Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НУЖНА ОСОБАЯ ПОМОЩЬ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ КЛАСТЕРЕ ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ В ОБРАЗОВАНИИ ДЕТЕЙ
Xakimova Gulbahor Dilshodbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Marasulov Bunyodjon Sharipovich (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqola ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiyasiga taaluqli dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ushbu bolalar duch keladigan asosiy muammolar, jumladan, individual yondashuvning yetishmasligi, o‘qituvchilar va pedagogik kadrlarning malaka darajasi, inkluziv muhitning rivojlanish darajasi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu muammolarning yechimlari bo‘yicha takliflar, jumladan, ta’lim tizimida inkluziv ta’limni mustahkamlash, o‘qituvchilarni malakasini oshirish, hamkorlik klasterini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Kalit so‘zlar. Individual yondashuv, ta’lim klasteri, alohida yordamga muhtoj bolalar, pedagoglar malakasi, muammolar va yechimlar, ijtimoiy muhit, farmon va qarorlar. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF – 5270 – sonli farmonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga ularni jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan. 2019-yil 29- apreldagi “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF 5712 sonli farmonida ta’lim-tarbiya jarayonida individuallashtirish tamoyilini bosqichma- bosqich singdirib borish, ta’lim berish metodlarini takomillashtirish imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim xizmati sifatini oshirish hamda mazkur toifadagi har bir bolaning inkluziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni belgilab beradi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13- oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ- 4860-sonli qaror mamlakatimiz ta’lim tizimida jahon standartlari asosida islohotlarning maqsadli va manzili olib borilishini dolzarb masala sifatida o‘z oldiga qo‘ydi. Mazkur qaror asosida imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yaxshilash ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish reablitatsiya hamda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish inkluziv ta’limni kengaytirish belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF 5987-sonli farmonida ta’lim klasterini yaratish sohada samaradorlikni ta’minlovchi omil sifatida belgilab berilgan. Ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim va tarbiyasiga doir muammolar hamda ularning yechimlari ta’lim tizimining jiddiy e’tibor talab etuvchi jihatlardan biridir. Jamiyatning har bir a’zosi sifatida bu bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish, ularning intelektual, ijtimoiy va psixologik rivojlanishini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Ta’lim klasteri – bu bir-biriga yaqin joylashgan ta’lim muassasalarning hamkorlikda ishlash tizimi bo‘lib, u o‘quvchilar, ota-onalar va jamiyat a’zolari o‘rtasida samarali muloqot va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga imkon yaratadi. Ammo alohida yordamga muhtoj bolalar uchun bu tizimda qulay muhit yaratish ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Muammolar qatorida inkluziv ta’lim tamoyillarini to‘liq amalga oshirishdagi cheklovlar, maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislarning yetishmasligi va o‘quv mashg‘ulot resurslarning cheklanganligi kabi masalalar alohida e’tiborga loyiqdir. Shu bilan birga, ta’lim klasteri sharoitida ushbu muammolarga innovatsion yechimlar topish, jamiyatning barcha qatlamlarini hamkorlikka chorlash va alohida yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan ta’lim jarayonini yaratish imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat 542 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil kasb etadi. Ta’lim klasterlari maktablar, unversitetlar, davlat idoralari, notijorat tashkilotlari va biznes kabi bir nechta manfaatdor tomonlarni birlashtirgan holda, umumiy muammolarni hal etish va hamkorlik qilishga, shuningdek innovatsiya va bilim almashishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu esa ta’lim tizimini takomillashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Ta’lim klasterlarining asosiy afzalliklaridan biri resurslar va tajribalarni birlashtirishdir. Ayniqsa inkluziv ta’lim tizimida bu juda samaralidir. Birgalikda ishlash orqali muassasalar, shu bilan birga, boshqa tashkilotlar ham takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikasi hamda o‘quv materiallarini ishlab chiqishda o‘zlarining jamoaviy kuch va imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu alohida ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun yanada samarali va qiziqarli ta’lim jarayonini vujudga keltiradi. Ta’lim klasterlari ta’limning turli darajalari o‘rtasidagi hamkorlikni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, unversitetlar alohida yordamga muhtoj bolalarni o‘quv dasturlari, maxsus resurslardan foydalanish va amaliy o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etish uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu talabalarning kelgusi faoliyatlariga mos ravishda yetis
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiyasiga taaluqli dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiyasiga taaluqli dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim klasteri, образовательный кластер, Individual approach, educational cluster, Individual yondashuv, Индивидуальный подход
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014