Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ДЛИТЕЛЬНОЕ ИММУНОЛОГИЧЕСКОЕ ЗАБОЛЕВАНИЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И УХОДА ЗА ДЕТЯМИ, НАХОДЯЩИМИСЯ НА АМБУЛАТОРНОМ ЛЕЧЕНИИ
TARBIYA BERISHNI TA’MINLASH
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada immunologik kasalliklarga chalingan va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarning xususiyatlari, kasallik turlari, davolash usullari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish usullari haqida ma’lumot berilgan. Immun tizimi kamchiligi tufayli bunday bolalar doimiy tibbiy kuzatuv va maxsus davolanishga muhtoj bo‘ladilar. Shuningdek, maqolada avtoimmun, immun yetishmovchiligi, allergik va irsiy immun tizimi buzilishlari tahlil qiladi. Kalit so‘zlar:Immun tizimi, immunologik kasalliklar, avtoimmun kasalliklar, immun yetishmovchiligi, allergiya, irsiy immun kasalliklari, bolalar immuniteti, uzoq muddatli davolash, tibbiy kuzatuv. Bu maqolamning mazmuni - uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta'lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati haqida. Biz hammamiz bilamizki, uzoq muddatli kasalliklar bolaning hayotini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Davolanish jarayoni, shifoxonalarga borish, cheklangan jismoniy faoliyat va ijtimoiy hayotning pasayishi bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. [1] Ushbu qiyinchiliklarni yengish va bolaning o‘qish jarayonini davom ettirishi uchun otaonalar bilan hamkorlik muhimdir. Jahon ta’limi amaliyotida ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan o‘quv muhitini yaratish, variativ o‘quv dasturlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. BMT ning ta’lim sohasidagi siyosati yo‘nalishlaridan biri bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari xilmaxilligini hisobga olgan holda ta’lim berishni nazarda tutadigan inklyuziv ta’lim g‘oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. YUNESKOning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan dasturlari alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar va kattalar uchun xavfsiz va qulay ta’limni ta’minlashga qaratilgan me’yorlar, standartlar hamda intellektual hamkorlikni modernizatsiyalashga yo‘naltirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan ijtimoiy tenglik qoidalarini amalga oshirishda ta’limning barcha uchun ochiqligini, gender jihatdan tenglikka asoslanganligini ta’minlovchi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.[2] Gospital ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.Davlat tibbiyot muassasalarida gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarni uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022yil 5-maydagi 234-son qarori hamda 2023-yil 29-martdagi “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 134- sonli qarori qabul qilindi.Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning ijtimoiylashuviga, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga hamda ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan. Immunologik kasalikka chalingan bolalar. Immun tizimi organizmni tashqi ta’sirlardan himoya qiluvchi murakkab mexanizm bo‘lib, uning kamchiliklari yoki buzilishlari turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, immunologik kasalliklarga chalingan va uzoq 537 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar doimiy tibbiy kuzatuv va maxsus davolanishga muhtoj bo‘ladilar. Autoimmun kasalliklar (wikt:αὐτός [autos] " oʻzi; u eng " + " immun " — immun sistemasiga oid) — klinikada geterogen boʻlgan, autoimmunning patologik ishlab chiqarilishi natijasida rivojlanadigan kasalliklarning keng tarqalgan guruhi, antikorlar yoki sogʻlom, normal toʻqimalarga qarshi qotil hujayralarning avtoagressiv klonlarini koʻpaytirish, bu normal toʻqimalarning shikastlanishi va yoʻq qilinishiga va autoimmun yalligʻlanishning rivojlanishiga olib keladi[3]. Uning sablari patologik antitelalar yoki patologik kiler hujayralarni ishlab chiqarish tananing bunday yuqumli agenti, infektsiyasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, eng muhim oqsillarning antigenik determinantlari (epitoplar) oddiy toʻqimalarining antigenik determinantlariga oʻxshaydi. Aynan shu mexanizm tufayli autoimmun glomerulonefrit streptokokk infektsiyasidan keyin yoki gonoreyadan soʻng autoimmun reaktiv artritdan keyin rivojlanadi. Emlash, ayniqsa, immunosuppresssantlar[4] bilan davolanadigan autoimmun revmatologik kasalliklarga chalingan bemorlar uchun muhimdir. Immunologik kasalliklarning turlari 1. Avtoimmun kasalliklar – bu kasalliklarda immun tizimi o‘zining normal hujayralariga hujum qiladi. Masalan: Yuvenil revmatoid artrit Qon tomirlarning autoimmun kasalliklari Qizamiqdek qizil urug‘ (krasnaya volchank
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada immunologik kasalliklarga chalingan va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarning xususiyatlari, kasallik turlari, davolash usullari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish usullari haqida ma’l…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada immunologik kasalliklarga chalingan va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarning xususiyatlari, kasallik turlari, davolash usullari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish usullari haqida ma’l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Immune system, immunologik kasalliklar, Immun tizimi, immunological diseases
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026