К содержанию
РецензированоRU2025

ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ОБЩИХ СРЕДНИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ ОРГАНИЗАЦИЯ

TASHKIL ETISH · Azizova Shoxsanam (Andijon Davlat Pedagogika Instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqola orqali pedagoglar ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish haqida tavsiyalar berilgan hamda inklyuziv ta’lim haqida tushunchalarga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim, teng imkoniyatlar, korreksion sinf, sog‘lom, individual imkoniyatlar. Inklyuziv ta’lim — alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim; inklyuziv ta’lim sinfi — maktabdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning boshqa (sog‘lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta’lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf; boshlang‘ich tayanch korreksion sinfi — maktabda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun alohida tashkil etiladigan boshlang‘ich sinf; o‘quvchilar — inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda tahsil olayotgan sog‘lom yoki alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar. 4. Maktabda o‘quvchilar ta’lim jarayoniga moslashish darajasiga qarab boshqa (sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv dasturlari doirasida tahsil oladi. Bu qarordan ham ko‘rinib turibdiki inklyuziv ta’limni tashkil etishda shu nizomga amal qilamiz. Nizomni o‘zimizga asos qilib olib yangi dars jadvalini ishlab chiqishimiz kerak. Biz sog‘lom bolalar dars jadvalini ko‘rib chiqamiz. 1-sinflar kesimida oladigan bo‘lsak ularning dars jadvali birmuncha soda tuzilgan bo‘ladi. Shu sinfga inklyuziv ta’limga olingan bolani dars jadvalini ozgina o‘zgartirishimiz kerak. Ularning imkoniyatidan kelib chiqib dars jadvalini yanada soddalashtiramiz. Oddiy misol 1-sinflarda jismoniy tarbiya darsini oladigan bo‘lsak ularga 1- chorakda safda turish, yurish, burilish, yugurish kabi amallar o‘rgatiladi. Shu darsni endi imkoniyati cheklangan bolalarni tyutorlari bilan birga soddalashtiramiz. Imkoniyati cheklangan bolalarni ham 2 guruhga bo‘lib olamiz. 1-guruhga tayanch harakatida nuqsoni bor bolalarni olsak, 2-guruhga ko‘rishida eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni olamiz. Ular uchun ham dars jadvalini shakllantiramiz. 1-guruhga darsni sog‘lom bolalar qatori o‘tsak ham bo‘ladi. Chunki ular aqliy tomondan sog‘lom bolalar bialn bir xil shakllangan bo‘ladi. 2-guruh bolalariga esa alohida dars jadvalini ishlab chiqamiz. Ularga alifboni , matematikani, yozuvni soda tartibda o‘rgatamiz. Sog‘lom bolalarga shu fandan mavzulari bir marta o‘rgatilsa ularga ikki marta tushuntiramiz. Ota-onalari bilan ham doimiy aloqada bo‘lamiz va o‘tilgan darslarni uyda ham doimiy takrorlatib turamiz. Ota-ona hamkorligisiz biz natijaga erisha olmaymiz. Bolalarga sifatli ta’limni tashkil etishimiz kerak. Bu tadqiqotlarni amalda qo‘llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Izlanishlar natijalarni tahlil qilishimiz zarur. Bunda bizga yuqorida keltirilgan Nizom dastur bo‘la oladi. Inklyuziv ta‘lim o‘qituvchining vazifalari. ·Har bir o‘quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan uchrashish. · O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, individual rejalardan kelib chiqqan holda ularni kuzatish o‘quv dasturiga moslashishiga yordam berish, o‘qitish va baholash. 526 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil · Sinf o‘qituvchilarigao‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga oid ma‘lumotlarni berish. ·Muntazam ravishda o‘quvchilarning erishayotgan muvaffaqiyatlarini muhokama qilish va baholash. · Maktab jamoasining boshqaruv xodimlari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlash. ·O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan individual ravishda olib boriladigan faoliyatni qayd etib borish. ·O‘zgaruvchan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda individual o‘quv rejalarini yangilash va baholash. ·Mavjud barcha resurslar(o‘quv adabiyotlar, o‘qitish qurilmalari va boshqa kerakli jihozlarni hujjatlashtirish va ular ro‘yxatini tuzish). Inklyuziv ta‘limda o‘quvchilarga sifatli ta‘lim berish uchun ko‘plab malakali mutaxassislar ish olib bormoqda. Prezidentimiz chiqargan qaror va qonunlar bizga dastur vazifasini o‘tamoqda. Bu qaror va qonunlardan unumli foydalanib bolalarimiz kelajagini yanada yaxshilashimiz lozim. Inklyuziv ta‘lim sohasida ish olib borayotgan o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ham bu ta‘limning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Ayupova.M.Y. Logopediya. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. Toshkent – 2007. B.- 18. 2. Ayupova.M.YU “Korreksion ishlar metodikasi” Ma’ruza matni.T-2001.B.-115 3. Л.Н.Блинова “Диогностика и коррекция в образавании детей с ЗПР” 2005 Москва 527

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola orqali pedagoglar ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish haqida tavsiyalar berilgan hamda inklyuziv ta’lim haqida tushunchalarga to‘xtalib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola orqali pedagoglar ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish haqida tavsiyalar berilgan hamda inklyuziv ta’lim haqida tushunchalarga to‘xtalib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
special education, Инклюзивное образование, Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim, Inclusive education, специальное образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники