Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕБОВАНИЙ К ОБРАЗОВАНИЮ ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ
Masturaxon Ravshanbek qizi (Andijon davlat pedagogika institute)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, korreksion, yo‘l xaritasi, intellekt, ruhiy rivojlanish, individual, dunyoqarash. Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyatini va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berishdan iborat. Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ona vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning o‘quvi, salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga ko‘tarildi. Jamiyatimizning bir qismi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun qulayliklar yaratish davlatimizning alohida e’tiborida bo‘lib kelmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni ta’lim olishi va sog‘ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus ta’lim muassasalari tashkil qilingan. Shu o‘rinda inklyuziv ta’lim tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, inklyuziv ta'lim ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inclusive”, “inclusion”- “uyg‘unlashmoq”, “uyg‘unlashtirish”, “qamrab olmoq”, “qamrab olish” ma’nolarini bildiradi. Ya’ni, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati esa, turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llaydi va yutuqlarga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga yordam beradi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limning bir qancha maqsad va vazifalari bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitini yaratish, ularning imkoniyatlariga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va karreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanish, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojini qondirish; ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; o‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. adpi.uz universaljurnal.uz 67 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning 2019-yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida: 2020-2025-yillari xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; 2020-2025-yillarda xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020- 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “ Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ohirgi paytda inkyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos. “Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil bog‘cha muassasasida, bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabgacha ta’lim tashkilotiga yoki maktabga borishi kerak emas,” – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov. Ushbu o‘rinda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini eslab o‘tadigan bo‘lsak, “Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan q
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazal…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim siyosati, yaxshi hayot qurishlari uchun yaratilatilayotgan shart-sharoitlar va ularning tarbiyasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida mulohazal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- correctional conditions, Inklyuziv ta’lim, korreksion sharoit, Inclusive education
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014