday hosil bo'lishi va shu hosil bo'lish jarayonida kelib chiqadigan nutqiy kamchiliklar haqida fikr yuritamiz. Nutq ya'ni biror bir gapni gapirish uchun bolada avval xohish, istak ya'ni motiv bo'lishi kerak. Bola gapirishni xohladimi, unda sekin fikr uyg'onadi. Shu tariqa bolada ichki rejalashtirish jarayoni kechadi. Bu ichki rejalashtirish jarayoni asosan, 2 xil jarayonni o'z ichiga olib, 1) leksik kuchaytirish 2) grammatik konstruksiya jarayonlaridir. Bola nutqni hosil qilishda avval, aytmoqchi boʻlgan gapini tartibga soladi ya'ni qaysi bir soʻzni birinchi qo'llash kabi holatlarda boʻlib, bu leksik kuchaytirish bilan bogʻliq holatdir. Grammatik konstruksiyada bola aytmoqchi boʻlgan gapiga asos qo'shimchalar qo'shadi, ya'ni dadamga degan so'zda, " da " qo'shimchasi ushbu jarayonda qo'shiladi. Bu barcha jarayonlar ichki nutq sanalib, bosh miyaning markaziy bo'limi bilan bogʻliq. Asosan, nutqiy kamchiliklar shu ichki nutqda paydo bo'ladi. Asos qo'shimchalar qo'shilgandan keyin mator ishlab chiqarish jarayoni kechib, bunda aniq nutq hosil bo'lib, tashqariga chiqariladi. Bu jarayonlar tashqi nutq sanalib, bosh miyaning periferik bo'limi bilan bogʻliq. Bu nutq hosil bo'lish jarayonini L. S. Vigotskiy shogirdi Leontov quyidagicha tasniflaydi. 1) motiv; 2) fikr; 3) ichki rejalashtirish: leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiya 4) mator; 5) tashqi nutq:[2. 54-bet] Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablari asosan, funksional va organik boʻladi. Organikasida, nutq hosil bo'lishda ishtirok etuvchi artikulyatsion a'zolar ya'ni, til, tish, yumshoq tanglay, jagʻ, uzlechka, labdagi o'zgarishlar misol boʻladi. Bu degani aniq ko'z bilan ko'rib bo'ladigan nutqiy kamchiliklar. Funksional notoʻgʻri nutqiy malaka sanalib, asosan, ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchilar nutqiy kamchiliklariga taqlid qilish natijasida hosil boʻladi.[2. 57-bet] 521 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi, tovushining nutqda yo'qligi ularni buzib talaffuz etish, bir biri bilan almashtirish holatlari kuzatiladi. Tovushlar talaffuzidagi holatlarni biz logopediyada qabul qilingan klassifikatsiya ya'ni nuqsonli tovushlarni guruhlarga taqsimlash ( sonor, shovqinlik, sirgʻaluvchi, jarangli, jarangsiz) asosida tahlil qilamiz. Bu jarayonlarda shunday holatlar bo'ladiki, bunda tovushlarni bir so'zda to'g'ri talaffuz etsa, boshqa so'zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiradi. Buning natijasida bolalarning nutqida tovushlar differensiatsiyasining buzilishi aniqlanadi.[1.62bet] Tovush eng kichik birlik sanalib, eng murakkabi gap hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi uchun uning lugʻat boyligi ham boy bo'lishi kerak. Bola nutqi rivojlanishi asosan, bir necha davrlarda kuzatiladi. Davrlashtirishni tuzgan olim A. N. Leontov nutq shakllanishini 4 davrga bo'lib ko'rsatadi. 1) Tayyorlov davri - 1 yoshgacha 2) Bogʻchagacha bo'lgan davr - 3 yoshgacha 3) Maktabgacha boʻlgan davr - 7 yoshgacha 4) Maktab davri [1. 63- bet] Har bir davrda bolaning o'ziga xos nutqiy malakalari shakllanadi. Shu rivojlanishi paytida, bola nutqida turli kamchiliklar kelib chiqishi mumkin. Biz o'rganayotgan davr, uchinchi ya'ni maktabgacha tarbiya davri sanalib, bu davrda b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada asosan, nutqida kamchiligi boʻlgan bolalarni nutqiy rivojlanishi, nutqiy kamchiliklarni kelib chiqishi sabablari, logopadlar bilan ishlashda logopedning ro'li va nutq hosil bo'lish jarayonlari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada asosan, nutqida kamchiligi boʻlgan bolalarni nutqiy rivojlanishi, nutqiy kamchiliklarni kelib chiqishi sabablari, logopadlar bilan ishlashda logopedning ro'li va nutq hosil bo'lish jarayonlari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tashqi nutq, organik, funksional, tovush, fonematik idrok, external speech, organic, functional
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026