К содержанию
РецензированоRU2025

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ОРИЕНТАЦИЯ В ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Odinaxon Axunova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasida ham alohida bandlar kiritilib, mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo‘lgan o‘quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni bermoqda. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o‘z o‘rinlarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarning ham o‘z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hayotda o‘z yo‘lini topishga yordam berish, natijada kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilish imkoniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, nuqson, kasb-hunar, imkoniyati cheklangan bolalar, bandlik, nogiron, ijtimoiy faollik, mehnat bozori, ko‘zi ojiz, karlar jamiyati, savodxonlik. Ma’lumki, bugungi kunda jahonda inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo‘lgan o‘quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni berayotganligi kuzatilmoqda. Inklyuziv ta’limning asosiy yutug‘i shundaki o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki ruhiy jihatdan ham o‘z tengdoshlariga yetib oladi. Inklyuziv ta’lim jarayonida rivojlanishida nuqsoni bor bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o‘z o‘rinlarini topishga harakat qiladilar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarni ham o‘z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 20- moddasida ham inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma- xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilganligi keltiirib o‘tilgan. Inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʼlgan teng imkoniyatlarni taʼminlagan holda beriladigan taʼlimdir. Imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish nafaqat ularga hayotda o‘z yo‘lini topishga yordam berish, balki kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilishdan iborat. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Buni to‘g‘ri anglash va yosh avlodni ish o‘rinlariga to‘g‘ri taqsimlash jamiyat rivojining eng muhim jihatidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamdа ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq: - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda. Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. O‘zbekiston nogironlar assosiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati. 531 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslarini tashkil etmoqda. Bunda, o‘quv kurslarini tashkil etishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun binoinshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, o‘quv qurollari va o‘quvmetodik materiallar bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda xorijiy grantlar va xalqaro kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Har bir yosh bola (yoki o‘quvchi) yoshligidanoq ma’lum bir kasb-hunarni egallashga intiladi, biroq aksariyat hollarda kelajakdagi egallamoqchi bo‘lgan kasb-hunarlari haqida ma’lumot olishlari qiyin bo‘lishi mumkin. Buning uchun maxsus pedagog va psixologlardan quyidagilarni inobatga olish talab etiladi: - bolaning kasb-hunarlar haqida tasavvurini baholash; - bolaning yoqtirgan kasbining o‘ziga mosligini o‘rganish

Доказательный фрагмент

«Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
инвалидность, disability, profession, nuqson, профессия, kasb-hunar, inclusive education, инклюзивное образование, inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники